Bugun
Valyuta bozorida dollar kursi yaqin kunlarda oshishi kutilmoqda
+16°
пасмурно ветер 1.5 м/с, ЮВ

Anchelotti "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida nimalar dedi?

Sport
118
Anchelotti "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida nimalar dedi?
Karlo Anchelotti boshqaruvidagi "Real Madrid" kecha, "Atletiko Madrid"ga qarshi qiyin kechishgan o‘yinda g‘alaba qozonib, UYEFA Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko Madrid"ga qarshi bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. U o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida raqibga qarshi o‘yinning turli jihatlarini talqin qildi.

Anchelotti avval "Atletiko"ning juda mustahkam himoyasini ta’rifladi va o‘yinning birinchi daqiqasidagi gol o‘tkazib yuborish ular uchun qiyinchilik tug‘dirganini aytdi.

Italiyalik mutaxassis Alvaresning penaltisi, o‘yin, ilk daqiqalardagi gol va penaltining kimlar ijro etishi haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

— Alvaresning penaltisi?
"Ha, bu juda g‘alati edi. U ikki marta to‘pga tegdi: avval o‘ng oyog‘i bilan, keyin chap oyog‘i bilan”.

- O‘yin tahlili?
“Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik va o‘yin dinamikasi o‘zgardi. Raqib yaxshi himoyalandi va tezkor qarshi hujumlar uyushtirdi. Bizda kam imkoniyatlar bo‘ldi va penaltini o‘tkazib yubordik. "Atletiko"ga qarshi o‘yinda aniq vaziyatlar yaratish juda qiyin - ular yaxshi himoyalanishadi va barcha imkoniyatlarni yo‘q qilishadi".

- Birinchi daqiqadagi golmi?
“O‘yinni nazorat qila olmaymiz, deb qo‘rqardim. Tezkor hujumlarni amalga oshirish uchun muvozanatni saqlash muhim edi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘z maydonimizda ishonchli o‘ynadik va o‘zingiz ko‘rganingizdek, bu penaltiga olib keldi”.

“Bizda beshinchi penaltini tepish borasida shubha bor edi. Biz Endrik buni amalga oshirishini xohladik. Ammo bu haqda unga aytganimda, uning yuzida alohida quvonch sezmadim. Shuning uchun ham o‘ziga ishongan va xotirjamroq ko‘rinadigan Ryudigerni tanladik” - dedi "qirollik klubi" bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" "matraschilar" ustidan erishilgan g‘alaba orqali UYEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi. Ular bu bosqichda Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi.

O‘xshash yangiliklar

Javohir Sindorov Nomzodlar turniri jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi
Javohir Sindorov Nomzodlar turniri jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi
O‘zbekistonlik mashhur shaxmatchi Javohir Sindorov Kiprda o‘tkazilayotgan 2026 yilgi Nomzodlar turniri doirasida yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turnirning sakkizinchi
Sport Bugun, 11:55
Ruy Borjes Sporting mag'lubiyatiga qaramay o'yin jarayonidan mamnun
Ruy Borjes Sporting mag'lubiyatiga qaramay o'yin jarayonidan mamnun
Lissabonning Sporting klubi bosh murabbiyi Ruy Borjes Chempionlar ligasi chorakfinal doirasida Londonning Arsenal jamoasiga qarshi o'tkazilgan bahsdagi mag'lubiyat haqida o'z
Sport Bugun, 11:28
Let's try a slightly different one to be absolutely sure about the 6-9 range and quality
Let's try a slightly different one to be absolutely sure about the 6-9 range and quality
Londonning Arsenal klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi chorakfinal doirasida Lissabonning Sporting jamoasiga qarshi safarda qozonilgan muhim g'alaba haqida o'z fikrlari
Sport Bugun, 11:13
Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaydi
Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaydi
Italiyaning dunyoga mashhur va tajribali murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol federatsiyasi bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. ESPN nashrining
Sport Bugun, 10:26
Mukammal matn uchun ikki yuz so'z yetarli
Mukammal matn uchun ikki yuz so'z yetarli
Total ~200 words. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Perfect.
Sport Bugun, 08:24
Samvel Babayan jamoaning takrorlanuvchi xatoliklari haqida fikr bildirdi
Samvel Babayan jamoaning takrorlanuvchi xatoliklari haqida fikr bildirdi
Andijon va Navbahor o'rtasidagi keskin raqobatli uchrashuvda mezbonlar mag'lubiyatga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o'yin yakunidan so'ng jamoa murabbiyi Samvel
Sport Bugun, 08:11