Bugun
Kamchatka yaqinida 7,7 ballik zilzila yuz berdi
+31°
ясно ветер 4.1 м/с, Ю

Toshkent shahrida kezib yurgan qoraquloq ushlandi

Jamiyat
78
Toshkent shahrida kezib yurgan qoraquloq ushlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida noma’lum hayvon ko‘chada yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ishonch telefonlari orqali qilingan murojaat asosida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda notanish hayvon Qizil kitobga kiritilgan 1 dona qoraquloq ekani aniqlangan.

Holat bo‘yicha Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu hayvonni tutish ishlari amalga oshirilib, hayvonot bog‘iga topshirildi.

Qoraquloq Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo hamda Pokiston va Hindiston shimoli-g‘arbiy qismidagi qurg‘oqchil hududlarda yashaydi. U mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Uning yungi ba’zan qizg‘ish yoki sarg‘ish bo‘ladi, qorin bo‘shlig‘ida kichik qizg‘ish dog‘lari bor.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Face repchi Rossiyada jinoyat ishi bilan qidirilmoqda
Face repchi Rossiyada jinoyat ishi bilan qidirilmoqda
Rossiyadagi siyosiy vaziyat san’atkorlar uchun tobora murakkablashmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Mashhur repchi Face, asl ismi Ivan Dremin, Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan jinoyat
Dunyo 18:25, 19-07-2025
Air India samolyoti dvigatel klapanlari o‘chirilishi sabab qulagan
Air India samolyoti dvigatel klapanlari o‘chirilishi sabab qulagan
O‘tgan oy Hindistonda yuz bergan aviatsiya halokati bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea natijasida 260 kishi vafot etdi. Hindiston Fuqaro
Dunyo 10:14, 12-07-2025
Japonya'da BMW X7 Black-α Edition satısha sunuldu
Japonya'da BMW X7 Black-α Edition satısha sunuldu
Yaponiyada BMW kompaniyasi o‘zining eng “ko‘rkam” krossoveri — BMW X7 Black-α Edition’ni taqdim etdi, deb Daily Motor xabar berdi. Bu maxsus model BMW tomonidan juda kam hollarda chiqariladigan
Avto 16:39, 9-05-2025
Air India samolyoti dvigatellari o‘chirilgani aniqlandi
Air India samolyoti dvigatellari o‘chirilgani aniqlandi
Air India aviakompaniyasining Ahmadoboddan Londonga parvoz qilgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir daqiqadan kam vaqt o‘tib halokatga uchradi. Bu haqida Zamin.uz xabar
Dunyo 09:46, 14-07-2025
Air India samolyotida yong‘in yuz berdi, yo‘lovchilar xavfsiz
Air India samolyotida yong‘in yuz berdi, yo‘lovchilar xavfsiz
Gonkongdan Nyu-Dehliga amalga oshirilgan Air India aviaqatnovi xavfli holat bilan yakunlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Airbus A321 samolyoti Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi xalqaro
Dunyo 01:30, 24-07-2025