Bugun
Tungi tinchlikni buzganlarga jarimalar oshiriladi
+27°
ясно ветер 2.1 м/с, В

Birgina ismining o‘zi bilan millionlab pul topadigan Gollivud yulduzlari

Dunyo
118
Birgina ismining o‘zi bilan millionlab pul topadigan Gollivud yulduzlari
Muvaffaqiyatli yulduzlar allaqachon sahna va ekran chegaralaridan chiqib ketdilar. Bugungi kunda ism — bu brend, obro‘-e’tibor esa puldir. Biz sizga shon-shuhratidan emas, balki o‘zlari yaratgan biznesdan millionlab pul topishni o‘rgangan yulduzlar haqida so‘zlab beramiz.

Bugungi kunda mashhur bo‘lish degani biznes bilan shug‘ullanish deganidir. Ba’zilar boshqalarning brendlarini reklama qilib pul topishsa, boshqalar o‘zlarining imperiyalarini qurishadi. Terini parvarishlash kosmetikasi, spirtli ichimliklar, NFT — yulduzlar hammasini o‘zlashtirib, daromad manbaiga aylantirib bo‘lishdi. Kim o‘z nomini eng daromadli qila olganini va mashhurlar qanday qilib millionlab daromad olishayotganini bilib olamiz.

Kim Kardashyan: Realiti-shoudan milliardlab dollarlik imperiyagacha

Foto: Google Images
2007 yilda Kim Kardashyan oilaviy hayoti namoyish etiladigan “Kardashyanlar oilasi” nomli realiti-shou qahramonlaridan biri edi. Bugungi kunda u ikkita yirik brendning asoschisi: SKKN (teriga parvarish qilish va dekorativ kosmetika) va Skims (ichki kiyim). Skims 4 milliard dollardan ortiqqa baholanadi va Time jurnali tomonidan yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri deb topilgan.

Kim vizual marketing va shaxsiy ishtirokka urg‘u bermoqda: SKKN va Skims kosmetika va kolleksiyalarini shaxsan o‘zi e’lon qiladi, kampaniyalarda suratga tushadi, singillari, bolalari va shou-biznes yulduzlarini reklamaga jalb qiladi. Ushbu strategiya tufayli uning brendlari faqat ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq bo‘lishni to‘xtatdi va dunyo miqyosida o‘ziga xos brendga aylandi.

Shu bilan birga, Kim yuridik sohada karyerasini quryapti. U advokatlar rahbarligida alternativ dastur bo‘yicha o‘qiydi. Kardashyan uchinchi urinishda Baby Bar – universitetda mutaxassislik bo‘yicha o‘qimagan kelajakdagi yuristlar uchun majburiy bo‘lgan oraliq imtihonni topshirdi. Keyingi qadam — Kaliforniyada advokatlik litsenziyasi uchun asosiy imtihon. Kardashyan allaqachon inson huquqlari tashabbuslarida qatnashmoqda hamda advokatlar va mutaxassislik tashkilotlari bilan hamkorlikda hukmlarni qayta ko‘rib chiqishga yordam bermoqda. U kelajakda o‘zining inson huquqlari jamg‘armasini yoki yuridik xizmatini yaratishini ham istisno qilmaydi.

Rianna: Go‘zallik inqilobidan milliardlar

Foto: Google Images
Musiqa Riannani jahon yulduziga aylantirdi, lekin biznes uni milliarder xonimga aylantirdi. Uning Fenty Beauty kosmetika brendi dastlabki kunlaridanoq sensatsiyaga aylandi: 50 dan ortiq rangdagi tonal asoslar liniyasi kosmetika sanoatida yangi standartni o‘rnatdi va pardozlanishni haqiqatan ham inklyuziv qildi. Ilgari qora tanli qizlar uchun o‘ziga mos tonni topish qiyin edi, lekin Fenty buni o‘zgartirdi.

Riannaning ikkinchi yirik loyihasi — Savage x Fenty. Dastlabki kundan boshlab xilma-xillikka e’tibor qaratgan ichki kiyim brendi: turli shakl, o‘lcham va teri rangidagi modellar kampaniyalar yuziga aylandi. Bu Victoria’s Secretning porloq standartlariga muqobil variant edi — va bu harakat samara berdi. Rianna o‘yin qoidalarini o‘zgartiradigan tadbirkor maqomiga ega bo‘ldi.

Xonanda shunchaki o‘z nomini qadoqqa qo‘ymaydi — u formulalarni yaratishda, ranglarni tanlashda, dizaynni muhokama qilishda va tafsilotlarni nazorat qilishda qatnashadi. 2023 yilda Rianna erkaklar kiyim-kechak va aksessuarlar liniyasiga investitsiya qildi. Hozirda musiqa ikkinchi darajaga tushib qoldi — Fenty unga barcha gastrollar va albomlarni birlashtirgandan-da ko‘proq daromad keltiradi.

Dueyn Jonson: sobiq turmush o‘rtog‘i bilan omadli biznes

Foto: Lady Mail
Gollivudning eng yuqori haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri kinoda suratga tushish bilan cheklanmaydi. Uning millionlab dollarlik aylanma va sodiq auditoriyali

Teremana tekilasi, Project Rock sport kiyimlari liniyasi (Amerika sport kiyim-kechak brendi Under Armour bilan hamkorlikda) hamda ZOA energetik ichimliklari brendi bor.

Qiziq tomoni shundaki, Jonson mahsulotlarni ishlab chiqishda qatnashadi: tekilaning ta’mini shaxsan o‘zi sinab ko‘radi, kiyimlarning dizaynini nazorat qiladi, energetik ichimliklarning sifatini kuzatadi. Teremana yuqori sifatli, ammo arzon alkogol sifatida taqdim etiladi, Project Rock esa nafaqat kiyim-kechak, balki aksessuarlar, mashg‘ulotlar uchun poyafzallarni ham o‘z ichiga oladi. Uning ZOA energetik ichimliklari esa sun’iy qo‘shimchalarsiz yaratilgan.

Jonson barcha loyihalarini sobiq xotini Dani Garsiya bilan birgalikda rivojlantiradi. Ajrashgandan keyin ular nafaqat do‘stlikni saqlab qolishdi, balki biznes sheriklariga aylanishdi. Va, rekord daromadlarga qaraganda, ular buni a’lo darajada amalga oshirmoqdalar.

Gvinet Peltrou: Gollivud yulduzidan eng g‘alati tovarlar liniyasi

Foto: Google Images
Goop — Gvinet Peltrouning brendi, u qancha hazilga sabab bo‘lsa, shuncha qiziqish ham uyg‘otadi. Peltrou teriga parvarish qilish vositalari, detoks dasturlari va muqobil tibbiyot sifatida taqdim etiladigan soxta ilmiy tovarlarni sotib pul ishlaydi.

2023 yilda Peltrou tovarlar liniyasini kengaytirdi va unga ayurveda tamoyillariga asoslangan organik oziq-ovqat qo‘shimchalari va spa xizmatlarini qo‘shdi. Ushbu mahsulotlar shifokorlar tomonidan tanqid qilinishda davom etsa ham, ular an’anaviy bo‘lmagan tibbiyot tarafdorlari orasida o‘z auditoriyasini topmoqdalar.

Va shunga qaramay, Goop faqat g‘alati narsalar haqidagi brend emas. Brend ruhiy salomatlik haqida gapirish huquqini targ‘ib qiladi. Ana shuning uchun ham bu brend o‘ziga jalb qiladi, g‘azablantiradi, lekin hech qachon e’tiborsiz qolmaydi.

Snup Dogg: NFT va kriptovalyutalar dunyosini zabt etgan reper

Foto: Lady Mail
Snup Dogg musiqachilar orasida birinchi bo‘lib raqamli aktivlarning salohiyatini ko‘rdi. Hozirda musiqachi NFT kolleksiyalarini chiqaryapti, kriptoplatformalar bilan hamkorlik qilyapti va eksklyuziv raqamli albomlarni sotyapti. Bir necha yil ichida u blokkechayn texnologiyalaridan millionlab dollar daromad oldi va ushbu bozorni o‘rganishda davom etmoqda.

Snup Web3 loyihalari bilan faol hamkorlik qiladi va hatto muxlislari virtual obyektlar hamda noyob raqamli kolleksiyalarni sotib olishlari mumkin bo‘lgan o‘zining meta-olamiga ega. Masalan, Snup Doggning o‘zi avatarini yoki virtual sport poyabzallarini va plakatlarini sotib olish mumkin.

Snup muntazam ravishda The Sandbox va Gala Games kabi yirik kriptokompaniyalar va platformalar bilan hamkorlik qiladi. Uning Web3 infratuzilmasida o‘nlab sherikliklar, raqamli kolleksiyalar va investitsiyalari mavjud. Uning uchun bu shunchaki shov-shuv emas, balki strategik biznes modeli: u birinchi bo‘lib raqamli imijni aktivga aylantirdi va hozirda bu orqali muvaffaqiyatli daromad oladi.

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025