Bugun
Italiyada jamoat joylarida burqa taqiqi taklif qilindi
+15°
дымка ветер 2.1 м/с, СВ

Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topildi

Jamiyat
139
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topildi
Chirchiq shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chirchiq shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.P. fuqaro B.R.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud 18 turdagi 7 129 dona dori vositalarini 5 050 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davom ettirilib, A.P.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerda turli nomdagi 19 974 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, jami 27 103 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona
Jamiyat 08:57, 6-05-2025
Farg‘onada psixotrop dorilar savdosi to‘xtatildi
Farg‘onada psixotrop dorilar savdosi to‘xtatildi
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatida psixotrop dorilarni noqonuniy savdo qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. 2024 yil 28 iyul kuni
Jamiyat 12:30, 31-07-2025
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
19 mart kuni “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori imzolandi. Tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish
Iqtisodiyot 19:51, 27-03-2025
Muqaddam sudlangan sobiq bank xodimi qo‘lga olindi
Muqaddam sudlangan sobiq bank xodimi qo‘lga olindi
Foto: Prokuratura departamenti. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazilgan. Unda sobiq bank xodimi N.A.
Jamiyat 11:33, 28-02-2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi
IIV ma’lum qilishicha, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 1971 yilda hamda 1994 yilda tug‘ilgan shaxslar Sirdaryo tumanidan o‘tgan yo‘l chetida, dala maydonidagi
Jamiyat 11:28, 9-05-2025