Bugun
Flik: Rafinyani kartochka sababli almashtirdik
+22°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

Jamiyat
122
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi qush bozorida 1000 dan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

Qayd etilishicha, tabiatdan noqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi qushlar va hayvonlarning noqonuniy sotilishi holatlarini o‘rganish maqsadida Toshkent shahri prokuraturasi, IIB, Milliy gvardiya va Ekologiya boshqarmasi qo‘shma nazorat tadbiri o‘tkazgan.


Unda 1168 dona, xususan, 935 dona chumchuqsimonlar oilasiga, 33 dona maynasimonlar oilasiga, 200 dona to‘rg‘aysimonlar oilasiga va 3 dona qirg‘iysimonlar oilasiga mansub qush, shuningdek, 35 dona cho‘l toshbaqasi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan.

Qushlar bozordagi sotuvchilardan daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan va o‘zlari uchun yashashga qulay muhitga qo‘yib yuborilgan.

Cho‘l toshbaqalari vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga, 3 dona qirg‘iysimonlar oilasiga mansub qush esa vaqtincha Yovvoyi qushlarni himoya qilish jamiyatiga topshirilgan.

Ular tibbiy nazorat va parvarishdan so‘ng tabiatga qo‘yib yuboriladi, deyiladi xabarda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Toshkentda to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi
Toshkentda to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahri va viloyati hududida yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlash bilan bog‘liq
Jamiyat 21:45, 5-05-2025
Toshkentda yovvoyi hayvonga yordam ko‘rsatilmadi
Toshkentda yovvoyi hayvonga yordam ko‘rsatilmadi
O‘zbekiston poytaxtida yuz bergan voqea shahar muhitida qolgan yovvoyi hayvonlarga yordam ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmaning yetishmasligini ko‘rsatdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Jamiyat 14:24, 23-08-2025
Ogoy orolidagi yovvoyi tulki tabiatga qaytarildi
Ogoy orolidagi yovvoyi tulki tabiatga qaytarildi
Rossiyadagi Baykal ko‘lida joylashgan Ogoy orolida yashab qolgan yovvoyi tulki tabiatga qaytarildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea insonlar va tabiat muhofazasi o‘rtasidagi mustahkam
Dunyo 16:07, 4-08-2025
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025 yilning birinchi yetti oyida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Jamiyat 01:27, 11-08-2025