Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Turkiyada «layk» bosish nikohga xavf sifatida baholandi

Dunyo
96
Turkiyada «layk» bosish nikohga xavf sifatida baholandi
Turkiyada oilaviy nizolar bo‘yicha sud qarorlarida yangi davr boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning apellyatsiya palatasi yaqinda chiqargan qaror bu borada katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarning fotosuratlariga «layk» bosish nikoh barqarorligiga xavf tug‘diruvchi omil sifatida baholanishi mumkin.

Mazkur ish Qaysari shahrida bir oilaviy nizo bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan. Ayol sudga murojaat qilib, erining boshqa ayollar suratlariga «layk» bosishini hurmatsizlik va oilaviy ishonchni zaiflashtiruvchi omil sifatida ko‘rsatdi.

Shuningdek, u moliyaviy yordamning yo‘qligidan shikoyat qilib, 5 ming turk lirasi aliment va yarim million liradan ortiq moddiy zarar talab qildi. Er esa bu ayblovlarni rad etib, aksincha, xotinini otasiga nisbatan haqorat qilishda aybladi va uning o‘ta rashkchi ekanini ta’kidladi.

U ham 500 ming lira miqdorida ma’naviy zarar talab qildi. Sudning birinchi instansiyasi erni nikohning buzilishida «og‘ir aybdor» deb topdi va unga xotinga 40 ming lira moddiy zarar, 40 ming lira ma’naviy zarar va 750 lira aliment to‘lash majburiyatini yukladi.

Er bu qarordan norozi bo‘lib, apellyatsiyaga murojaat qildi. Biroq yuqori instansiya ham ayolning da’vosini qisman tasdiqladi.

Faqat kompensatsiya miqdorini 30 ming liraga qisqartirdi, aliment esa 1000 liragacha oshirildi. Sud qarorida ta’kidlanganidek, «layk» bosish o‘z-o‘zidan xiyonat hisoblanmasa-da, nikohdagi ishonchni zaiflashtiruvchi psixologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu qaror Turkiyada onlayn xatti-harakatlar — layk, izoh, repost kabi harakatlarning oilaviy munosabatlarga ta’sirini baholashda muhim omil sifatida qabul qilinishini anglatadi. Natijada bunday xatti-harakatlar moliyaviy oqibatlarga, jumladan, kompensatsiya va aliment miqdoriga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yuristlar fikricha, mazkur qaror kelgusida oilaviy nizolarning ko‘pchiligida onlayn faoliyatni asosiy dalil sifatida keltirish ehtimolini oshiradi. Raqamli izlar endi nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki huquqiy sohada ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu esa raqamli munosabat madaniyati va uning chegaralari haqida yangi bahslar boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026