Bugun
Xaykin Budyo-Glimtni Praga o‘yinida himoya qiladi
+20°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori qancha qilib belgilandi?

Jamiyat
135

Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori qancha qilib belgilandi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025 yil Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdorini e’lon qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 million 200 ming so‘m, deb belgiladi.

“Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 million 200 ming so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi”, deyiladi diniy idora xabarida.

Shuningdek, Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

  • ≈2 kg bug‘doy unidan – 10 000 (o‘n ming) so‘m;
  • ≈4 kg arpadan – 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
  • ≈2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
  • ≈4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.


Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi, deya qayd etgan Fatvo markazi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
Toshkentda 180 ta iPhone noqonuniy olib kirildi
Toshkentda 180 ta iPhone noqonuniy olib kirildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, noqonuniy ravishda mobil qurilmalar olib kirilishining oldi olindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Navoiy chegara bojxona
Jamiyat 19:05, 24-07-2025
Polsha besh yilda 180 ta tank sotib oladi
Polsha besh yilda 180 ta tank sotib oladi
Kelgusi besh yil ichida Polsha armiyasi o‘zining harbiy quvvatini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Varshava hukumati bu borada aniq va mustahkam
Dunyo 18:09, 3-08-2025