Bugun
Eldor Shomurodov terma jamoada tub o‘zgarishlar haqida gapirdi
+18°
пасмурно ветер 1.7 м/с, ЮЗ

Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi

Dunyo
118

Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jonli translyatsiya qilingan nutq boshlanishidan avval Buker Senatga chiqishini Tramp va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskning «qonun ustuvorligi, Konstitutsiya va Amerika xalqi ehtiyojlariga to‘liq bee’tiborlik» ko‘rsatgani bilan izohladi.

CNN'ning xabar qilishicha, Buker nutqini 31 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlagan va 1 aprel soat 12:00 holatiga ko‘ra davom ettirgan. Demokrat Tramp harakatlariga qarshi chiqmoqda va «jismoniy jihatdan imkonli ekan, nutqni davom ettiraman», deb bayonot bergan.

Ushbu chiqish fillibaster (qonun qabul qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi nutq) emas, chunki senator qonunlar yoki tayinlovlarga to‘sqinlik qilmayapti. Nashr qayd etishicha, u nutqni tribuna ochiq turgani, sessiya zali xodimlari va Kapitoliya politsiyasi o‘z joyida ekani davomida surunkali davom ettirishi mumkin.

«AQSH prezidenti atigi 71 kun ichida amerikaliklarning xavfsizligi, moliyaviy barqarorligi va demokratiyamizning asosiy prinsiplariga shunchalik katta ziyon yetkazdiki… Bu Amerika uchun odatiy vaqtlar emas. Ular AQSH Senatida ham shunday baholanmasligi kerak», — dedi Buker.

Nyu Jersi shtati senatori sifatida Buker AQSH prezidentining ijtimoiy ta’minot, ta’lim, migratsiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatlariga qarshi chiqdi, deb yozadi New York Times.

Siyosatchi o‘z nutqida tashqi siyosat masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, u Donald Trampni NATOni zaiflashtirishda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan moyillikda va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga «diktator» deb atalgan noo‘rin bayonotlari uchun tanqid qildi.

Bundan tashqari, Buker Trampning Panama va Grenlandiyaga qilingan tahdidlari, hamda Meksika ko‘rfazini qayta nomlash g‘oyasini ham eslatib o‘tdi.

Biroq, The Guardian qayd etishicha, Buker Senatdagi rekordni yangilash uchun hali uzoq yo‘l bosishi kerak. 1957 yilda respublikachi Strom Termond Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonunga to‘sqinlik qilish maqsadida 24 soat 18 daqiqa nutq so‘zlagan edi.

AP News yozishicha, 55 yoshli Kori Buker Vashingtonda tug‘ilgan, Nyu Jersida o‘sgan. Uning aytishicha, oilasi irqiy kamsitishga duch kelgan, jumladan, ota-onasi uy sotib olmoqchi bo‘lganida to‘siqlarga uchragan.

Buker Stenfordda futbol o‘ynagan, Yel universitetida huquqshunoslikni o‘rgangan va kam ta’minlangan oilalarga yordam beruvchi advokat sifatida ishlagan. Keyinchalik Nyuark (Nyu Jersining eng yirik shahri) shahar hokimi va AQSH senatori bo‘lgan.

2013 yilda u Senatga navbatdan tashqari saylovda g‘alaba qozondi, keyin esa 2014 va 2020 yillarda to‘liq muddatlarga saylandi. 2020 yilda u prezidentlik saylovida ishtirok etdi, ammo uning kampaniyasi muvaffaqiyatga erishmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Trampdan Eron va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun keskin ogohlantirish
Trampdan Eron va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun keskin ogohlantirish
AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘i orqali Eron rahbariyatiga keskin va qatʼiy ohangda murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o‘z chiqishida Tehronni qattiq tanqid
Dunyo Kecha, 22:13
AQSH Eron mojaroida yettita samolyotini yo‘qotdi
AQSH Eron mojaroida yettita samolyotini yo‘qotdi
CNN manbalariga tayangan holda xabar berishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron bilan yuzaga kelgan mojaro boshlangandan beri kamida yettita samolyotini yo‘qotgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 21:53
Afg‘onistonda zilzilalar tabiiy ofatlar orasida yetakchi rol o‘ynaydi
Afg‘onistonda zilzilalar tabiiy ofatlar orasida yetakchi rol o‘ynaydi
Afg‘oniston tog‘lar bilan qoplangan va turli tabiiy ofatlarga juda moyil bo‘lgan mamlakatdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eng ko‘p insonlar va mol-mulk yo‘qotilishiga sabab bo‘ladigan tabiiy ofat
Dunyo Kecha, 20:43
Mahachqalada kuchli yomg‘irlar sabab binolar qulab tushdi
Mahachqalada kuchli yomg‘irlar sabab binolar qulab tushdi
Dog‘iston poytaxti Mahachqalʼa shahrida kuchli va to‘satdan yog‘gan yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 20:05
Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani xabarlari rad etildi
Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani xabarlari rad etildi
Internetda AQSh prezidenti Donald Trampning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq rasmiy manbalar bu ma’lumotlarni rad etdi. Oq uy kommunikatsiyalar
Dunyo Kecha, 19:33
Eronning yangi AD-08 Majid havo mudofaa tizimi faoliyatda
Eronning yangi AD-08 Majid havo mudofaa tizimi faoliyatda
Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy keskinliklar fonida Eron tomonidan yangi havo mudofaa tizimining qo‘llanilishi haqida xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba’zi
Dunyo Kecha, 19:32