Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+20°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Dunyo bo‘yicha ruhiy kasalliklar keskin oshmoqda

Dunyo
63
Dunyo bo‘yicha ruhiy kasalliklar keskin oshmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e’lon qilingan so‘nggi hisobot insoniyat uchun jiddiy ogohlantirish bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab bir milliarddan ortiq odam turli darajadagi ruhiy salomatlik muammolari bilan yashamoqda. Bu raqam nafaqat xavotirli, balki butun insoniyat sog‘lig‘i uchun katta tahdid hisoblanadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda 15 yoshdan katta 400 milliondan ziyod kishi spirtli ichimliklar ta’siridan zarar ko‘rgan. 2022 yilda esa 64 milliondan ortiq inson giyohvand moddalar iste’moli natijasida ruhiy buzilishlarga duch kelgan.

Shuningdek, qariyb 57 million kishi demensiya va 24 milliondan ziyod inson epilepsiya bilan og‘rigan. Eng ko‘p uchraydigan ruhiy kasalliklar orasida xavotir va tushkunlik alohida o‘rin tutadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bu kasalliklar barcha psixik buzilishlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Ayniqsa, 20 dan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida bu muammolar keng tarqalgan.

Bu yosh avlod eng faol bo‘lishi kerak bo‘lgan davrda ruhiy kasalliklar bilan yuzlashmoqda. Hisobotda 2011 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda ruhiy kasalliklar soni dunyo aholisi o‘sishidan ham tez ko‘paygani qayd etilgan.

Bu esa global miqyosda vaziyatning og‘irlashayotganidan dalolat beradi. JSST yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatining asosiy o‘lim sababi ekanini ta’kidlaydi.

Faqat 2021 yilda 727 mingdan ortiq odam o‘z hayotini yo‘qotgan. Mavjud choralarga qaramay, tashkilotning taxminlariga ko‘ra, 2030 yilga qadar bu ko‘rsatkich faqat 12 foizga kamayishi mumkin.

Ruhiy buzilishlar nafaqat sog‘liqka, balki iqtisodiyotga ham katta zarar yetkazmoqda. Har yili bu muammo sababli 12 milliard ish kuni yo‘qotiladi, bu esa jahon iqtisodiyotiga yiliga taxminan 1 trillion dollar zarar keltiradi.

Eng achinarlisi, tushkunlik bilan og‘riganlarning faqat 9 foizi samarali davolanadi, psixozga chalinganlarning esa 71 foizi tibbiy yordam ololmaydi. Bu holat muammoning yanada kuchayishiga va odamlar hayotida qiyinchiliklarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli mutaxassislar davlat va jamiyatlarni ruhiy salomatlik muammosiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirmoqda. Chunki bu muammo kelajakda insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ruhiy salomatlikni mustahkamlash uchun samarali chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026