Bugun
Deku Bernard Silvani Barselonaga olib kelmoqchi
+25°
дымка ветер 3.1 м/с, В

Farg‘onada noyob qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

Jamiyat
91
Farg‘onada noyob qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi
Foto: Ekologiya vazirligi
Farg‘ona viloyatida noyob qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Unga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro I.I. tomonidan sahro lochini (shaxin) qushi noqonuniy saqlab kelinayotgani va sotuvga qo‘yilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat IIB va viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikka chek qo‘yish chora-tadbirlari olib borilib, huquqbuzar qo‘lga olindi.

Ma’lumot uchun, sahro lochini lochinsimonlar oilasiga mansub qush bo‘lib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori 14-ilovasiga muvofiq BHMning 1500 barobari miqdorida (562 mln 500 ming so‘m)zarar qo‘llanadi va zarar miqdori BHMning 300 barobaridan ko‘pligi sababli ish jinoiy tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi qush bozorida 1000 dan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza
Jamiyat 10:44, 16-03-2025
“Tonirovka” uchun jarima: nimalar o‘zgaryapti?
“Tonirovka” uchun jarima: nimalar o‘zgaryapti?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda qo‘shilishi mumkin. 27 mart kuni Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Loyihada kodeksga
Avto 16:04, 29-03-2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish
Jamiyat 16:41, 2-04-2025
2025 yildan ekologik jarimalar miqdori oshiriladi
2025 yildan ekologik jarimalar miqdori oshiriladi
2025 yilning 1 avgustidan O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida bir qator huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlari oshirildi. Bu haqida Zamin.uz
Oʻzbekiston 12:23, 31-07-2025
Nuri Shaxin “Beshiktosh” bosh murabbiyligiga nomzod bo‘ldi
Nuri Shaxin “Beshiktosh” bosh murabbiyligiga nomzod bo‘ldi
Dortmundning “Borussiya” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Nuri Shaxin yangi klub e’tiboriga tushgan. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Turkiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum boshida “Borussiya”
Sport 01:19, 3-08-2025