Bugun
Zelenskiy Rossiya hujumini to‘xtatishni talab qildi
+21°
пасмурно ветер 3.1 м/с, Ю

Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanishning 9 ta oltin qoidasini bilasizmi?

Jamiyat
120
Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanishning 9 ta oltin qoidasini bilasizmi?
Uzoq soatlik ochlikdan so‘ng turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni Ramazonda sog‘lom ovqatlanish haqidagi orzularni yo‘qqa chiqarishi mumkin, deya xabar berdi Sanepidqo‘mita axborot xizmati.

Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun ayrim tavsiyalarga amal qilish lozim.

1. Taomlanishni xurmodan boshlang
Xurmo — bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.

2. Ko‘p miqdorda suv iching
Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Bir kunda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.

3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning
Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan yong‘oqlar, bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.

4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo‘tadil bo‘lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.

5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qiling
Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.

6. Sog‘lom ovqatlarni tanlang
Ratsioningizda don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni iste’mol qilishingiz kerak.

7. Shirinliklardan saqlaning
Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.

8. Qahva ichishdan tiyiling
Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qahva iste’mol qilishni kamaytirishga harakat qiling.

9. Kuniga uch marta ovqatlanish
Ramazon oyida ham kuniga uch mahal ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, bunda iftorlik, saharlik va ular orasida yengil tamaddi qilib olish kerak. Asosiy ovqatlanishingizni uch qismga bo‘ling. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot. Bu sog‘lom muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health kompaniyasi bemorlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu startap B seriyasi investitsiya
Texnologiya 17:37, 27-08-2025
Yana bir bokschimiz "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Yana bir bokschimiz "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik jahon chempioni Ruslan Abdullayev afsonaviy Oskar De La Xoyya boshchiligidagi 'Golden Boy" promouterlik kompaniyasi
Sport 10:09, 13-03-2025
McDonald's BTS bilan TinyTAN to‘plamini taqdim etdi
McDonald's BTS bilan TinyTAN to‘plamini taqdim etdi
McDonald's fast-fud sohasida yetakchi brend sifatida Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bilan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hamkorlik doirasida
Dunyo 11:46, 21-08-2025
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
2024 yilning 4 iyul kuni AQShning Nyu-York shahridagi Koni Aylendda an’anaviy ravishda o‘tkazilgan Nathan's Famous Hot Dog Eating Contest tanlovida Joey "Jaws" Chestnut yana g‘olib
Dunyo 17:00, 9-07-2025