Bugun
Jared Kushner G‘azo tinchligi ortida tijoriy manfaatlar bor
+21°
облачно с прояснениями ветер 2.1 м/с, ЮЗ

O'zbekiston harbiylari Moskvadagi G'alaba paradida qatnashdi

Jamiyat
74
O'zbekiston harbiylari Moskvadagi G'alaba paradida qatnashdi
2025 yil 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda bo'lib o'tgan G'alaba paradida O'zbekiston harbiylari ishtirok etishdi, deb Kursiv xabar berdi.

Paradga Belarus, Qozog'iston, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Vyetnam, Xitoy, Misr, Laos, Mongoliya va Myanma harbiylari ham qatnashdi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev paradni tribuna orqali kuzatdi. Paraddan so'ng, u Aleksandr bog'ida Noma'lum askar qabri oldiga gul qo'ydi va halok bo'lganlarni xotirlab, bir daqiqa sukut saqladi.

Shu kuni Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va boshqa dunyo yetakchilari bilan uchrashdi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar