Bugun
Britaniyada sun’iy intellektli yurak stetoskopi yaratildi
+31°
ясно ветер 2.1 м/с, СЗ

«Ishonchli odam» niqobidagi firibgar qo‘lga tushdi

Jamiyat
40
«Ishonchli odam» niqobidagi firibgar qo‘lga tushdi
Jizzax shahrida xorijda ishlashni orzu qilgan fuqaroni aldab, yirik miqdorda pulni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbir davomida, avval sudlangan fuqaro N.B. qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, u o‘zini “ishonchli odam” sifatida tanishtirib, fuqaro Sh.K.ga “Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘nataman” deb va’da bergan. Chet elda yuqori daromadli ishni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan fuqaro unga ishonib, 11 200 AQSH dollari va 50 million so‘mga yaqin pul mablag‘ini topshirgan.

Ammo shubhali holatni fosh etish maqsadida tashkil etilgan tezkor tadbir vaqtida, N.B. aynan shu pullarni olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari boshlab yuborildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni bunday holatlarda hushyor bo‘lishga, hech qanday rasmiy kafolatsiz va ishonchsiz shaxslarga katta miqdorda pul bermaslikka chaqiradi.

Siz bu masala yuzasidan nima deb o‘ylaysiz? Qanday choralar samarali bo‘lishi mumkin?

O‘xshash yangiliklar

Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
2024 yilda global miqyosdagi avtomobillar sotuvi 88,2 million donani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. Xo‘sh, o‘tgan yili avtomobil sanoatida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? LMC
Avto 17:57, 23-03-2025
General Ivan Popov Zaporijjyada orden bilan taqdirlandi
General Ivan Popov Zaporijjyada orden bilan taqdirlandi
Rossiya Qurolli Kuchlari 58-armiyasining sobiq qo‘mondoni, general Ivan Popov yangi mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Unga Zaporijjya viloyatining Rossiya nazoratidagi
Dunyo 16:18, 25-07-2025
Job Bellingem “Borussiya Dortmund”ga yo‘l oladimi?
Job Bellingem “Borussiya Dortmund”ga yo‘l oladimi?
Angliyaning “Sanderlend” klubida to‘p surib kelayotgan yosh iqtidor egasi Job Bellingem transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Germaniyaning yetakchi klublaridan biri — “Borussiya Dortmund”
Sport 13:23, 21-05-2025
19:52
Britaniyada sun’iy intellektli yurak stetoskopi yaratildi
19:47
Kroos Isak transferini 144 millionga baholadi