Bugun
Imronning "Sehrgar" Qo'shig'i Muxlislar E'tiborida
+13°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlar

Dunyo
130
Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlar
AQSH hukumatining yuqori martabali amaldorlari Yamandagi husiylarga zarbalar berilishidan oldin Signal messenjerida hujumni muhokama qilganiga oid yangi skrinshotlar e’lon qilindi. The Atlantic bosh muharriri Jeffri Goldberg ushbu chatga tasodifan qo‘shilib qolgan edi.

E’lon qilingan yangi skrinshotlarga ko‘ra, Pentagon rahbari Pit Xegset Amerikaning F-18 qiruvchi samolyotlari missiya boshlanishidan 31 daqiqa hamda rejalashtirilgan nishon yakson qilinishidan ikki soat oldin havoga ko‘tarilgani haqida xabar yuborgan.

Keyinroq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uols chatda hujum natijalari haqida batafsil ma’lumot bergan. «Birinchi nishon — ularning raketalar bo‘yicha bosh mutaxassisi — u o‘zining sevgilisi yashaydigan binoga kirganini aniqladik va u qulab tushdi», — deyiladi skrinshotda.

Foto: The Atlantic

Foto: The Atlantic

Foto: The Atlantic

Foto: The Atlantic
O‘z navbatida Xegset quyidagi mazmundagi xabarni yuborgan: «Ajoyib ish, bo‘ldi. Bugun kechqurun yana bir nechta zarba, ertaga to‘liq hisobot bo‘ladi. Hozircha hammasi reja bo‘yicha, nishonlarga aniq zarbalar berilmoqda va hozircha hammasi yaxshi».

The Atlantic'ning qayd etishicha, Goldbergning ushbu chatga nima sababdan qo‘shilib qolgani hanuz noma’lumligicha qolmoqda.

Goldberg 24 mart kuni tasodifan AQSHning husiylarga qarshi operatsiyaga oid rejalari muhokama qilingan chatga qo‘shilib qolganini ma’lum qilgandi. Chatda 18 kishi bo‘lgan, ular orasida Uols, Xegset, davlat kotibi Marko Rubio, vitse-prezident Jey Di Vens va Oq uyning boshqa vakillari ham bor. Pentagon rahbari ushbu chat orqali harbiy rejalar yuborilganini rad etdi. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, biroq Goldbergni tanimasligini va uning raqami ham o‘zida bo‘lmaganini ta’kidladi. AQSH prezidenti Donald Tramp Uols bundan xulosa chiqarganini ma’lum qildi.

The Guardian nashrining yozishicha, AQSHdagi milliy xavfsizlik va razvedka sharhlovchilari, ekspertlar davlat maxfiy harbiy rejalarining bunday tijoriy chatlarda muhokama qilinishini jiddiy tanqid ostiga olmoqda. Ularning nazdida bu operatsion xavfsizlikning misli ko‘rilmagan buzilishi. Harbiy operatsiyalar Signal orqali muhokama qilingani Shpionaj to‘g‘risidagi qonunga va davlat hujjatlarini saqlash tartibiga ham zid bo‘lishi mumkin. Chunki rasmiylar faqat himoyalangan, maxsus davlat kanallari orqali muloqot qilishi shart edi.

O‘z navbatida Kongressdagi demokratlar The Atlantic nashri bosh muharririga Yamanga zarba berishni muhokama qilgan yuqori lavozimli rasmiylar bo‘lgan chatga kirish imkoni taqdim etilgani tufayli messenjerlar orqali maxfiy ma’lumotlar uzatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni taklif qildi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp: Eron Rahbariyatiga Qarshi Operatsiya Muvaffaqiyatli O'tdi
Tramp: Eron Rahbariyatiga Qarshi Operatsiya Muvaffaqiyatli O'tdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Tramp Eron harbiy va siyosiy rahbariyatiga qarshi amalga oshirilgan operatsiya haqida bayonot berdi. U bu
Dunyo Bugun, 12:41
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Reuters agentligining xabariga ko'ra, Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning yaqinlari, jumladan qizi, nabirasi, kuyovi va kelini AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar
Dunyo Bugun, 12:33
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashishi sababli O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun
Dunyo Bugun, 11:49
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Oyatulloh Ali Xominaiyning vafoti Eron atrofidagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bu voqeaga tezkor munosabat bildirdi
Dunyo Bugun, 11:10
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19