Bugun
OpenAI Sora loyihasini past talab va yuqori xarajatlar tufayli to'xtatdi
+20°
пасмурно ветер 0.3 м/с, З

“Muhtasham yuz yil” serialida koʻtarilgan uchta muhim mavzu...

Madaniyat
158

“Muhtasham yuz yil” serialida koʻtarilgan uchta muhim mavzu...
Foto: Kinoafisha.net
Bir qarashda “Muhtasham yuz yil” seriali Usmonlilar imperiyasining tarixi, sulton Sulaymon davrida boʻlib oʻtgan voqealar fonida tasvirlangan sevgi hikoyasidek koʻrinadi. Ammo serialda zamonaviy voqelikka ham mansub boʻlgan bir nechta muammolar, jumladan, ijtimoiy deprivatsiya, jamiyatda ayollarning oʻrni yoʻqligi kabi mavzular koʻtarilgan, deb yozadi Daryo nashri.

Ijtimoiy deprivatsiya

Foto: Kinoafisha.net
Bu tushuncha insonning jamiyat bilan toʻlaqonli aloqada boʻlish imkoniyatining cheklanishini yoki yoʻqligini anglatadi. Ijtimoiy deprivatsiya natijasida inson psixologik, hissiy yoki iqtisodiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Sulton haramidagi barcha qizlar juda yosh vaqtida oʻz ona vatanidan, oilasidan, doʻstlaridan majburan ajratib qoʻyilgan. Xurram, Nurbonu, Koʻsem va boshqa minglab saralab olingan ayollar boshqa hech qachon uyiga qaytmasliklarini bilgani uchun ham kuchli psixologik jarohatni boshdan kechirishgan.

Patriarxal jamiyatda ayollarning oʻrni

Foto: Kinoafisha.net
Usmonlilar imperiyasida ayollarga berilgan bir nechta imtiyozlarga qaramay, ular erkaklarga qaraganda kamroq qadrlangan. Bunday jamiyatda ayollar uchun asosiy xavf shaxsiy erkinlikning yoʻqligi boʻlgan. Erkaklar ayollar oʻrniga qaror qabul qilishgan va ularga hech qachon tanlovni oʻz qoʻliga topshirmagan. Avval ota-ona qizining taqdirini hal qilsa, keyin bu huquq erlarga oʻtgan.

Foto: Kinoafisha.net
Usmonlilar davridagi ayollar mustaqil hayot kechirishni hatto orzu ham qila olmagan. Ular passiv boʻlishga, doim boʻysunishga mahkum boʻlgan. Bunga qashi chiqqan xotin-qizlarning taqdiri ayanchli tugagan. Ushbu jamiyatda omon qolish uchun ayollar shunchaki oqimga qarshi suzmaslikni oʻrgangan.

Ayollar bunday jamiyatdagi mavqeyini koʻtarishi qiyin boʻlgan. Hatto davlat boshqaruvi ayol kishi qoʻliga oʻtsa ham, qizlarning mamlakatdagi qadr-qimmati oʻzgarishsiz qolgan.

Salbiy muhit

Foto: Kinoafisha.net
Haramdagi ayollarning bir-biriga boʻlgan hasadi va nafratini qanchalik katta falokatga olib kelishiga yaqqol misoldir. Xurram sulton uchun munosib rafiqa va musulmon ona boʻlishga harakat qilgan bir paytda uning qaynonasi Volida sulton Xurramni yoʻq qilish uchun bor kuchini ishga soldi. Yoshi katta ayol kelini bilan umumiy til topish oʻrniga, u bilan urush qilishni afzal koʻrdi. Ilgari oʻzining qadr-qimmati va donoligi bilan tanilgan Volida sultonning Xurram bilan bir dasturxonga oʻtirishdan bosh tortishi xuddi oʻsmir qizning injiqliklariga oʻxshar edi.

O‘xshash yangiliklar

Afruz guruhi yigirma uch yillik faoliyatini yakunlab tarqaldi
Afruz guruhi yigirma uch yillik faoliyatini yakunlab tarqaldi
O'zbek estrada san'atining yorqun namoyandasi hisoblanadigan Afruz guruhi o'zining uzoq yillik va samimiy faoliyatini yakunlab, muxlislarga xushxabar bilan murojaat qildi. Bu haqda
Madaniyat Kecha, 21:45
Yulduz Rajabova turmush hayoti va ijodiy faoliyatini ochib berdi
Yulduz Rajabova turmush hayoti va ijodiy faoliyatini ochib berdi
Yaqinda turmushga chiqqan aktrisa Yulduz Rajabova shaxsiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida berilgan savollarga samimiy javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist aktrisadan shunday
Madaniyat Kecha, 13:44
O'zbekiston xalq artisti Olimjon Toshkenboyev 81 yoshida vafot etdi
O'zbekiston xalq artisti Olimjon Toshkenboyev 81 yoshida vafot etdi
O'zbekiston xalq artisti va milliy sirk san'atining buyuk ustalaridan biri Olimjon Toshkenboyev 81 yoshida dunyodan o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu xabar Madaniyat
Madaniyat Kecha, 13:42
Yulduz Rajabova oilaviy hayot va ijodiy salohiyatni uyg'unlashtirmoqda
Yulduz Rajabova oilaviy hayot va ijodiy salohiyatni uyg'unlashtirmoqda
Yaqinda sevgilisi bilan nikoh bandini imzolab, oilaviy hayotga qadam qo'ygan shoira va aktrisa Yulduz Rajabova hozirda o'zbek muxlislari e'tiborining markazida turibdi. Bu haqda
Madaniyat Kecha, 12:10
Shohruhxon va Asalning dueti bir kechada yozilgan
Shohruhxon va Asalning dueti bir kechada yozilgan
Mashhur xonanda Shohruhxon o'zining muhabbatli va jo'shqin dueti uchun tanlangan hamkorini, ya'ni rafiqasi Asal Shodiyevani tanlaganidan so'ng, bu ijodiy ishlarning qanday
Madaniyat Kecha, 11:40
Emre Kivilchim va Yulduz Rajabova shirin to'yga tayyorlanmoqda
Emre Kivilchim va Yulduz Rajabova shirin to'yga tayyorlanmoqda
Kecha Toshkentda Tamerlan haqidagi Fath etuvchining yuksalishi nomli hashamatli filmining premerasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu muhim
Madaniyat Kecha, 11:36