Bugun
Manchester Siti rahbariyati Pep Guardioladan aniqlik kutmoqda
+16°
небольшой дождь ветер 4.4 м/с, З

«Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda

Sport
130
«Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichi yakunlandi.

Madrid derbisida «Atletiko» o‘z uyida «Real»ga 27-soniyadayoq gol urib, umumiy hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar vingeri Vinisius penaltidan foydalana olmadi. Shundan so‘ng o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi va unda ham g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa yana «qaymoqranglilar» g‘olib chiqishdi — mezbonlardan Alvares va Lorente xatoga yo‘l qo‘ydi.

Dastlabki o‘yinda chorakfinal masalasini deyarli hal qilgan «Arsenal» PSVga qarshi javob bahsida asosiy futbolchilariga dam berdi va durang qayd etdi.

«Aston Villa» esa 17-daqiqadayoq kamchilikda qolgan «Bryugge»ga yana 3 ta gol urdi, Asensio dublga erishdi.

O‘z uyida «Lill» bilan durang o‘ynagan «Borussiya» Fransiyada irodali g‘alabaga erishdi va chorakfinalga yo‘l oldi.

Shu tariqa chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:

«PSJ» — «Aston Villa»
«Arsenal» — «Real»
«Barselona» — «Borussiya D»
«Bavariya» — «Inter»

YECHL. 1/8 final
Javob o‘yinlari. 12 mart
Atletiko — Real 1:0
Penaltilar seriyasi — 2:4.
Gol: Gallaher (1).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Vinisius (70).
Atletiko — Oblak, Lorente, Ximenes, Langle (Le Norman, 91), Mandava (Aspilikueta, 98), Simeone (Korrea, 89), De Paul (Molina, 90+4), Barrios, Gallaher (Lino, 85), Grizmann (Syorlot, 89), Alvares.
Real — Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Mendi (Garsiya, 83), Modrich (Vaskes, 65), Chuameni (Kamavinga, 65), Bellinghem, Rodrigo (Dias, 79), Vinisius (Endrik, 115), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Chuameni (39), Vinisius (59), Simeone (66), Langle (69), Aspilikueta (113), Vaskes (115), Lorente (115).
Birinchi o‘yin — 1:2.

Arsenal — PSV 2:2
Gollar: Zinchenko (6), Rays (37) — Perishich (18), Driux (70).
Arsenal — Rayya, Uayt (Timber, 79), Kivior, Gabriel, Lyuis-Skelli, Rays (Kalafiori, 64), Jorjinio, Zinchenko (Edegor, 79), Sterling, Tirni (Martinelli, 80), Merino (Trossar, 64).
PSV — Benites, Ledesma, Nagalo (Flamingo, 77), Obispo (Boskalli, 69), Malasiya, Til, Shuten (Verman, 46), Babadi, Bakayoko, Driux (Bayraktarevich, 80), Perishich (de Yong, 69).
Ogohlantirishlar: Babadi (34), Kivior (42), Rays (63), Sterling (90+3).
Birinchi o‘yin — 7:1.

Aston Villa — Bryugge 3:0
Gollar: Asensio (50, 61), Matsen (57).
Aston Villa — Martines, Kesh (Disasi, 73), Konsa, Mingz (Torres, 66), Matsen, Kamara (Beyli, 46), Tilemans, Rojers (Remzi, 66), Makginn, Reshford, Uotkins (Asensio, 46).
Bryugge — Miniole, Sabbe, Ordones (Romero, 59), Mexele, De Kuyper, Onidika, Yashari (Nilsen, 59), Talbi (Skuras, 59), Vanaken, Solis (Sike, 66), Yutgla (Nilsson, 59).
Ogohlantirish: Vanaken (70).
Chetlatish: Sabbe (17).
Birinchi o‘yin — 3:1.

Lill — Borussiya D 1:2
Gollar: Devid (5) — Jan (54, penalti), Bayer (65).
Lill — Shevalle, Mene, Diakite, Aleksandro, Ismaili (Gudmundsson, 67), Mukau (Gomesh, 83), Andre, Buaddi (Fernandez-Pardo, 74), Haraldsson (Sahraui, 83), Kabella (Akpom, 67), Devid.
Borussiya D — Kobel, Gross (O‘zjan, 85), Anton (Bensebayni, 72), Shlotterbek, Ryuyerson, Zabitser, Jan, Adeyemi (Gittens, 78), Brandt (Chukvuemeka, 85), Bayer (Reyna, 85), Girassi.
Ogohlantirishlar: Anton (32), Gross (51), Mene (52), Mukau (83), Bensebayni (89).
Birinchi o‘yin — 1:1.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid va Bavariya o'rtasidagi shiddatli kurash kutilmoqda
Real Madrid va Bavariya o'rtasidagi shiddatli kurash kutilmoqda
Ushbu bosqichning eng asosiy va e'tiborni tortuvchi uchrashuvi "Real Madrid" va "Bavariya" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 07:00
The headline is basically a summary of that sentence
The headline is basically a summary of that sentence
Jo Xartning ta'kidlashicha, aynan Abduqodir Husanov bilan bo'lgan epizod Saloh uchun burilish nuqtasi bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zbek futbolchisining to'pni
Sport Bugun, 06:33
Eldor Shomurodov ishtirok etgan uchrashuv durang bilan yakunlandi
Eldor Shomurodov ishtirok etgan uchrashuv durang bilan yakunlandi
Turkiya Superligasining 28-turida juda qiziqarli va jangovar uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Istanbul Bashakshehir jamoasi Kojaelispor klubi bilan qarshi tushdi. Har
Sport Bugun, 06:26
Bavariya va Real Madrid o'rtasidagi hal qiluvchi to'qnashuv
Bavariya va Real Madrid o'rtasidagi hal qiluvchi to'qnashuv
Chempionlar ligasining chorak final bosqichi futbol olamida katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Germaniyaning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan Bavariya jamoasi
Sport Bugun, 06:10
Wait, let me count again carefully
Wait, let me count again carefully
Turkiya Superligasining 28-turida futbol ishqibozlari qiziqarli o'yinni kuzatish imkoniga ega bo'lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur bosqichda Bashakshehir jamoasi safar
Sport Bugun, 06:01
Istanbul boks turnirida O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'ldi
Istanbul boks turnirida O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'ldi
Turkiyaning Istanbul shahrida 29-martdan 5-aprelgacha bo‘lib o‘tgan 34-halqaro Axmet Kyumart Bosfor xotirasiga bag‘ishlangan boks turniri O‘zbekiston sportchilari uchun yuksak g‘alaba bilan
Sport Kecha, 23:32