Bugun
"Nyukasl" "Barselona"ning Olmo uchun 80 million yevro taklif qiladi
+16°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Davron Kabulov - so'nggi yangiliklar

Yulduz Turdiyeva ilk konsertiga qanday tayyorlanmoqda?
Yulduz Turdiyeva ilk konsertiga qanday tayyorlanmoqda?
Shirali ovoz sohibasi Yulduz Turdiyeva bir necha o‘n yillik ijodida davomida ilk bor yakkaxon konsert dasturini muxlislari e’tiboriga namoyish etish arafasida. Jonli ijroda o‘tadigan konsert oldidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazilib, bir necha savollarga Yulduz Turdiyeva va Davron Kabulov tomonidan javob berildi. Ko‘p yillik ijod davomidagi ilk konsert haqida — Bir yili albom taqdimoti qilganimda, Davronga bir qo‘shig‘im yoqib qolib, “Opa, konsert berishingiz kerak”, degan. Bir oy bu haqida o‘ylaganmiz ham. Ammo u vaqt karantinga to‘g‘ri kelib qoldi. Shunda ko‘p telekanallarda jonli onlayn konsertlar bo‘ldi. “Xalqlar do‘stligi”da to‘rt mingta kishi ko‘rsa, onlayn konsertni butun O‘zbekiston ko‘rdi” deya yana orqada qoldirdim. Ozarbayjonda, Fransiyada har yili konsert dasturi bo‘ladi. Bu yil may oyida ham rejalashtirganmiz. Agar bu yil ham Davron “Opa, joy yo‘q, vaqt kam” deya turtki bermaganda, to‘ylar va bola-chaqa bilan bo‘lib yana orqaga surilib ketardi, deydi xonanda. “Yulduz opa bilan kelasi 10 yildagi ijodiy hamkormiz” — Yillar davomida turli sabablarga ko‘ra Yulduz Turdiyevaning konsertini o‘tkazish rejasi amalga oshmay kelayotgandi. Orada farzandli ham bo‘ldi. Bu yil vaqt tig‘iz bo‘lishiga qaramay, kichik imkon paydo bo‘lib qolganda, darhol ishga kirishdik. Nima uchun ikki kun, degan savolga javob bersam. O‘zbekistonda konsert biznesi yaxshi ahvolda emas. Ko‘p kasaba uyushmalari tomonidan odamlarning oyligidan ushlab qolish evaziga chipta o‘tkazish holatlari bor. Men buning birinchi navbatdagi dushmaniman. Undan ko‘ra, yaxshi konsert berish kerak, odamlar o‘zi xohlab shu konsertga kelsin. Ikkimiz ham “O‘zi qaysi xonandaning konserti edi?” degan gap bo‘lishini xohlamadik. Yulduz Turdiyevaning talanti nuqtayi nazaridan 8-10 kunlik konsert ham kam deb hisoblayman. Men Yulduz opa bilan ikki yillik yoki birgina konsert haqida kelishmadik, balki 10 yillik hamkorlikni mo‘ljallayotgan hamkorlarmiz. Shu sababli kelasi yillarda konsert kunlarini uzaytirish muammo bo‘lmaydi. Rosmana Yulduz Turdiyeva san’ati ixlosmandlarini bir joyga jamlash masalasida biz ochko‘zlik qilolmaymiz, deydi Davron Kabulov. Shabnam Surayyo bilan duet bo‘lishi mumkinmi? — Konsertda duet bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha sir. Ammo yana bir narsa, konsert tugagandan so‘nggina, iya, bugun duet bo‘lmadi-ya, deb eslanmasa, konsert davomida bunga alohida ehtiyoj bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Lekin duet bo‘lmaydi, deb ham aytolmayman. Konsertda birinchi daqiqadan oxirgi onigacha bosh qahramon Yulduz Turdiyevaning o‘zi bo‘lishiga ularning kuchi bemalol yetadi. Yulduz Turdiyevaning ichida yana beshta Yulduz uxlab yotibdi, ularni uyg‘otish kerak, deydi Davron Kabulov. Ijodkorlar tojikistonlik Shabnam Surayyo bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. “Buxoroning eng zo‘r libosidan kiyaman” — Konsertda o‘zbekcha qo‘shiqlar kuylayman. Shundoq ham shu paytgacha asosan buxorocha, fors-tojikcha qo‘shiqlarni ko‘p kuylaganman. Liboslarimga ham alohida e’tibor qaratyapman, buxorocha eng chiroyli choponlaridan tiktiryapman. Buxorolik ikki dizaynerdan tashqari mashhur “Anor atelier” bilan ham ishlayapmiz. Tabiatdan juda ko‘p narsadan, hatto, qishloqda o‘sgan bo‘lsam-da, mol-qo‘y, mushuklardan ham qo‘rqaman. Konsert oldi qo‘rquv, hayajon bo‘lishi esa tabiiy, deya xonanda o‘z holati haqida yashirmadi. Konsertga alohida nom tanlanmagani haqida izoh berildi Foto: iTicket — Dasturga nom berilishi konsertdan konsertni farqlovchi bir element sifatida qo‘llaniladi. Yulduz Turdiyevaning ijodida bu ilk sarhisob konsert. Unda alohida qo‘shiq yoki mavzuni ajratib ko‘rsatish konsert geografiyasi nuqtayi nazaridan noto‘g‘ri bo‘ladi. Shunda ham eng sara qo‘shiqlari imkon darajasida qo‘shyapmiz. Bu muxlislar eshitib o‘rganganidek emas, boshqacha talqinda namoyish etiladi. Yulduz opa “Mana shuncha qarindoshimga joy kerak. Men falonchi dugonamning konsertiga borganman, unga, bunga borganman. Ular ham menikiga kelishi kerak, joy topib bering” deb tinmayapti. Qarindoshlaringizga konsert qo‘yyapsizmi ham dedim. Ularni qiynayotgan eng katta muammo shu (kulib). Lekin bunday vaziyatlarda eng avvalo, shu yaqin insonlar tushunishi kerak deb o‘ylayman, deydi Davron Kabulov. “Fonogrammadan foydalanilgan uyatli vaziyatlar bo‘ladi” — Hukumatning konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanishi haqidagi qarordan xursand bo‘ldim. Jon bor, jonli kuylash kerak-da. Shaxsan o‘zim, fonogrammada aytishdan qo‘rqaman. Unda juda ko‘p uyaltiradigan vaziyatlar bo‘ladi. O‘zimda ham ikkita davlat tadbirida shunday holat bo‘lgan — kompyuterdan ovozimni yo‘g‘onlashtirib yuborishgan. “Xalq artisti” yoki “Xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlari bekorga berilmagan. Uni oqlay olish ham kerak. Jonimiz bormi, jonli aytish lozim, deydi Yulduz Turdiyeva.
Madaniyat 23:05, 24-04-2025

Ko'p o'qilgan yangiliklar

Toshkentda 15-19 sentyabrda issiq suv uziladi
Toshkentda 15-19 sentyabrda issiq suv uziladi
2025 yil 15 dan 19 sentyabrga qadar Toshkent shahrining sakkiz tumani ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi. Issiq suv uzilishi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari bilan bog‘liqdir. Issiq suv ta’minoti uziladigan hududlar quyidagilardan iborat: Yashnobod tumani, jumladan Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Chulpon, Alimkent ko‘chalari, shuningdek Tuzel-1 dan 4 gacha bo‘lgan massivlar, Uysizlar-1, Asalobod-1 va 2 massivlari hamda Aviasozlar shaharchasi. Mirobod, Yunusobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida Amir Temur va Mustaqillik prospektlari, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Shota Rustaveli, Bogiboston va Arnasoy ko‘chalari hamda boshqa ayrim hududlarda issiq suv berilishi to‘xtaydi. Chilonzor tumanida Katta Chilonzor, Muqimi, Seul va Choponota ko‘chalari hamda Ts-1, 2, 4, 5, 7, Oqtepa, Chilonzor (1-5, 7, E, I), Qushbegi, Boshliq va Uchuvchilar shaharchalari issiq suv ta’minotidan uziladi. Shuningdek, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida ham issiq suv uzilishi kuzatiladi. Fuqarolardan ushbu vaqt davomida suvdan oqilona foydalanishlari va zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi. Profilaktika ishlari tugagach, issiq suv ta’minoti tiklanadi. Manba: Kursiv.media
Oʻzbekiston 06:19, 15-09-2025
iPhone 17 O‘zbekistonda 23 sentyabrdan sotuvda
iPhone 17 O‘zbekistonda 23 sentyabrdan sotuvda
Apple kompaniyasi yaqinda yangi iPhone 17 smartfonini taqdim etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Toshkentdagi "Malika" bozorida sotuvchilar bilan suhbat natijasida ushbu yangi modellar uchun taxminiy narxlar aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 17 smartfonlari O‘zbekistonda 23 sentyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. Narxlar xotira hajmi va qurilmaning funksiyalariga qarab farqlanadi. Masalan, iPhone 17 ning 256 gigabaytli modeli taxminan 16 million 250 ming so‘m atrofida baholanmoqda. Kattaroq xotira hajmiga ega modellarning narxi esa yuqoriroq bo‘ladi. iPhone 17 Pro va Pro Max versiyalari esa yanada ko‘p funksiyalar va imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularning narxlari 23 million so‘mdan boshlanib, 50 million so‘mga yaqinlashadi. Ushbu yangi smartfonlar O‘zbekiston bozorida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. Xaridorlar uchun eng maqbul variantni tanlashda xotira hajmi va byudjet muhim omillar hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy savdo nuqtalarida to‘liq kafolat va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari taqdim etilishi kutilyapti. Yangi iPhone 17 modellarining O‘zbekistonda sotuvga chiqishi smartfon bozorida yangiliklar va raqobatni kuchaytiradi.
Texnologiya 00:01, 12-09-2025
Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘z munosabatlari haqida gapirib berishdi
Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘z munosabatlari haqida gapirib berishdi
Mashhur turk aktrisasi Hande Erchel va tadbirkor Hakan Sabanji o‘rtasidagi munosabatlarga doir so‘nggi paytlarda ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, juftlikning ajrashgani haqidagi xabarlar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Gel Konuşalım dasturida ilk bor gapirgan Hakan Sabanji esa ularning munosabatlariga oid da’volarga o‘z munosabatini bildirdi. U shaxsiy hayoti haqida keng gapirishni istamagan bo‘lsa-da, ayrim gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi. Hakan Sabanji ajralish masalasini muhokama qilishni istamasligini, chunki bu ularning shaxsiy hayotiga taalluqli ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u xiyonat haqidagi mish-mishlar mutlaqo asossizligini bildirdi. Oldinroq Hande Erchel ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan Sabanji bilan tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan edi. Bu esa turk matbuotida ularning ajralgani haqidagi xabarlarga asos bo‘ldi. Mashhur jurnalist Birsen Altuntash juftlik orasida jiddiy kelishmovchilik borligini ta’kidlagan, ammo rasmiy ajrim hali sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Shunga qaramay, Hande va Hakan hanuz bir-birlariga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘lib qolishgan. Muxlislarning bir qismi ularning munosabatlari qayta tiklanishiga umid bildirsa, boshqalar esa bu jarayon shunchaki ommaviy axborot vositalari uchun reklama bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Madaniyat 15:58, 14-09-2025
Toshkentda yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushdi
Toshkentda yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushdi
Toshkent shahrida va viloyatida transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yo‘nalish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirish doirasida tashkil etilgan. 2025 yil 16 sentyabrdan boshlab yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan ushbu marshrut Toshkent viloyatining Iftixor mahallasidan boshlanib, poytaxt markazidagi Chorsu metro bekatigacha qatnaydi. Bu yangi yo‘nalish viloyat aholisi uchun shahar markaziga qulay va tez yetib borish imkonini yaratadi. Yo‘nalishda jami sakkizta zamonaviy avtobus harakat qiladi. Ular King Long XMQ 6900EGW rusumidagi o‘rta sig‘imli, uzunligi 9,5 metr bo‘lgan transport vositalari bo‘lib, yuqori sifat va xavfsizlik talablariga javob beradi. Avtobuslar har kuni soat 05:30 dan 23:17 gacha qatnovni amalga oshiradi. Bu esa yo‘lovchilarga ertalabdan kechgacha muntazam va ishonchli transport xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Yangi yo‘nalish ishga tushirilishi bilan viloyatdan poytaxtga keladiganlar uchun transportda katta qulaylik va vaqt tejash ta’minlanadi. Shu bilan birga, yo‘l harakati xavfsizligi oshiriladi va shahardagi transport tizimi samaradorligi yaxshilanadi. Ushbu ma’lumotlar zamin.uz sayti orqali tasdiqlangan.
Oʻzbekiston 13:48, 16-09-2025
Vengriyada qabr qazish bo‘yicha chempionat o‘tdi
Vengriyada qabr qazish bo‘yicha chempionat o‘tdi
Vengriyaning Seksard shahrida noodatiy va qiziqarli voqea – qabr qazish bo‘yicha 18-xalqaro chempionat bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu musobaqa mamlakatning Qabr qazuvchilar uyushmasi tomonidan aniq reja va tartib asosida tashkil etildi. Tadbir kasb sohasi nufuzini oshirishga xizmat qildi. Musobaqada ishtirokchilar ikki kishilik jamoalar shaklida qatnashdi. Ularga ikki soat vaqt berildi. Shu vaqt ichida har bir jamoa 200x80 santimetr o‘lchamda va 160 santimetr chuqurlikda qabr qazishi kerak edi. Ushbu qoidalar ishtirokchilardan nafaqat mahorat, balki diqqat va tezkorlikni ham talab qildi. Chempionat yakunida Parakletosz Nonprofit jamoasi g‘olib deb topildi. Bu jamoa ketma-ket ikkinchi yil chempionlikni qo‘lga kiritdi, bu ularning puxta tayyorgarligi va kasbiy darajasining yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday musobaqalar kasb nufuzini oshirish bilan birga, yosh avlodni professional mutaxassislar bilan yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, ishtirokchilarga jamoaviy hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu tadbirlar kasbiy malakani oshirish va sohani yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Dunyo 18:39, 13-09-2025
Edgar Davids rasm kolleksiyasi o‘g‘irlandi
Edgar Davids rasm kolleksiyasi o‘g‘irlandi
O‘tgan yillarda "Yuventus" jamoasida o‘ynagan taniqli futbolchi Edgar Davids tanishi Nabila Habibining o‘g‘irlik qilgani haqida xabar oldi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda ad.nl portali ma’lumot berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Davids o‘zining rasm kolleksiyasining o‘g‘irlanganini bir necha yil o‘tib bilib qolgan. U kolleksiyani ishonch bildirgan odamga topshirgan edi. Bir muddat Habibi ham uning uyida yashagan. Davids kolleksiyasi xavfsiz joyda saqlanayotganiga ishonar ekan, Habibi 37 ta rasmni o‘g‘irlab, ularni turli lombardlarga garovga qo‘ygan va taxminan 30 ming yevro olgan. 2017 yilda Habibi qarzlarini to‘lay olmagach, lombardlar rasmlarni sotish huquqiga ega bo‘lgan. Sotib olganlardan biri rasmning orqa tomonida Davidsning ismini ko‘rib, ijtimoiy tarmoqlar orqali unga murojaat qilgan. Shundan so‘ng Davids sudga murojaat qilgan. Habibi o‘g‘irlikni tan olgan. Avvalroq u jinoyat ishlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan va tanishidan 3500 yevro olgan holda qoldirgan edi.
Sport 10:12, 12-09-2025
Xitoy-Markaziy Osiyo savdo ko‘rgazmasi ochiladi
Xitoy-Markaziy Osiyo savdo ko‘rgazmasi ochiladi
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlarga eʼtibor! Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Toshkentdagi Xalqaro ko‘rgazmalar markazida yaqin kunlarda Xitoy va Markaziy Osiyo imkoniyatlarini birlashtiruvchi yirik tadbir ochiladi. 2025 yil 16-18 sentyabr kunlari O‘zbekistonda Xitoy-Markaziy Osiyo savdo ko‘rgazmasi kengaytirilgan formatda o‘tkazilib, sizga Xitoy bozoriga kirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu ko‘rgazmada uchta asosiy yo‘nalish – yangi biznes imkoniyatlari taqdim etiladi. Texnologiyalar va ekologik rivojlanish bir joyda namoyish etiladi. Ko‘rgazmada Xitoyning ilg‘or yutuqlari, jumladan Gree kompaniyasining “Oilaviy intellektual yechimlari”, Hisense’ning “Ultraaniq displey texnologiyasi”, shuningdek, Zhejiang Hangcha va North Heavy Industry kabi yetakchi kompaniyalarning energiya tejamkor texnikalari va aqlli kon uskunalari taqdim etiladi. Tadbirda taxminan 200 dan ortiq yetakchi Xitoy kompaniyalari ishtirok etadi. Eksponatlar sensorli terminallardan tortib, biomimetik robotlar, sunʼiy intellekt asosidagi diagnostika va davolash tizimlarigacha bo‘lgan eng innovatsion sohalarni qamrab oladi. Ochilish kuni Xitoy va O‘zbekiston rasmiy idoralari vakillari, savdo-sanoat uyushmalari va kompaniyalar ishtirokida savdo va investitsiyalar bo‘yicha forum o‘tkaziladi. Maxsus maydonlarda brendlarni taqdim etish va soha bo‘yicha muzokaralar tashkil etiladi. Talablar va takliflar onlayn tarzda real vaqt rejimida eʼlon qilinadi, bu esa ko‘rgazma davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid va hamkorlikni boshlash imkonini beradi. Shuningdek, tadbir doirasida Xitoy madaniyatini yaqinroq tanish uchun milliy imidj zonasi tashkil etiladi. Bu yerda kaligrafiya ustaxonasi, choy marosimi va qog‘oz kesish sanʼati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi, bu esa tashrif buyuruvchilarga Xitoy madaniyati muhitini his qilish imkonini beradi. Ko‘rgazmada oltita asosiy yo‘nalish va milliy imidj zonasi namoyish etiladi: aqlli ishlab chiqarish va sanoat uskunalari, yashil energetika va energiya saqlovchilar, elektron texnologiyalar, aqlli transport, ekologik qurilish materiallari hamda raqamli savdo va xizmatlar. Eng istiqbolli sohalar, jumladan yangi energiya manbalariga ega avtomobillar, mexanik uskunalar, ekologik qishloq xo‘jaligi, maishiy elektronika va raqamli xizmatlar keng ko‘lamda taqdim etiladi. Xitoy kompaniyalari so‘nggi yutuqlarini olib kelib, bevosita hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildiradi. Siz texnologik yangilanishni izlayotgan korxona yoki Markaziy Osiyoda o‘z brendini kengaytirmoqchi bo‘lgan tashkilot bo‘lsangiz, ushbu ko‘rgazma 2025 yil uchun muhim biznes voqeangizga aylanadi. Sizni hamkorlikka taklif qilamiz. Keling, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi imkoniyatlarni ochaylik. Bu tadbir Markaziy Osiyo savdo tarixida muhim bosqich bo‘ladi. Siz tayyormisiz?
Jamiyat 14:15, 11-09-2025
Toshkentda ToshTech texnika universiteti ochiladi
Toshkentda ToshTech texnika universiteti ochiladi
Prezidentning qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida ToshTech texnika universiteti tashkil etiladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangi oliygoh mamlakatimizda zamonaviy muhandislik bilimlarini rivojlantirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qarorga ko‘ra, universitet akademik, moliyaviy hamda tashkiliy boshqaruv masalalarida to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Bu ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishga imkon beradi. 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab davlat byudjeti hisobidan bir yillik tayyorlov kursi ochiladi. Ushbu kurs abituriyentlarga murakkab fanlarga tayyorlanishda yordam beradi. Keyingi yildan, ya’ni 2026-2027 o‘quv yilidan universitetda bakalavriat yo‘nalishlari faoliyat boshlaydi. Talabalar zamonaviy fanlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, 2027-2028 o‘quv yilidan magistratura va oliy ta’limdan keyingi bosqichlar ham bosqichma-bosqich joriy etiladi. Universitetda o‘qish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi. Darslar nafaqat o‘zbek tilida, balki xorijiy tillarda ham olib boriladi. Bu orqali talabalar xalqaro tajribaga ega bo‘lib, bilimlarini yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng muhim jihati shundaki, 2029-2030 o‘quv yiliga qadar qabul qilinadigan barcha talabalar davlat granti asosida to‘liq bepul ta’lim oladilar. Mazkur tashabbus orqali ToshTech texnika universiteti mamlakatimizdagi muhandislik va ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishda, shuningdek, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi (manba: zamin.uz).
Oʻzbekiston 11:24, 12-09-2025