Bugun
Disneylendda yurak xurujidan ayol vafot etdi
+14°
дымка ветер 3.1 м/с, СВ

Shavkat Mirziyoyev Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olinganini aytdi

Jamiyat
121

Shavkat Mirziyoyev Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olinganini aytdi
Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun ishdan olingan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida aytib o‘tdi.

«Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, aholiga yer berish jarayonida fuqarolar hokim va o‘nga yaqin idoralar o‘rtasida sarson bo‘lib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “o‘chog‘i”ga aylangan edi.

Yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechilib, auksion tizimiga o‘tilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘ldi.

Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yo‘nalishda ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda.

Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obyektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta obyekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4 yilda 3,6 trillion so‘m budjet mablag‘i tejaldi.

Lekin qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

2025 yil fevral oyi oxirida Abdulla Qo‘ldoshev FVV rahbari lavozimini tark etdi. U 2018 yildan favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida amalda vazirlik rahbari hisoblangan, 2022 yil martida rasman vazir lavozimiga tasdiqlangandi. Uning o‘rnini harbiy prokuror Botir Qudratxo‘jayev egalladi.

4 mart kuni esa yangi vazirga o‘rinbosarlar tayinlandi: Xurshid Sotiyev FV profilaktikasi bo‘yicha, Nuriddin Qodirov kadrlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimlarida ish boshlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofaza ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozircha bo‘sh qolmoqda. Bu lavozimda 2018 yil avgustidan buyon Shuhrat Jo‘rayev ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, 2023 yil mayida favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Xurshid Aliboyev endi o‘rinbosarlar ro‘yxatida yo‘q. Vazirlikning oldingi rahbariyatidan faqat bir kishi – 2023 yil mayidan buyon FVV rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sanjar Zuparov qolgan.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Joriy yilning 27 aprel sanasida Toshkent shahrida ko‘cha futboli bo‘yicha o‘ziga xos va qiziqarli formatda o‘tkazilgan Red Bull Four 2 Score xalqaro turnirining milliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sport 15:28, 28-04-2025
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Britaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Land Rover o‘zining eng afsonaviy modellaridan biri — Defender'ning modernizatsiya qilingan versiyasini rasman namoyish qildi. Yangi
Avto 12:48, 30-05-2025
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi, 16 avgust kuni aeroportda jami 37 ta reys amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nab ketish soati 06:45 da boshlanib, oxirgi parvoz esa 23:50 da amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston 07:03, 16-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
18 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha 37 jo‘natish va 40 kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 01:10 da boshlanib, oxirgi samolyot 23:20 da havoga
Oʻzbekiston 00:10, 18-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 19 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 19 avgust
Bugungi kunda aeroportlardan jami 36 ta reys jo‘natilishi belgilangan bo‘lib, eng erta parvoz soat 06:40 da amalga oshadi. Oxirgi samolyot esa kechki 23:50 da uchib ketishi rejalashtirilgan, deb
Oʻzbekiston 06:46, 19-08-2025