Bugun
Vlahovichning "Barselona"ga o‘tishi mavhumligicha qolmoqda
+11°
пасмурно ветер 4.4 м/с, ЮВ

Abduqodir va O‘zbekiston JCHda – “Siti” muxlislari olqish yo‘llashmoqda!

Sport
60
Abduqodir va O‘zbekiston JCHda – “Siti” muxlislari olqish yo‘llashmoqda!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgani nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham keng shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, milliy jamoamiz sardori, "Manchester Siti" klubining yorqin vakillaridan biri hisoblangan Abduqodir Husanovga bo‘lgan e’tibor dunyo bo‘yicha sezilarli darajada ortib bormoqda.

O‘zbekistonning eng mashhur futbolchisi hisoblangan Abduqodir Husanov vakillik qilayotgan "Manchester Siti" klubi ham bu tarixiy voqeaga befarq qolmadi. Angliyalik grand klub ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali Abduqodirning suratini joylab, terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqqani bilan muborakbod etdi. "Abduqodir Husanov va O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga ilk bor chiqqani bilan tabriklaymiz!" deb yozilgan ushbu post qisqa vaqt ichida ko‘plab muxlislar diqqatini o‘ziga jalb qildi.

Ayniqsa, "shaharliklar"ning butun dunyo bo‘ylab tarqalgan muxlislari Abduqodir haqida ko‘plab ijobiy fikrlarni qoldirishmoqda. Muxlislar o‘z postlarida Husanovning klubda ko‘proq imkoniyat olishi lozimligini va bosh murabbiy Pep Gvardiolaning yosh himoyachiga ishonch bildirishi kerakligini aytishmoqda.

Xususan, "Football Frenzy" nomli muxlis:
"Tabriklaymiz! Ushbu natijadan "Manchester Siti" ham faxrlanishi lozim. Husanov qaytishi bilan Gvardiola uni yana zaxirada qoldirmasa bo‘lgani", – deb yozgan bo‘lsa, boshqa bir muxlis Malichk Jñr: "Abduqodirga imkoniyat bering. U hozirgi ayrim o‘yinchilarga nisbatan ko‘proq maydonda bo‘lishga munosib!" deb qo‘llab-quvvatlagan.

Misrlik muxlis Mahmoud Ahmed esa, "Husanovning muxlislari Misrda ham juda ko‘p!" deya hayajon bilan yozgan. "Peace Agb" nikli muxlis esa: "Kelgusi mavsumda Abduqodirning maydonda ko‘proq o‘yinlar o‘tkazishiga ishonamiz!" deya umid bildirdi.

Ayrim muxlislar esa klub murabbiyi Pep Gvardiolaga murojaat qilib, Abduqodirga maydonda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berilishini iltimos qilmoqda. Jumladan, Basit Abraham: "Pep, bizni Abduqodirning o‘yinidan bahramand bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilma!" deb yozib qoldirgan.

Abduqodir Husanovning o‘z "Manchester Siti" safidagi pozitsiyasi tobora mustahkamlanib bormoqda. 21 yoshli yosh futbolchimiz 2024 yilning 20 yanvaridan buyon manchesterliklar sharafini himoya qilmoqda va klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Chempionlar Ligasida jami 9 o‘yinda maydonga tushib, hatto bir golga ham mualliflik qildi.

Bundan tashqari, Husanov 2023 yil yozidan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasining ajralmas a’zosidir va shu vaqtga qadar 21 ta xalqaro o‘yinda mamlakat sharafini himoya qilgan. Xalqaro ekspertlar uning transfer qiymatini hozirda 35 million yevroga baholashmoqda. Shu tariqa, Abduqodir Husanov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etilmoqda.

Bu kabi yutuqlar va xalqaro e’tiroflar Abduqodirning kelajagi yanada porloq bo‘lishiga ishora qilmoqda. O‘zbekiston futbolining yangi yulduzi sifatida butun dunyo diqqatini o‘ziga qaratgan Husanov, yaqin kelajakda "Manchester Siti"da yanada muhim o‘rin egallashiga umid qilinmoqda. Uning muxlislari esa sabrsizlik bilan uning maydonda ko‘proq o‘ynashini va yangi muvaffaqiyatlarga erishishini kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

“Shanxay Shenyxua” pley-offga chiqish imkonini yo‘qotdi
“Shanxay Shenyxua” pley-offga chiqish imkonini yo‘qotdi
Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Xitoyning “Shanxay Shenyxua” jamoasi Yaponiyaning “Matida Zelviya” klubiga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Seshanba kuni o‘tkazilgan ushbu
Sport Bugun, 04:12
Vlahovichning "Barselona"ga o‘tishi mavhumligicha qolmoqda
Vlahovichning "Barselona"ga o‘tishi mavhumligicha qolmoqda
"Yuventus" futbol klubi hujumchisi Dushan Vlahovichning "Barselona"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar so‘nggi kunlarda yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 03:15
Frank Riberi "Epshteyn fayllari"da tilga olindi
Frank Riberi "Epshteyn fayllari"da tilga olindi
So‘nggi kunlarda ommaga oshkor qilingan "Epshteyn fayllari" butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hujjatlarda futbol olami vakillari ham tilga
Sport Bugun, 03:08
Georgiy Djikiya: "Turkiyada hammasi ko‘ngildagidek"
Georgiy Djikiya: "Turkiyada hammasi ko‘ngildagidek"
"Antalyaspor" futbol klubi himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati va jamoasidagi holati haqida qisqacha fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 32 yoshli futbolchining
Sport Bugun, 02:57
Bergkamp Benzemani yosh hujumchilarga o‘rnak sifatida ko‘rsatdi
Bergkamp Benzemani yosh hujumchilarga o‘rnak sifatida ko‘rsatdi
Futbol afsonalaridan biri Dennis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida o‘z fikrlarini bildirib, uning maydondagi o‘yin uslubi va foydali harakatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 02:57
Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda qatnashmaydi
Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda qatnashmaydi
"Al-Nasr" jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan holatni izohladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida
Sport Bugun, 02:19