Bugun
“Spartak”da omadsiz start va boshqaruvdagi muammolar
+37°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Munisa Rizayevadan qizlarga maslahat: Qanday erkaklardan uzoqroq turish kerak?

Foydali
126

Munisa Rizayevadan qizlarga maslahat: Qanday erkaklardan uzoqroq turish kerak?
Mashhur xonanda Munisa Rizayeva ayollar uchun muhim maslahatlar berib, qanday erkaklardan uzoqroq yurish kerakligini ta’kidladi. U videomurojaati orqali qizlarga nomunosib insonlar bilan munosabat o‘rnatmaslikni tavsiya qildi.


Hurmatsizlik va ayblashga moyil erkaklar

Video lavhalardan biriga ko‘ra, Munisa Rizayeva shunday erkaklardan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytdi: "Kechagi kun uchun kechir, lekin sen meni g‘azablantirding. Agar o‘zingni shunday tutmaganingda, hech narsa bo‘lmagan bo‘lardi!". Bunday iboralar munosabatda ayblashga moyil insonlar borligini ko‘rsatadi. Munisa bunday munosabatdan uzoqroq bo‘lishni maslahat beradi.

Xatosini tan olmaydiganlar

Rizayeva videoda: "Xatoyingni tushunmaguningcha sen bilan gaplashmayman" deb ta’kidlagan. Bu shunday erkaklar haqidaki, ular o‘z xatosini anglash va tan olish o‘rniga, munosabatdagi muammolarni rad etishga moyil bo‘ladi. Munisaga ko‘ra, bunday shaxslar bilan munosabatlar ayol kishining ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Psixologik bosim o‘tkazadiganlar

Boshqa bir lavhada u: "Boshimni qotirma, miyamni achitvording, to‘ydirding" deb aytadi. Bu insonlarning so‘zlari orqali munosabatda psixologik bosim o‘tkazishi va ayollarni hurmatsizlik bilan kamsitishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday munosabatdan ehtiyot bo‘lish kerak.

Hurmatli va munosib erkaklarni tanlash kerak

Munisa Rizayeva videoni "Qizlar, o‘zingiz uchun munosib erkaklarni tanlang" deb yakunladi. Bu, ayollar o‘zlarini hurmat qiladigan, sevib-asraydigan va munosabatda teng huquqlilikka amal qiladigan insonlarni tanlashi lozimligini bildiradi.

Munisa Rizayeva bu maslahatlari orqali ayollarni sog‘lom va baxtli munosabatlarga intilishga chorlaydi. Uning maslahatlari ko‘plab ayollarga kerakli yo‘nalish beradi deb ishoniladi.

[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Psixosomatika: qanday kasalliklar stressga olib kelishi mumkin?
Psixosomatika: qanday kasalliklar stressga olib kelishi mumkin?
Psixosomatika — bu inson ruhiy holati va jismoniy salomatlik oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni oʻrganuvchi soha. Bugungi kundagi ilmiy tadqiqotlar koʻrsatadiki, koʻplab kasalliklar nafaqat tashqi
Foydali 11:25, 16-01-2025
Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq koʻrilgan aktyor va aktrisalari
Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq koʻrilgan aktyor va aktrisalari
3 fevral kuni “Gremmi” mukofotining 67-marosimi boʻlib oʻtdi. An'anaga koʻra, bu mukofot musiqa sohasidagi yutuqlar uchun topshiriladi. Biroq mukofot allaqachon oʻz doirasini kengaytirib,
Madaniyat 21:48, 14-02-2025
Bitta qo‘shiq – butun bir hayotni o‘zgartirgan satrlar va qayta ochilgan qalb eshigi (video)
Bitta qo‘shiq – butun bir hayotni o‘zgartirgan satrlar va qayta ochilgan qalb eshigi (video)
Ozarbayjon san’atida o‘ziga xos ovoz, obraz va tuyg‘ular bilan tanilgan Roza Zergerli yaqinda Toshkent shahridagi "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida chiqish qilib, sahnadan ketishga qaror
Madaniyat 15:13, 24-04-2025
Pellegrini "out"da — “Roma” kapitani hal qiluvchi bahslarni o‘tkazib yuboradi
Pellegrini "out"da — “Roma” kapitani hal qiluvchi bahslarni o‘tkazib yuboradi
“Roma” jamoasi uchun YECHL yo‘llanmasi uchun kurash qizg‘in pallaga kirgan bir paytda, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri — sardor Lorenso Pellegrini mavsumni muddatidan oldin yakunlashiga
Sport 10:18, 10-05-2025
Sog‘lom nonushta tarkibida albatta bo‘lishi kerak bo‘lgan 3 muhim mahsulot
Sog‘lom nonushta tarkibida albatta bo‘lishi kerak bo‘lgan 3 muhim mahsulot
Har bir kunimiz qanday boshlanishi, kun davomidagi kayfiyatimiz va ishchanligimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Britaniyalik taniqli diyetolog Paula Martin sog‘lom hayot tarziga amal qilishni
Foydali 10:33, 6-05-2025