Sergey Bobilev / Sputnik / RIA Novosti / Profimedia
Andijon shahrida taksichilik qiluvchi shaxs Rossiya fuqarosi bilan til biriktirib, o‘zbekistonliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan. U har bir yollangan shaxs uchun 1000 dollargacha olishga kelishgan. So‘ngra mashinasiga chiqqan yo‘lovchilarga agar urushga borsa katta miqdorda pul to‘lanishi hamda turli imtiyozlarga ega bo‘lishini aytib, ularni qiziqtirgan. Taksichi yollangan fuqaroni Rossiyaga jo‘natayotganda aeroportda tezkor tadbirda ushlangan.
Andijon shahrida yashovchi shaxs O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya-Ukraina urushiga yollashga urinib kelgani ma’lum bo‘ldi. Sud hukmi bilan u jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Furqatbek Hasanov taksichilik faoliyati bilan shug‘ullangan. U rossiyalik “Dmitriy Robertovich” ismli shaxs bilan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya-Ukraina urushiga yollash bo‘yicha jinoiy til biriktirgan. Furqatbek Hasanov urushga yollangan har bir o‘zbekistonlik uchun 1000 dollar olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Shundan so‘ng, taksi haydovchisi 2024 yilning iyul oyida O‘zbekiston fuqarolari F.N., J.I., B.J., tergov va sudda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan «Shaxzod» va «Shukrullo» ismli shaxslar va boshqalarni yollashga uringan. Furqatbek Hasanov mashinasiga yo‘lovchi sifatida mingan odamlarga Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlarda Rossiya tomonidan ishtirok etishsa katta miqdorda pul, Rossiya davlati fuqaroligi hamda ko‘plab imtiyozlar berilishini aytgan.
Aksariyat fuqarolar taksichining “shirin va’dalari”ga uchmagan bo‘lsa-da, bunga qiziqish bildirgani ham topilgan. Jumladan, Furqatbek Hasanov fuqaro F.O.ni yollab, chipta olib bergan holda uni Rossiyaga jo‘natib yubormoqchi bo‘lganida Farg‘ona xalqaro aeroportida ushlangan.
Furqatbek Hasanov sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan.
“2010 yilda Rossiyaga borib, tish yuvish pastasi ishlab chiqaruvchi zavodda ishladim. Zavod rahbari Dmitriy Robertovich bilan yaqindan tanishib qoldim. 2023 yil dekabr oyi o‘rtalarida Dmitriy Robertovich WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya va Ukraina o‘rtasida qurollari to‘qnashuvlar bo‘lgan hududlarga borib non yopishni yoki qurilish ishlarida ishlash mumkinligini ma’lum qildi. Unga Rossiyaga borishga deportatsiyam borligini, boshqa O‘zbekiston fuqarolarini topib, ularni ishga jalb qilish mumkinligini aytdim.
Mashinamga yo‘lovchi bo‘lib chiqqan va chet davlatlarda ishlash niyati bor shaxslarga Dmitriy tomonidan va’da qilingan ish va takliflarni aytib, bir nechta shaxslar bilan telefon raqamimni almashdim. Ularga Rossiyada yaxshi ish borligini, hech qanday xarajati yo‘qligini, Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush bo‘lib o‘tgan joylarda tozalov, atrofni qo‘riqlash ishlari bo‘lishini, harbiy kiyim, qurol va ofitser unvoni taqdim etilishini, 6 oyga shartnoma tuzilishini, oyiga 2500-3000 dollar oylik hamda turli imtiyozlar berilishini, xususan, Rossiya fuqaroligini olishlari ham mumkinligini aytdim.
Dmitriy Robertovich har bir yuborgan odamim uchun 400 dollardan 1000 dollargacha pul to‘lanishi haqida vada qildi”, degan Furqatbek Hasanov o‘z ko‘rsatmasida.
Taksichi qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, ushbu harakatlari jinoyat ekanini tushunmaganini bildirib, suddan yengillik so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tumani sudining hukmi bilan Furqatbek Hasanov Jinoyat kodeksining 25,154-moddasi 2-qismi, 154-moddasi 2-qismi (yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, xuddi shuningdek, undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish) bilan aybli deb topilgan. Unga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
O‘xshash yangiliklar

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari