Bugun
Istanbul boks turnirida O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'ldi
+17°
пасмурно ветер 0.1 м/с, В

Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlandi

Madaniyat
142

Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlandi
Foto: Dunyo
Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi va sozanda Mashu Komazaki "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlandi.

Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, yurt boy madaniy merosi, xususan milliy musiqasi va kuylarini kunchiqar mamlakatda keng targʻib qilish maqsadida mamlakat elchixona tomonidan Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mamlakat elchixonasi tomonidan Mashu Komazakini Yaponiyadagi "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlashga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda elchi Muhsinxoʻja Abdurahmonov Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, yapon jamoatchiligini yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Komazaki Mashuga "Oʻzbek madaniyati elchisi" koʻkrak nishoni va sertifikati tantanali ravishda topshirdi.

Elchi "Oʻzbek madaniyati elchisi" degan maqom birinchi boʻlib Yaponiya fuqarosiga berilgani, albatta Oʻzbekiston hukumati tomonidan Yaponiya bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e'tiborning tasdigʻi ekanligini ta'kidladi. Ushbu yuksak maqom Komazaki Mashuga Yaponiyada Oʻzbekiston madaniyati va san'atini yanada targʻib qilishida keng imkoniyatlar ochilishi qayd etildi.

Mashu Komazaki bunday sharafli maqomni xorijiy fuqarolar orasida birinchi boʻlib olganidan benihoya baxtli ekanligini bildirib, yuksak ishonch uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

Mashu Komazaki Tokio shahrida tugʻilgan. 2010 yilda Tokio musiqa universiteti fortepiano fakultetini tamomlagan. 2015-2017 yillarda Yaponiyaning xorijdagi hamkorlik koʻngillilari (JOCV) dasturi boʻyicha Buxoro shahridagi oʻrta umumta'lim maktabida musiqa oʻqituvchisi sifatida ishlagan. Oʻzbekistondagi faoliyati davomida oʻzbek milliy musiqa asboblari, xususan dutor chalishni oʻrgangan. U 2018 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Birinchi xalqaro maqom san'ati anjumanida oʻzbek dutorida "Sunbula" kuyini ijro etib, faxrli uchinchi oʻrinni egalladi. 2024 yilda oʻtkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali va "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalida ham faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

O‘xshash yangiliklar

Asal Shodiyeva tug'ilgan kunini Shohruxxon bilan Antaliyada nishonlamoqda
Asal Shodiyeva tug'ilgan kunini Shohruxxon bilan Antaliyada nishonlamoqda
O‘zbekiston shou-biznes olamining taniqli vakillaridan biri bo‘lgan aktrisa va xonanda Asal Shodiyeva bugun o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 6 aprel sanasida yuz
Madaniyat Kecha, 18:03
Let's go with the most robust one:
Let's go with the most robust one:
Xonanda Malika Ravshanova muxlislariga o‘zining mashhur qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan “Bu mening onam” haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning fikricha, ushbu qo‘shiq mashhurlik yoki
Madaniyat Kecha, 13:55
Munisa Rizayeva qizlarga oilani saqlash haqida maslahat berdi
Munisa Rizayeva qizlarga oilani saqlash haqida maslahat berdi
Munisa Rizayeva “Shirchoy” dasturida bergan intervyusida turmushidan ajragan ayollarga murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xonandaning ta’kidlashicha, u oila va baxtni qo‘llab-quvvatlaydi.
Madaniyat Kecha, 11:54
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisa bergan
Madaniyat 16:40, 5-04-2026
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U soliq
Madaniyat 15:56, 5-04-2026
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinlashib kelayotgan 12 dan 30 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsertlari oldidan bergan intervyusi bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu
Madaniyat 23:50, 4-04-2026