Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Buyuk Britaniyada mahkumlar noto‘g‘ri ozod qilindi

Dunyo
17
Buyuk Britaniyada mahkumlar noto‘g‘ri ozod qilindi
Buyuk Britaniyada jazo tizimida katta xato aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2024-yil martidan 2025-yil martigacha bo‘lgan bir yil davomida 260 dan ortiq mahkum noto‘g‘ri qaror tufayli erkinlikka chiqib ketgan. Hukumat statistikasiga asoslangan “Sky News” telekanali mazkur holat haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 233 nafar mahkum qamoqxonalardan, 29 nafari esa sud zallaridan xatolik sabab ozod qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 128 foizga ko‘paygan.

Mazkur masala ayniqsa efiopiyalik noqonuniy muhojir Xadush Kebatu bilan bog‘liq voqeadan so‘ng keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Kebatu jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan bo‘lib, Chelmsford magistrlar sudi tomonidan 14 yoshli qiz va bir ayolga tegajog‘lik qilgani sababli bir yilga qamoq jazosi tayinlangan edi.

Keyinchalik Ichki ishlar vazirligi xodimlariga topshirish maqsadida ozod qilingan, ammo u qochib ketdi. Esseks politsiyasi Kebatunun Londonga yo‘l olganini ma’lum qildi.

Uning ilgari ham bir necha marta tegajog‘lik qilgani sud tomonidan tasdiqlangan. Bu voqea ortidan Buyuk Britaniyaning turli shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Norozilikchilar hukumatdan noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalarda joylashtirish amaliyotini bekor qilishni talab qildi. Aslida, boshpana so‘rovchilari maxsus markazlarda joylashtirilishi lozim, ammo mamlakatda bunday markazlar yetarli emasligi aniqlangan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 210 ta mehmonxonada 32 mingdan ortiq noqonuniy muhojir yashamoqda. “The Times” gazetasi yozishicha, ularni joylashtirish va ta’minlash soliq to‘lovchilarga yiliga taxminan 4 milliard funt sterlingga tushadi.

Hukumat bu tizimni isloh qilishni rejalashtirmoqda. Rejaga muvofiq, 2029-yilgacha muhojirlarni mehmonxonalarga joylashtirish amaliyoti to‘liq tugatiladi.

Shuningdek, qamoq tizimidagi xatoliklarni o‘rganish uchun ichki tekshiruv boshlandi. Shu bilan birga, yaqinda AQSHda ham shunga o‘xshash holat yuz berdi.

64 yoshli erkak 43 yil davomida nohaq qamoqda o‘tirganidan so‘ng ozod qilindi, ammo keyin yana hibsga olindi. Bu voqealar adliya tizimidagi kamchiliklar va inson xatosi oqibatlariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026