Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Britaniya sentyabrda Falastinni tanlashga tayyor

Dunyo
42
Britaniya sentyabrda Falastinni tanlashga tayyor
29 iyul kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Keir Starmer mamlakat siyosatida muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U aytishicha, agar Isroil falastinliklarning hayotini yaxshilashga qaratilgan aniq choralarni amalga oshirmasa, Buyuk Britaniya sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini rasmiy tan olishga tayyor. Bu qaror qabul qilinsa, Britaniya Fransiyadan keyin BMT Xavfsizlik Kengashida Falastinni tan olgan ikkinchi G‘arb davlatiga aylanishi mumkin.

Starmer ta’kidlashicha, Britaniya Falastinni tan olishdan avval Isroildan quyidagi talablarni bajarishni kutadi: G‘azoga insonparvarlik yordamlarini yetkazishni ta’minlash, G‘arbiy sohilni anneksiya qilmaslik bo‘yicha qat’iy kafolat berish, uzoq muddatli tinchlik jarayoniga sodiqlikni va Falastin davlatini tan olishni rasmiy e’lon qilish. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Falastin xalqi og‘ir sinovlardan o‘tmoqda, ayniqsa G‘azoda yordam yetishmasligi sababli bolalar ochlikdan aziyat chekmoqda.

Bu holatning davom etishi qabul qilib bo‘lmas ekan. Sentyabr oyida Britaniya hukumati Isroil va Falastin tomonlarining ushbu shartlarga rioya qilganini batafsil baholaydi.

Starmer ta’kidlaganidek, bu qarorda hech qanday davlat veto huquqiga ega emas va Britaniya mustaqil siyosat yuritadi. Reuters xabar qilishicha, bu qaror London rasmiylari va Yevropa Ittifoqi yetakchilari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishdan so‘ng qabul qilindi.

Ilgari britaniya hukumatlari Falastinni tan olishni “tegishli vaqt kelganda” deb aytgan, ammo aniq shartlar yoki muddat belgilamagan edi. Yaqinda G‘azoda ochlik xavfi kuchaygani va xalqaro insonparvarlik tashkilotlari ogohlantirgani bois, Leyboristlar partiyasi deputatlari ham bosh vazirni Falastin davlatini tan olishga chaqirmoqda.

Ular bu orqali Isroilga xalqaro bosimni oshirishni maqsad qilmoqda. Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 1967 yilgi urushda bosib olingan hududlar doirasida Falastinni davlat sifatida tan olish niyati Britaniya siyosatida ham muhim muhokama mavzusiga aylandi.

Qayd etish joizki, G‘azoda harbiy harakatlar boshlanganda Keir Starmer muxolifat yetakchisi sifatida Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlagan. Lekin bosh vazir lavozimiga kelgach, uning Isroilga nisbatan siyosati qat’iy va prinsipial tus oldi.

Masalan, Britaniya Xalqaro jinoiy sudning Netanyaxuga nisbatan chiqarilgan hibsga olish orderlariga qarshi olib borgan oldingi huquqiy kurashni to‘xtatdi va Isroilga qurol eksportini chekladi. Bundan tashqari, iyun oyida Britaniya hukumati Isroilning ikki radikal vaziri Itamar Ben-Gvir va Betsalel Smotrichga sanksiyalar joriy etdi.

Ular Falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlikni ochiq targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Sentyabr oyida qabul qilinadigan yakuniy qarorga dunyo jamoatchiligi katta e’tibor bilan qaramoqda.

Britaniyaning bu siyosiy qadami mintaqaviy va xalqaro munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali aniq bo‘lmagan, ammo muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026