Bugun
Zoomga yangi sun’iy intellekt funksiyalari qo‘shildi
+18°
ясно ветер 3.1 м/с, СВ

Namanganda mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi

Jamiyat
113
Namanganda mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi
Foto: Videodan kadr
2 aprel kuni Namangan viloyati, Davlatobod tumanida Porloq mahallasida maktab o‘quvchisi tomonidan boshqarilayotgan Nexia-3 avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, yuk avtomobili bilan to‘qnashdi.

Namangan viloyati IIB YHXB videolavhasida avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashgani va yuk mashinasi uni bir necha metrga sudragani ko‘rinadi.

To‘qnashuv oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi bo‘lgan maktab o‘quvchilari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birida bosh miyasi va jag‘ suyagi sinishi, boldir suyaklari sinishi ham kuzatilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, maktab o‘quvchilariga mashinani ijaraga bergan fuqaroning o‘zi ham avtomobilni ijaraga olgan bo‘lgan. Uning o‘zi o‘quvchilardan ijara uchun 150 ming so‘m olgan, o‘rtada vositachi bo‘lgan 11-sinf o‘quvchisi esa 70 ming so‘m olgan. Avtomobilni ijaraga bergan yigitning otasi va yuk mashinasi haydovchisi jamoatchilikka murojaat qilib, yosh bolalarning rulga o‘tirishiga ruxsat bermaslikni so‘ragan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Yangi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Nexia va Spark qachon Yevro-2 standartlariga mos keladi?
Yangi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Nexia va Spark qachon Yevro-2 standartlariga mos keladi?
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning aksariyati Yevro-2 emissiya standartlariga javob beradi, biroq xaridor avtomobilni katalitik konvertor bilan jihozlash uchun qo‘shimcha pul to‘lashi
Avto 22:52, 6-03-2025
Metan shaxobchasida qo‘rqinchli portlash: Nexia portlab ketdi, qurbon bor
Metan shaxobchasida qo‘rqinchli portlash: Nexia portlab ketdi, qurbon bor
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan metan-gaz to‘ldirish shoxobchasida yuraklarni titratuvchi voqea ro‘y berdi. 2025 yil 28 iyun kuni, soat taxminan 7:15 lar atrofida Nexia
Oʻzbekiston 13:38, 28-06-2025
Quvasoyda Nexia daraxtga urilib, 1 kishi halok bo‘ldi
Quvasoyda Nexia daraxtga urilib, 1 kishi halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida 23 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘lib, yana biri jarohatlandi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Viloyat Yo‘l harakati
Jamiyat 21:34, 24-07-2025
Toshkentda BYD va Nexia to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
Toshkentda BYD va Nexia to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
2025 yil 16 avgust kuni soat 22:15 da Maxtumquli ko‘chasida BYD va Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Bu haqda Toshkent shahar
Jamiyat 17:14, 17-08-2025
Chilonzorda skuter va Nexia to‘qnashuvi yuz berdi
Chilonzorda skuter va Nexia to‘qnashuvi yuz berdi
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 26 avgust kuni soat taxminan 20:30 da Chilonzor tumani Seul ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi
Jamiyat 13:34, 27-08-2025