Bugun
Ruy Borjes Sporting mag'lubiyatiga qaramay o'yin jarayonidan mamnun
+13°
пасмурно ветер 1.2 м/с, Ю

Madaniyat vazirligiga qanday yangi vakolatlar berilmoqda?

Madaniyat
145
Madaniyat vazirligiga qanday yangi vakolatlar berilmoqda?
Senatning uchinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san'atini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun ma'qullangandi. Qonun bilan Madaniyat vazirligining jonli ijro san'atini rivojlantirish, san'atkor, ijodkor hamda ijrochilarni qoʻllab-quvvatlashga oid bir qator vakolatlari belgilanmoqda.

Jumladan, davlat madaniy kontsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda jonli ijro yoki fonogrammadan foydalanish darajasini hamda usullarini belgilash, ijrochilar tomonidan fonogramma va mualliflik asarlaridan foydalanishda amaldagi qonunchilikka rioya etishlarini monitoring qilish hamda milliy san'at va madaniyat nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Qonun bilan “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, qonun bilan kontsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochilar va asar mualliflari koʻrsatilishi shart ekanligi hamda kontsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot umumiy reklama maydonining (sathining) kamida oʻn foizini tashkil etishi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bu tomoshabinlarning oʻz tanlovini ongli ravishda qabul qilishiga yordam beradi. Qaysi xonanda aytyapti, kim musiqasini yozgan, qanchalik jonli, qanchalik fonogramma – hammasi aniq va shaffof boʻladi.

Majlisda qayd etilishicha, yangi normalarning amaliyotga joriy etilishi musiqa sohasi yanada rivojlanishiga, yangi iste'dodlar kashf etilishiga, oʻzining haqiqiy jonli ovozi boʻlgan xonandalar va sozandalar faoliyati keng ragʻbatlantirilishiga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda jonli ijroni ragʻbatlantirish maqsadida san'at vakillariga imtiyozlar berib kelinmoqda. Buning natijasida keng jamoatchilik, xususan yoshlar oʻrtasida estrada san'atiga qiziqish kuchayib bormoqda. Xususan, prezidentning 2020 yil 26 mayda “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi kontsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʻliq jonli ijro asosida oʻtkazilgan kontsert dasturlari uchun ijara toʻlovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Mashhur shoir va yozuvchi Qamchibek Kenja vafot etdi
Mashhur shoir va yozuvchi Qamchibek Kenja vafot etdi
O‘zbek adabiyoti va madaniyati uchun og‘ir yo‘qotish yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fidoyi ustoz, iste’dodli shoir va
Madaniyat Bugun, 11:00
Jeki Chan murakkab bolalikdan jahon afsonasigacha bo'lgan yo'l
Jeki Chan murakkab bolalikdan jahon afsonasigacha bo'lgan yo'l
2026-yilning 7-aprel kuni jahon kinosining eng taniqli yulduzlaridan biri, jangovar janr afsonasi Jeki Chan o'n ikki yoshga to'ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 1954-yilda Gonkongda
Madaniyat Kecha, 21:46
"Bitta qator" (One line)
"Bitta qator" (One line)
Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittning katta qizi Shaylo Joli-Pitt janubiy koreyalik K-pop xonandasi Dayonning yangi videoklipida ishtirok etgani haqidagi xabar shov-shuv uyg'otdi.
Madaniyat Kecha, 14:13
Actually, "San'at va madaniyat sohasida yangi tartiblar joriy etiladi" sounds more natural in Uzbek journalism
Actually, "San'at va madaniyat sohasida yangi tartiblar joriy etiladi" sounds more natural in Uzbek journalism
San'at va madaniyat sohasida yangi tartib-qoidalar joriy etish bo'yicha muhim takliflar ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, 2026-yildan boshlab konsert va turli
Madaniyat Kecha, 13:40
Shirin Zoitova liboslarni yig'ish o'rniga boshqalarga tarqatishni afzal ko'radi
Shirin Zoitova liboslarni yig'ish o'rniga boshqalarga tarqatishni afzal ko'radi
Mashhur xonanda Shirin Zoitova o‘zining kiyinish madaniyati va hayot tarzi haqida juda samimiy suhbat berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko‘pchilik san’atkorlar turli xil liboslardan tashkil
Madaniyat Kecha, 07:37
Asal Shodiyeva tug'ilgan kunini Shohruxxon bilan Antaliyada nishonlamoqda
Asal Shodiyeva tug'ilgan kunini Shohruxxon bilan Antaliyada nishonlamoqda
O‘zbekiston shou-biznes olamining taniqli vakillaridan biri bo‘lgan aktrisa va xonanda Asal Shodiyeva bugun o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 6 aprel sanasida yuz
Madaniyat 18:03, 6-04-2026