Bugun
Qoramurtda rashk sabab oilaviy qotillik yuz berdi
+25°
ясно ветер 5.1 м/с, ЮЗ

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga ishga olinadi

Jamiyat
117
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga ishga olinadi
Foto: dunyo.info
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi qurilish va baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya Edelweiss MCHJ bosh direktori Lyudmila Bezzubkina muzokara o‘tkazdi.

Lyudmila Bezzubkina kompaniya tomonidan bugungi kunga qadar qurilib foydalanishga topshirilgan 10 dan ortiq turar-joy va biznes markazlari hamda hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan turar joy komplekslari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, kompaniyaning Kamchatka o‘lkasidagi baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik zavodi faoliyati tanishtirildi.

"Bugungi kunda bir nechta xorijiy davlatlarga baliq va dengiz mahsulotlarini eksport qilib kelyapmiz. Kompaniya O‘zbekistonga baliq va dengiz mahsulotlarini eksport qilgan holda mamlakatingizdan maishiy texnika, tekstil, gilam, meva-sabzavot, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlarni Primorsk o‘lkasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. Ushbu yo‘nalishda o‘zbek hamkorlar bilan birgalikda ishlash ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi", dedi u.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, kompaniyaga tegishli baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodga O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga tayyorligini va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuv so‘ngida kompaniya vakillarining mehnat migratsiyasi va iqtisodiy sohalardagi yangi loyihalarni kelishish uchun O‘zbekistonga biznes-missiyasini uyushtirishga kelishib olindi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Isroil kompaniyasi Toshkentda gemmologiya markazi ochdi
Isroil kompaniyasi Toshkentda gemmologiya markazi ochdi
Yurtimizda investitsiya muhiti va soha rivoji uchun muhim qadam tashlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Isroilning nufuzli GCI Gemological Centers Ltd. kompaniyasi va O‘zbekistondagi Expert One
Oʻzbekiston 15:27, 5-08-2025
Kamchatka vulqoni 500 yildan keyin otilib, kul tarqadi
Kamchatka vulqoni 500 yildan keyin otilib, kul tarqadi
Rossiyaning uzoq sharqida, Kamchatka yarimorolidagi vulqon 500 yildan so‘ng ilk bor otildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu otilish natijasida osmon tomon olti kilometr balandlikka kul
Dunyo 17:55, 3-08-2025
Said Abdulla-xon Krivoy Rogda oddiy ishchi bo‘ldi
Said Abdulla-xon Krivoy Rogda oddiy ishchi bo‘ldi
Said Abdulla-xon, Xiva xonligining so‘nggi hukmdori, o‘z hayotini saroy va hokimiyatdan uzoqda yakunladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Uning taqdiri hayotning qanchalik keskin o‘zgarishi
Madaniyat 04:51, 8-07-2025
Kamchatkada 8,8 magnitudali zilzila yuz berdi
Kamchatkada 8,8 magnitudali zilzila yuz berdi
2025-yil 30-iyul kuni Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Kamchatka yarimoroli yaqinida kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Magnitudasi 8,8 bo‘lgan ushbu tabiiy ofat natijasida bir
Dunyo 09:55, 30-07-2025
General Ivan Popov Zaporijjyada orden bilan taqdirlandi
General Ivan Popov Zaporijjyada orden bilan taqdirlandi
Rossiya Qurolli Kuchlari 58-armiyasining sobiq qo‘mondoni, general Ivan Popov yangi mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Unga Zaporijjya viloyatining Rossiya nazoratidagi
Dunyo 16:18, 25-07-2025