Bugun
Rifat Jemaletdinov Turkiya klubiga o‘tishi mumkin
+34°
ясно ветер 2.1 м/с, ЮЗ

Energiyasiz uyg‘onishning 5 sababi: ertalab charchoqdan qanday qutulish mumkin?

Foydali
45
Energiyasiz uyg‘onishning 5 sababi: ertalab charchoqdan qanday qutulish mumkin?
Ertalab uyg‘onish har kuni bir xil bo‘lmaydi. Ba’zan o‘zingizni yengil va tetik his qilgan holda turasiz, ba’zan esa hatto ko‘z ochish ham og‘irlik tug‘diradi. “Kecha yaxshi uxlagandim, nima uchun shunday bo‘ldi?”, degan savol ko‘pchilikka tanish. Mutaxassislar bu holatga sabablardan biri sifatida nono‘qat, oziqlanish va surunkali odatlarni ko‘rsatmoqda.

1. Nonushta o‘rnida qahva ichasiz
Ovqatga vaqt yo‘qmi? Ochlik hissi yo‘qmi? Qahva bilan kun boshlash ba’zida yengil ko‘rinishi mumkin, ammo bu to‘g‘ri qaror emas. Qahva bir necha daqiqaga energiya beradi, lekin uzoq davom etmaydi. Hech bo‘lmaganda bir bo‘lak proteinli yoki uglevodli nonushta tanovul qilish organizmni kun davomida barqaror energiya bilan ta’minlaydi.

2. Kaloriya sanog‘iga asoslangan ratsion tanlaysiz
Faqat kaloriyaga qarab ovqatlanish — xatoga olib kelishi mumkin. 1500 kkal yetarli bo‘lishi mumkin, ammo bu kaloriyalar nimadan olinyapti?
  • Foydali uglevodlar va oqsillardanmi;
  • Yoki faqat burger va chipsdanmi?

Birinchi holatda siz to‘yinasiz va kayfiyatingiz yaxshi bo‘ladi. Ikkinchi holatda esa — tanangizda energiya emas, og‘irlik hosil bo‘ladi.

3. “To‘g‘ri ovqatlanish” o‘zingizni jazolashga aylanadi
Grechka va quruq tovuq — juda foydali. Lekin agar siz har kuni mazasiz taomlarga majbur bo‘lsangiz, bu nafaqat psixologik charchoq, balki serotonin tanqisligiga ham olib keladi. Taomlar nafaqat foydali, balki mazali va ruhiy quvvat beruvchi bo‘lishi kerak.

4. Tun ovqatlari — tongdagi charchoq sababi
Mutaxassislar uxlashdan 3-4 soat oldin ovqatlanmaslikni tavsiya etishadi. Tunda oshqozon tinchlanmasa, butun organizm dam ololmaydi. Hamma uxlayotganda siz hazm qilishga “ishga tushgan” bo‘lasiz. Bu esa ertalabgi og‘ir uyg‘onishga sabab bo‘ladi.

5. Suv ichishni unutasiz
Suv — barcha hayotiy jarayonlarning asosidir. Qoida:
  • Ayollar uchun har 1 kg vaznga 31 ml suv;
  • Erkaklar uchun 35 ml suv;
  • Kun davomida teng taqsimlash.

Choy, qahva va boshqa ichimliklar bu normani to‘ldirmaydi. Eng muhim stakan esa — ertalab, uyg‘ongach ichilgan toza suvdir.

Ertalab qanday uyg‘onish — kechagi tanlovlaringizga bog‘liq
Har bir inson tetik va kayfiyatli uyg‘onishni xohlaydi. Bu uchun mo‘jiza kerak emas — to‘g‘ri taom, to‘g‘ri vaqt va to‘g‘ri suv bilan tanangizni muhabbat bilan boshqarish yetarli.

Kichik qadamlar bilan boshlang. 21 kun davomida sog‘lom odatlar shakllanadi. Sizni ertalab tetik kutib olishini xohlasangiz — bugun o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishni boshlang.

O‘xshash yangiliklar

Baxt gormoni: qanday mahsulotlar tarkibida serotonin miqdorini ko‘p?
Baxt gormoni: qanday mahsulotlar tarkibida serotonin miqdorini ko‘p?
Serotonin — baxt gormoni va yaxshi kayfiyatning asosiy homiysi. Stressli vaziyatlarda uning darajasi keskin pasayadi, bu esa xavotirni oshiradi, shuningdek, tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Foydali 01:19, 9-03-2025
AMD yangi protsessorlarini oshkor qildi
AMD yangi protsessorlarini oshkor qildi
AMD o‘zining kelajakdagi protsessorlari nomlarini oshkor qildi, deb pepelac.news xabar berdi. Kompaniyaning texnik ma'lumotlar portalida yangi arxitektura va modellar ro‘yxati ochiq bo‘lib
Texnologiya 17:09, 2-05-2025
Bill Geyts 200 milliard dollar boyligini xayriyaga sarflaydi
Bill Geyts 200 milliard dollar boyligini xayriyaga sarflaydi
Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri, dunyo miqyosidagi eng mashhur milliarderlardan bo‘lgan Bill Geyts o‘z hayotidagi eng ulkan va muhim qarorlardan birini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kelasi 20
Dunyo 21:53, 8-05-2025
Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Massachusets texnologiya instituti olimlari salbiy ruhdagi matn, foto va videolar inson ruhiy salomatligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
Texnologiya 14:24, 11-01-2025
MrBeast YouTubedan oyiga qancha daromad qiladi?
MrBeast YouTubedan oyiga qancha daromad qiladi?
Mashhur YouTuber MrBeast (Jimmi Donaldson) oyiga 4,2 million dollar daromad qilmoqda. Bu faqatgina YouTube reklamasi orqali olingan mablag‘ bo‘lib, bu summaga homiylik shartnomalari va brend
Iqtisodiyot 21:30, 24-02-2025