Yangi Deepal S09 krossoveri aprel oyida chiqishi rejalashtirilgan, deb Speedme.ru sayti xabar berdi. Uning boshlang‘ich narxi 300 ming yuandan, ya’ni taxminan 420 million so‘mdan boshlanadi. Eng qimmat modeli esa 350 ming yuan (taxminan 490 million so‘m) atrofida bo‘ladi.
Deepal S09 — yangi EPA1 platformasida yaratilgan va ikkinchi avloddagi zaxira yurish masofasini oshirish tizimi bilan jihozlangan. Uning o‘lchamlari: 5205x1996x1800 mm, g‘ildirak bazasi esa 3105 mm.
Salon zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan: ikkita 15,6 dyuymli ekran, 43 dyuymli AR-HUD, massaj funksiyasiga ega shamollatiladigan o‘rindiqlar, chiquvchi muzlatgich va orqa qatordagilar uchun 21,4 dyuymli ekran. Shuningdek, "bolalar rejimi" va ovozli yordamchi ham mavjud.
Krossover gibrid dvigatel bilan jihozlangan: 1.5 litrli turbobenzinli motor va bir yoki ikki elektromotor, umumiy quvvati 362 kVt (492 ot kuchidan ortiq).
Deepal S09 — brendning eng texnologik va qimmat SUV modeli bo‘lib, u Xitoyning yuqori segmentdagi elektromobillariga jiddiy raqobatchi bo‘ladi.
O‘xshash yangiliklar

Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada

Anchelotti uchun 350-o‘yin: “Real”ning eng muvaffaqiyatli murabbiyi fursatni qanday yopadi?
Madridning “Real” klubida yana bir tarixiy belgi qayd etildi. La Liganing 35-turida “Barselona”ga qarshi kecha bo‘lib o‘tgan dramatik to‘qnashuv (3:4) Karlo Anchelotti uchun “Qirollik klubi”

O‘zbekiston Qozog‘istonga rejadan ortiq miqdorda suv yetkazdi
2024 yil oktyabr oyidan boshlab, O‘zbekiston Qozog‘istonga umumiy 12,6 milliard kub metr miqdorida suv yetkazib berdi. Bu ko‘rsatkich avval rejalashtirilgan miqdordan 1,7 milliard kub metrga ko‘p

BYD Sea Lion 07DM-i: dronli, karaoke tizimli SUV
BYD kompaniyasi o‘zining yangi flagman hybrid SUV modeli — Sea Lion 07DM-i uchun oldindan buyurtmalarni boshladi, deb speedme.ru xabar berdi. Narxlar 189 800 yuandan (taxminan 264 million so‘m)

Honda P7 elektromobili uchun buyurtmalar boshlandi
GAC Honda o‘zining birinchi to‘liq elektr krossoveri — Honda P7 uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi, deb xabar bermoqda Speedme.ru. Model G‘uanchjoudagi zavodda ishlab chiqarilmoqda.