Bugun
Rocco Rayts "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
+15°
пасмурно ветер 3.9 м/с, В

Vadim Abramov: "To‘pni raqibga topshirib, ular nima qila olishini kuzatdik"

Sport
130

Vadim Abramov: "To‘pni raqibga topshirib, ular nima qila olishini kuzatdik"
Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinni hamma ko‘rdi, shuning uchun maydonda nima ro‘y berganini takroran aytib berish ma’nosiz. O‘yin oldidan tarkib bilan bog‘liq muammolarimiz bor edi, chunki kichik tanaffus bizga ta’sir qildi. To‘rt nafar markaziy himoyachimiz jamoaga yordam bera olmadi, shu sababli Stanoyevichni markaziy himoyachi pozitsiyasiga ko‘chirishga majbur bo‘ldik. Undan minnatdorman, chunki u birinchi marta bu pozitsiyada o‘ynadi va o‘z vazifasini yaxshi uddaladi. Shu sababli, biz o‘yinga taktika tanlashda muammolarga duch keldik. O‘yinga kelsak, "Paxtakor" o‘yindan tashqari holatidan gol urdi, ammo undan tashqari boshqa vaziyatlarga ega bo‘lgani yo‘q. Biz qarshi hujumda yana bir nechta gol urish imkoniyatiga ega edik. Chempionat endigina boshlandi, "Paxtakor" hali o‘z ochkolarini to‘plab oladi deb o‘ylayman" - deya fikr bildirdi Vadim Abramov o‘yin yakunlangach.

- Paxtakorning o‘yini haqida umumiy fikringiz qanday? "Paxtakor"ga qarshi himoyalanish qanchalik qiyin bo‘ldi?
- Biz markaziy himoyachilar bilan bog‘liq muammolar tufayli taktikamizni biroz o‘zgartirdik, to‘pni raqibga topshirib, ular nima qila olishini kuzatdik, lekin ular bugun deyarli hech narsa taklif qila olmadi. To‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik bor edi, lekin ularning hujumlari xavfli bo‘lmadi. "Paxtakor"ning asosiy hujumchisi bugungi bahsda ishtirok etmagani o‘z so‘zini aytgan bo‘lishi mumkin.

- Motivatsiya haqida nima deysiz? "Paxtakor"dek raqibga qarshi o‘ynash jamoangizga biroz bo‘lsa ham qo‘shimcha motivatsiya berdimi?
- Har bir jamoa yetakchilarga qarshi o‘ynaganda o‘zini ko‘rsatishni xohlaydi, lekin biz bu o‘yinni alohida bir reja qabul qilganimiz yo‘q. Har bir turda g‘alaba uchun maydonga tushamiz, bu oddiy holat. Keyingi turda ham grand jamoa bilan to‘qnash kelamiz.

- Bugungi g‘alabadan so‘ng jamoa qo‘shimcha rag‘batlantiriladimi?
- Yo‘q, albatta. Bu bahs kuzda bo‘lganida, yoki musobaqa jadvaliga jiddiy ta’sir o‘tkazganida qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlantirish haqida o‘ylab ko‘rishimiz mumkin bo‘lar edi. Superliga endi boshlandi-ku.

- Menga "Dinamo" asosan qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynaydigan jamoadek tuyulmoqda. Ushbu fikrga qanchalik qo‘shilasiz?
- Men jurnalistlar bilan muloqot qilishda qiynalaman. Bunga qadar bizni hujumkor jamoa deya tasvirlashardi, endi esa qarshi hujumda o‘ynaydigan jamoa bo‘lib qolibmiz. Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz. Bugungi o‘yinda raqibga to‘pni berib, qarshi hujumga chiqishni maqsad qildik. Biz doimo hujumkor o‘ynashga intilamiz. Markaziy himoyachilarning yo‘qligi sababli shunday qaror qabul qildik. Ochiq zonalar bo‘lganda tezroq hujum qilishga intildik.

- Marko Stanoyevichning o‘yini haqida fikr bildirib o‘tsangiz. Amaldagi chempion "Nasaf" Markoning yoshi katta ekanligi sababli u bilan shartnomani uzaytirmadi...
- Biz kimni xarid qilayotganimizni bilardik. Stanoyevich jamoa lideri va tajribali futbolchi.

- Stanoyevichning yoshi sizni xavotirga solmadimi?
- Men futbolchining yoshiga e’tibor bermayman. Agar, 16 yoshli yigitcha maydonda foyda keltirsa, u mening jamoamda asosiy tarkibdan o‘rin oladi. Men pasportga qaramayman. Yoshi katta futbolchi, yoshroq o‘yinchilardan yaxshiroq o‘ynasa u maydonda bo‘ladi. Futbolchining yoshi uning ayoli uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin, ammo menga emas.

- Bugun jamoa safida debyut qilgan futbolchilar haqida ham gapirib o‘tsangiz? A’loho‘jayev, Ibrohimov va Safarov bugungi uchrashuvda debyut qilishdi.
- Ular haqida bir narsa deyish qiyin, sababi ular o‘yin so‘ngida maydonga tushishdi. Hali fikr bildirishga erta, endigina uchinchi turdamiz. Katta va’dalar berib qo‘ysak, bizdan katta narsalar kutiladi. Samarqanddan kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat. Bugun ularni xursand qila oldik.

- Jamoangizning hujumdagi realizatsiyasi haqida fikr bildiribo‘tsangizi. Sababi "Dinamo" bugun qarshi hujumlarda bir nechta yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Mirjahon Mirahmadov esa ikkinchi bo‘limning 70-daqiqalaridan so‘ng charchab qolgandek ko‘rindi...
- Mirahmadov ko‘p vaziyatlar "qora ish"ni bajardi. Himoyachilarga yordam berdi va yakkakurashlarda ishtirok etdi. Umuman olganda, o‘yinimizdan qoniqdim. Hozir g‘alaba hissiyotidan barcha xursand. Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng o‘yinni tahlil qilib, qayerda qanday xato qilganimizni ko‘rib chiqamiz.

- Oybek O‘rmonjonovning o‘yiniga baho berib o‘tsangiz. Nazarimda, u juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi.
- O‘yinga yaxshi qo‘shilib ketdi va juda aktiv bo‘ldi. "Paxtakor"da Alijonov maydonga tushganda, biz Anvarni narigi qanotga o‘tkazdik va O‘rmonjonovga Alijonov zararsizlantirish vazifasini yukladik. U o‘z ishini yaxshi uddaladi.

O‘xshash yangiliklar

Rocco Rayts "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
Rocco Rayts "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
Germaniyalik yarim himoyachi Rocco Raytsning Angliyaga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, Myonxengladbaxning "Borussiya"
Sport Bugun, 14:45
Georgiy Jikiya: "Antalyaspor"dagi faoliyatimdan mamnunman
Georgiy Jikiya: "Antalyaspor"dagi faoliyatimdan mamnunman
"Antalyaspor" klubi himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati haqida savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 32 yoshli futbolchining bu boradagi fikrlari "FNL s
Sport Bugun, 14:26
Futbol klublarini boshqarishda zamonaviy tizimlar joriy etiladi
Futbol klublarini boshqarishda zamonaviy tizimlar joriy etiladi
O‘zbekiston futbol klublarini rivojlantirish va ularni zamonaviy boshqaruv tizimiga o‘tkazish borasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yig‘ilishda Sport vazirligi,
Sport Bugun, 14:22
Husniddin Aliqulovning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi
Husniddin Aliqulovning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov bilan bog‘liq so‘nggi yangilik muxlislar uchun quvonchli bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Futbolchiga qilingan jarrohlik
Sport Bugun, 13:46
Shevchenko: Rebrovni almashtirish rejasi yo‘q
Shevchenko: Rebrovni almashtirish rejasi yo‘q
Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari va taniqli sobiq futbolchi Andrey Shevchenko terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 13:22
Marselo Delgado "Boka Juniors" sport direktori bo‘ldi
Marselo Delgado "Boka Juniors" sport direktori bo‘ldi
Argentina futbolining mashhur klublaridan biri "Boka Juniors" sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlangani rasman e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U klub
Sport Bugun, 13:09