Bugun
Yoshlar uchun yashil tashabbuslar jamg‘armasi tashkil etildi
+16°
дымка ветер 4.1 м/с, В

Bosh vazir matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlardagi xitoyliklar bilan bog‘liq xabarlarga izoh berdi

Jamiyat
136
Bosh vazir matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlardagi xitoyliklar bilan bog‘liq xabarlarga izoh berdi
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xitoyliklar ko‘payib ketayotgani haqida turli xabarlarlar har xil ko‘rinishda talqin qilinmoqda. Baʼzi axborotlarda go‘yoki O‘zbekiston yerlari Xitoyga o‘tib ketayotgani haqida ham maʼlumotlar keltiriladi. Ana shu xabarlarni tarmoqlar orqali keng auditoriyaga tarqatayotganlar hatto mazkur jarayonda O‘zbekiston hukumatini harakatsizlikda va chorasizlikda ham ayblashmoqda.

Mazkur xabarlar yuzasidan hukumatning munosabatini bilish maqsadida Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov bilan bog‘landik va izoh oldik., deya xabar qiladi Platina.uz. Nashr so‘roviga javoban Bosh vazir matbuot kotibi bunga munosabat bildirdi.

“Hozir butun dunyoda investitsiyalarning ko‘chishi kuzatilmoqda. Prezidentimiz saʼy-harakatlari bilan O‘zbekistonda iqtisodiyot rivojlanyapti. Ochiq va pragmatik siyosat olib borilyapti. Mamlakatga ko‘plab sarmoyadorlar kirib kelmoqda. Albatta, bu rivojlanayotgan davlat uchun normal jarayon.

Qolaversa, mamlakatimizga nafaqat Xitoy, balki boshqa davlatlardan, masalan, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Malayziya kabilardan ham ko‘plab investorlar hamda tadbirkorlar kelib, faoliyat yuritmoqda.

Shu jumladan, o‘zbekistonlik tadbirkorlar yoki migrantlar turli davlatlarda, xususan, Xitoyda ham faoliyat yuritmoqda. Hozir dunyoning istalgan mamlakatida o‘zbek mahallalaridan tortib, o‘zbek tilida yozilgan nomlari magazin va milliy oshxonalarigacha topish mumkin.

Xitoy masalasiga kelsak, aholi soni bo‘yicha dunyoda yetakchi, hatto G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerikada katta diasporalar bor. Lekin hech kim ularning xavfi borligi to‘g‘risida gapirmaydi. Shunday ekan bu borada hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu huddiki markazlashgan holda uchinchi tomonning manfaati bilan boshqarilayotgan manipulyatsion kompaniyaga o‘xshaydi. Shuning uchun yurtdoshlarimizdan provokatorlarning turli manipulyatsiyalariga ishonmaslikni so‘raymiz.

Xitoy O‘zbekistonning tarixiy va yaqin hamkori hamda strategik sherigidir. U bizning hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizni hurmat qiladi hamda qatʼiy qo‘llab-quvvatlaydi. Hatto bu bo‘yicha alohida shartnoma ham imzolangan. Yaʼni, bundan vahima ko‘tarishga asos yo‘q.

Yana bir misol: O‘zbekistonda tahsil olayotgan talabalar orasida hindistonliklar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bugungi kunda, agar adashmasam, olti ming nafardan ziyod hindistonlik aynan O‘zbekiston OTMlarida tahsil olmoqda. Lekin bu degani O‘zbekistonni hindlar egallab oladi, degani emas-ku!

Qaytaraman, O‘zbekiston avvalgidek yopiq davlat emas. Odamlardan biroz toqatli bo‘lishni, turli xil yolg‘on yoki provokatsion axborotlarga uchmaslikni so‘raymiz”, dedi Bekzod Hidoyatov.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Air India samolyoti dvigatel klapanlari o‘chirilishi sabab qulagan
Air India samolyoti dvigatel klapanlari o‘chirilishi sabab qulagan
O‘tgan oy Hindistonda yuz bergan aviatsiya halokati bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea natijasida 260 kishi vafot etdi. Hindiston Fuqaro
Dunyo 10:14, 12-07-2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
2025 yilning 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida «Toshshahartransxizmat» AJ sobiq boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev va yana 20 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sudga jinoyat
Jamiyat 16:42, 28-03-2025
Air India samolyoti dvigatellari o‘chirilgani aniqlandi
Air India samolyoti dvigatellari o‘chirilgani aniqlandi
Air India aviakompaniyasining Ahmadoboddan Londonga parvoz qilgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir daqiqadan kam vaqt o‘tib halokatga uchradi. Bu haqida Zamin.uz xabar
Dunyo 09:46, 14-07-2025
Air India samolyotida yong‘in yuz berdi, yo‘lovchilar xavfsiz
Air India samolyotida yong‘in yuz berdi, yo‘lovchilar xavfsiz
Gonkongdan Nyu-Dehliga amalga oshirilgan Air India aviaqatnovi xavfli holat bilan yakunlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Airbus A321 samolyoti Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi xalqaro
Dunyo 01:30, 24-07-2025
19 yoshli yigit xavfli trend uchun hibsga olindi
19 yoshli yigit xavfli trend uchun hibsga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda ilgari keng tarqalgan va keng jamoatchilik e’tiborini tortgan noodatiy video paydo bo‘ldi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Unda bir o‘smir piyodalar o‘tish belgisiga o‘zi
Jamiyat 07:33, 26-07-2025