Bugun
"Real" Endrikni sotish masalasini ko'rib chiqmoqda
+7°
пасмурно ветер 0.3 м/с, В

Donald Tramp uchinchi bor AQSH prezidenti etib saylanishi mumkinmi?

Dunyo
121

Donald Tramp uchinchi bor AQSH prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
AQSH prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni u uchinchi muddatga saylovda ishtirok etish niyati haqida aytgan so‘zlari hazil emasligini bildirdi, biroq AQSH Konstitutsiyasida prezident lavozimini ikki muddatdan ortiq egallash taqiqlanganini qanday chetlab o‘tishini u tushuntirmadi.

Xo‘sh, Donald Tramp uchinchi muddatga saylana oladimi? Agar saylana olmasa, unga qanday huquqiy to‘siqlar monelik qiladi. Reuters bu borada qiziq tahlil o‘tkazdi.

AQSH konstitutsiyasida nima deyilgan?

AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-o‘zgartishda «Hech kim ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas», deb belgilangan.

Ushbu o‘zgartish 1951 yilda, prezident Franklin Ruzvelt AQSHning ilk prezidenti Jorj Vashington davridan buyon amal qilib kelgan ikki muddatlilikka doir norasmiy qoidani buzgandan so‘ng ratifikatsiya qilingan.

Katta depressiya va Ikkinchi jahon urushi davrida prezidentlik qilgan Ruzvelt uch to‘liq muddat hokimiyatda bo‘ldi va 1945 yili — to‘rtinchi muddati boshlanganidan bir necha oy o‘tib vafot etgan.

Kuinnipiak universiteti huquq professori Ueyn Angerning ta’kidlashicha, Konstitutsiya prezidentlik muddatini to‘rt yilllik ikki muddat bilan aniq cheklab qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixda bunday holat kuzatilmagan bo‘lsa-da, Trampning bu bandni sudda shubha ostiga olishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ehtimoli yuqori.

«Menimcha, Oliy sud uning bu xohshiga «yo‘q» deb aytadi — hammasi aniq: u to‘rt yildan ikki bor lavozimni egallashi mumkin. Donald Tramp, siz uchinchi bor saylovda qatnasholmaysiz», — deydi Anger.

Trampni qo‘llovchilar konstiutsiyani o‘zgartirishi mumkinmi?

Ha, lekin bu hozirgi siyosiy qutblanish davrida juda past ehtimolga ega.

Har qanday konstitutsiyaviy o‘zgartish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining ikki palatasida — Vakillar palatasi va Senatdagi deputatlarning uchdan ikki qismining ovoz kerak bo‘ladi. Yoki shtatlarning kamida uchdan ikki qismi qonunchilik organlari talabiga binoan Milliy Konvent chaqirilishi, so‘ngra 50 ta shtatdan 38 tasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi zarur.

Ayni paytda respublikachilar Vakillar palatasida kichik ustunlikka ega — 213 o‘ringa qarshi 218 o‘rin. Senatda esa 53 ovozga ega. Ular shuningdek, 28 shtat qonunchilik organlarini nazorat qilishadi.

Tennessi shtatidan kongressmen va Trampning qat’iy tarafdori Endi Ogls yanvar oyida Konstitutsiyaga 22-o‘zgartishni qayta ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqqan. U prezidentga ketma-ket emas, balki alohida muddatlarda uch marta xizmat qilish imkonini berishni taklif etgan.

Agar bu o‘zgartish qabul qilinadigan bo‘lsa, Trampning 2017 va 2025 yillardagi prezidentlik muddatlari bir-birini qoplamagani bois, u 2029 yildan boshlab uchinchi muddatga kirishish imkoniyatiga ega bo‘lar edi.

Tramp viye-prezident sifatida nomzod bo‘lishi mumkinmi?

Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida keyingi saylovda prezidentlikka nomzod sifatida Jey Di Vens ko‘rsatilsa, o‘zini vitse-prezidentlikka ko‘rsatish imkoni haqida gapirdi.

Agar Vens saylovda g‘alaba qozonsa va keyinroq prezidentlikdan voz kechsa, Tramp qaytadan Oq uyga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Biroq Tramp vitse-prezidentlikka ham nomzod bo‘la olmaydi, chunki u yana prezident bo‘lish huquqiga ega emas. AQSH Konstitutsiyasining 12-o‘zgartishida shunday deyilgan: «Prezident lavozimiga saylanishga huquqi bo‘lmagan shaxs, vitse-prezident lavozimiga ham saylanish huquqiga ega emas».

O‘xshash yangiliklar

Eronning arzon dronlari AQSH mudofaasiga bosim o'tkazmoqda
Eronning arzon dronlari AQSH mudofaasiga bosim o'tkazmoqda
AQSH Shahed-136 dronini yo'q qilish uchun har biriga taxminan 3 million dollar sarflaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu bilan birga, Eron kuniga 500 tagacha shunday qurilmani ishlab
Dunyo Bugun, 14:42
AQSH va Ekvador narkokartellarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
AQSH va Ekvador narkokartellarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
AQSH va Ekvador qurolli kuchlari Ekvador hududida narkokartellarga qarshi birgalikda harbiy operatsiyalarni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlarining Janubiy
Dunyo Bugun, 14:17
Isroildagi hujumlarda o'zbekistonliklar zarar ko'rmadi
Isroildagi hujumlarda o'zbekistonliklar zarar ko'rmadi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi 2026-yil 4-mart holatiga ko‘ra, Isroil hududiga qilingan raketa hujumlari natijasida O‘zbekiston fuqarolari zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 13:45
Eron Ekspertlar kengashi Mojtabo Xomanaiyni sayladi mi?
Eron Ekspertlar kengashi Mojtabo Xomanaiyni sayladi mi?
Eron International telekanalining xabariga ko‘ra, Eron Ekspertlar kengashi Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mojtabo Xomanaiyni yangi oliy rahbar etib saylagan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, bu xabar
Dunyo Bugun, 13:33
Qatarda Eron bilan bog'liq guruhlar qo'lga olindi
Qatarda Eron bilan bog'liq guruhlar qo'lga olindi
Yaqin Sharqdagi vaziyat endi Qatar hududlariga ham jiddiy xavf solmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qatarda Eron bilan aloqador guruhlar aniqlanib, AQSHning mintaqadagi eng yirik harbiy bazasi
Dunyo Bugun, 11:37
Mo'jtaba Xominaiy Eronning yangi oliy rahbari bo'ladimi
Mo'jtaba Xominaiy Eronning yangi oliy rahbari bo'ladimi
Eron atrofidagi vaziyat yanada murakkablashib borayotgan bir paytda, mamlakatdagi oliy rahbarlik masalasi bilan bog‘liq yangi xabarlar katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. DW
Dunyo Bugun, 11:30