Fransis Fukuyama AQSh siyosatini xavfli deb baholadi
Mashhur amerikalik siyosatshunos, “Tarixning oxiri” nazariyasi muallifi Fransis Fukuyama Amerika Qo‘shma Shtatlarining hozirgi siyosiy yo‘nalishiga tanqidiy qaradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Uning fikricha, ba’zan siyosiy qarorlar o‘ylanmagan va xavfli bo‘lib qolmoqda. Siyosatshunos bu holatni o‘ziga xos misol bilan ifodaladi.
U shunday dedi: “Qo‘shma Shtatlar go‘yo o‘n yoshli bola tomonidan boshqarilayotgandek. U hovlisida zajigalka topib, atrofdagi narsalarni yoqib yuborishdan zavq olgandek ko‘rinadi.
Bunday vaziyatda uni kimdir to‘xtatishi kerak.” Mutaxassisning ta’kidlashicha, bunday siyosiy yondashuv xalqaro munosabatlarda keskinlikni oshirishi va turli mojarolarning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, global siyosat sahnasida katta ta’sirga ega davlatning bunday harakatlari butun dunyo xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Fransis Fukuyama xalqaro maydonda mas’uliyatli va o‘ylangan qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi. Aks holda, bunday siyosat nafaqat mintaqaviy, balki global muammolarga ham olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Uning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ba’zi foydalanuvchilar uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar esa bu taqqoslashni keskin va bahsli deb hisoblamoqda.
Shu bois, siyosiy masalalarda ehtiyotkorlik va mas’uliyat talab qilinadi.