Bugun
O'zbekistonda banklar o'rtasida yangi A2A to'lov tizimi ishga tushdi
+22°
пасмурно ветер 1.3 м/с, ЮЗ

Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi

Iqtisodiyot
152

Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida investitsiya jalb qildi, deb kursiv.media xabar berdi.

Ayan Capital ekologik avtomobillar xaridi uchun halol moliyalashtirish xizmatini taklif etadi. Mablag‘ni komissiyasiz va avtomobil qayerdan sotib olinayotganiga bog‘liq bo‘lmagan holda bevosita olish mumkin.

Shuningdek, kompaniya yaqinda Ayan Pay loyihasini ishga tushirdi — bu dastur 12 oygacha uy ta’miri, avtomobil ta’miri va mebel xaridlari uchun foizsiz moliyalashtirish imkonini beradi.

Kompaniya moliyalashtirish hajmini 2,2 barobarga oshirdi va to‘lov kechikishlari kuzatilmagan. Jalb qilingan yangi mablag‘lar texnologiyalarni rivojlantirish, tez o‘sish va yirik maqsadlarga erishishga xizmat qiladi: 2025 yil oxirigacha £25 mln va 2026 yilgacha £100 mln moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Ayan Capital hammuassisi Abdullo Qurbonov quyidagilarni ta’kidladi:
“PFG jamoasining ishonchi va yordami uchun minnatdormiz. Bizning maqsadimiz — halol moliyani barcha uchun narx, texnologiya va xizmat sifati bo‘yicha ommaviy va qulay qilish. Halol moliyani tanlash xaridorga qo‘shimcha xarajat bo‘lib tushmasligi kerak. Yo‘l boshida bo‘lsak-da, biz ochiq, halol, raqobatbardosh va innovatsion moliyaviy tizim yaratishga qat’iy bel bog‘laganmiz.”

O‘xshash yangiliklar

yildan ko'chmas mulk va avtomobil savdosi faqat naqdsiz bo'ladi
yildan ko'chmas mulk va avtomobil savdosi faqat naqdsiz bo'ladi
O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtomobillar savdosi faqat naqdsiz to‘lov shaklida amalga oshiriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vaziri
Iqtisodiyot Bugun, 20:53
O'zbekistonga choy importi yanvar oyida ozgina pasaydi
O'zbekistonga choy importi yanvar oyida ozgina pasaydi
O‘zbekiston bozorida choyga bo‘lgan talab har doim ham yuqori darajada saqlanib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning
Iqtisodiyot Bugun, 12:37
Markaziy Bank oltin narxini qayta belgiladi
Markaziy Bank oltin narxini qayta belgiladi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 27 mart kuni o'lchovli oltin quymalarining rasmiy sotuv narxlari e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bugungi kunda bir gram
Iqtisodiyot Bugun, 11:48
Mart oyida dollar kursi o'n bir so'mga ko'tarildi
Mart oyida dollar kursi o'n bir so'mga ko'tarildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e'lon qilingan rasmiy valyuta kurslari asosida o'tkazilgan haftalik tahliliy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, 2026-yil mart
Iqtisodiyot Bugun, 10:40
Markaziy bank 2026 yil mart oyidagi yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
Markaziy bank 2026 yil mart oyidagi yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 30 mart kuni o'z kuchiga kiruvchi xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi rasmiy qiymatlarini e'lon qildi. Bu haqda
Iqtisodiyot Kecha, 16:57
Kelasi yil mart oyida dollar kursi yana oshadi
Kelasi yil mart oyida dollar kursi yana oshadi
O'zbekiston Respublikasi valyuta bozori so'nggi kunlarda jiddiy o'zgarishlarga uchrab, aholi va tadbirkorlar e'tiborini o'ziga qaratmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iqtisodiyot Kecha, 10:53