Bugun
Erik Garsiya eng qiyin hujumchilarni aniqladi
+26°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮВ

Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”

Jamiyat
126
Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tushib, savdo ko‘rsatkichi oshganini mo‘jiza deb atadi. Bu fikrni 26 fevral kuni O‘zbekiston—Pokiston sammiti yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Agar adashmayotgan bo‘lsam, 2016 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 42 foiz bo‘lgan, savdo ko‘rsatkichi ham past edi. Bugun kambag‘allik darajasi 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi esa 30 milliardga yetdi. Shuning o‘zi katta mo‘jiza emasmi?!”, — dedi bosh vazir.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgandan so‘ng mamlakatni qaytadan transformatsiya qilgani haqida gapirdi.

“Siz davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Siz jamiyatni qayta tikladingiz”, — dedi Pokiston bosh vaziri.

Shahboz Sharifning ta’kidlashicha, bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erishilmaydi yoki yaxshi bir kengashni tashkil etish bilan hal bo‘lib qolmaydi.

“Mo‘jizalar aniq qarashlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intilish orqali paydo bo‘ladi. Men mana shunday ulug‘ sifatlarni sizda ko‘rdim”, — deydi u.

O‘zbekiston prezidenti uchrashuvlar samarali bo‘lganini alohida qayd etib, ushbu tarixiy tashrif O‘zbekiston—Pokiston strategik sherikligida yangi sahifa ochishini ta’kidladi. So‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholadi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Pари НН – Локомотив ўйини Грознийда ўтказилади
Pари НН – Локомотив ўйини Грознийда ўтказилади
«Пари НН» жамоаси бош директори Давид Мелик-Гусейнов жамоанинг Россия Премьер-лигасининг учинчи туридан ўрин олган «Локомотив»га қарши ўйини Грознийда ўтказилиш сабабларини тушунтирди. Bu haqida
Sport 13:10, 25-07-2025
Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq koʻrilgan aktyor va aktrisalari
Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq koʻrilgan aktyor va aktrisalari
3 fevral kuni “Gremmi” mukofotining 67-marosimi boʻlib oʻtdi. An'anaga koʻra, bu mukofot musiqa sohasidagi yutuqlar uchun topshiriladi. Biroq mukofot allaqachon oʻz doirasini kengaytirib,
Madaniyat 21:48, 14-02-2025
Mbappe Gvardiola jamoasiga xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchi bo‘ldi
Mbappe Gvardiola jamoasiga xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchi bo‘ldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining "Manchester City"ga qarshi javob uchrashuvida xet-trik qayd etdi. Fransiyalik futbolchi
Sport 02:35, 20-02-2025
AQSHda Brennan va Komi ustidan yangi tergov boshlandi
AQSHda Brennan va Komi ustidan yangi tergov boshlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yangi siyosiy surishtiruv boshlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) sobiq direktori Jon Brennan hamda Federal qidiruv
Dunyo 16:50, 10-07-2025
Gvardiola Husanov avtogol urgan uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
Gvardiola Husanov avtogol urgan uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
Angliya Premer-ligasining 29-turida kelasi mavsum uchun Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinlar uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Manchester Siti” va “Brayton” o‘zaro kuch
Sport 23:55, 15-03-2025