Bugun
Can Yaman xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi
+25°
ясно ветер 3.1 м/с, З

O‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etilgan xorijiy so‘zlar

Jamiyat
108
O‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etilgan xorijiy so‘zlar
O‘zbekiston Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan 30 ta xorijiy so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Institut quyidagilar taklif qildi:
- Aysberg - Muztog‘
- Bruschatka - Yo‘lg‘isht
- Diskussiya - Bahs, munozara
- Zona - Hudud
- Instrument - Ish quroli
- Intensiv - Jadal
- Kamera - Bo‘lma
- Konstruksiya - Tuzilma
- Koordinator - Muvofiqlashtiruvchi
- Koridor - Yo‘lak
- Lider - Yo‘lboshchi, yetakchi
- Marshrut - Yo‘nalish
- Progress - Ilg‘or, rivojlanish
- Dostavka - Yetkazish
- Probeg - Yurim
- Set (ovqatlar seti bo‘yicha) - To‘plam
- Oprava - Ko‘zoynak bandi
- Polik - To‘shama
- Balansirovka - Muvozanatlashtirish
- Vnedorojnik - Yo‘ltanlamas
- Chelenj - Chorlov
- Navigator - Yo‘llagich
- Selfi - O‘zchekim
- Svetofor - Yo‘lchiroq
- Ekspluatatsiya - Foydalanish
- Aksiya - Yalpi harakat
- Kuler - Suvlik
- Keshbek - Hadya-qaytim
- Poverbank - Kuchlantirgich
- Karving - Meva bezakchiligi

«Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ko‘rib chiqadi. Tilimizga befarq bo‘lmang!», deyiladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabarida.

Taklif etilgan so‘zlar bo‘yicha har kim o‘z fikri va boshqa muqobilini quyidagi sahifada qoldirishi mumkin.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Yandex ilovalarida svetoforlar real vaqt rejimida ko‘rinadi
Yandex ilovalarida svetoforlar real vaqt rejimida ko‘rinadi
Navigatsiya ilovalarida svetofor chiroqlari endi real vaqt rejimida ko‘rinadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Yandex kompaniyasining mahalliy jamoasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ushbu
Oʻzbekiston 10:36, 23-07-2025
Toshkentda ko‘zi ojizlar uchun yo‘lboshchi itlar tayyorlanmoqda
Toshkentda ko‘zi ojizlar uchun yo‘lboshchi itlar tayyorlanmoqda
Toshkent shahrida aholining hayotini yengillashtirish va ularning harakatlanishini xavfsiz qilish maqsadida noyob loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston 21:00, 25-08-2025
O'zbekistonda avtomobillar arzonlashishi davom etmoqda
O'zbekistonda avtomobillar arzonlashishi davom etmoqda
2025 yil mart oyida O'zbekistonda ikkinchi qo'l avtomobillar bozorida narxlar pasaygan, deb NOVA24 xabar berdi. IMRI tahlillariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan hamda lyuks toifasidagi
Avto 20:16, 22-04-2025
Payme 12 avgustdan keshbek tizimini joriy qiladi
Payme 12 avgustdan keshbek tizimini joriy qiladi
Payme xizmati kundalik to‘lovlarni nafaqat qulay, balki foydali qilish maqsadida rivojlantirilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Kompaniya foydalanuvchilarning fikrlarini diqqat bilan tinglaydi va
Jamiyat 19:45, 28-07-2025
2024-yilda iste’molchilarga qancha keshbek to‘lab berildi?
2024-yilda iste’molchilarga qancha keshbek to‘lab berildi?
O‘zbekistonda 2024-yil 4-fevral holatiga iste’molchilarga 1 milliard chek uchun 1 trillion so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Hududlar bo‘yicha
Iqtisodiyot 08:37, 21-02-2025