Bugun
Manchester Siti Liga kubogini to'qqizinchi marta qo'lga kiritdi
+14°
пасмурно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Futbol skauti: “Abduqodir Husanov sabab Markaziy Osiyo futbolchilariga qiziqish ortdi”

Sport
154

Futbol skauti: “Abduqodir Husanov sabab Markaziy Osiyo futbolchilariga qiziqish ortdi”
Taniqli futbol skauti Jank Chetin Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yinlarini yuqori baholadi.

U 2023 yilda Argentinada bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon chempionatida futbolchi yuqori darajada o‘ynagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"U turnirda o‘tkazgan to‘rt o‘yinda ham havodagi kurashlarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U jismoniy kuchidan tashqari, juda tezkor va harakatchan futbolchi hisoblanadi".

Chetin Husanovning Isroilga qarshi 1/8 final uchrashuvidagi o‘yinini ham alohida ta’kidladi:

"Husanov Isroilga qarshi bahsda o‘yinni o‘qish, to‘g‘ri joylashish, to‘pni olib qo‘yish va birga bir vaziyatlarda himoyalanish bo‘yicha yuqori darajada ekanini ko‘rsatdi. U Anan Halili va Taya Abeda kabi jismonan va texnik jihatdan kuchli hujumchilarga qarshi muvaffaqiyatli harakat qildi".

Skaut Abduqodir Husanovning kelajagi haqida gapirar ekan, uning Pep Gvardiola qo‘l ostida yanada yuqori darajali futbolchiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi:

"U vaqt o‘tishi bilan til bilan bog‘liq muammoni yengib o‘tadi va “Manchester Siti” tarkibidagi eng muhim futbolchiga aylanadi".

Shuningdek, Jank Chetin Markaziy Osiyo futbolining tez rivojlanayotganini ta’kidlab, bu hududni futbol bozoridagi yangi raqobatdosh hudud deb atadi. Uning fikricha, Abduqodir Husanov kabi futbolchilar tufayli ushbu qiziqish keskin oshib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Manchester Siti Liga kubogini to'qqizinchi marta qo'lga kiritdi
Manchester Siti Liga kubogini to'qqizinchi marta qo'lga kiritdi
Angliya Liga kubogi finalida o'tgan jangda Arsenal va Manchester Siti jamoalari bir-biriga qarshi chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu uchrashuv qizg'in va keskin kechib, oxirida Pep
Sport Bugun, 00:44
Abduqodir Husanov Yevropa musobaqalarida birinchi yirik sovrinni qo'lga kiritdi
Abduqodir Husanov Yevropa musobaqalarida birinchi yirik sovrinni qo'lga kiritdi
O'zbekiston milliy terma jamoasining yetuk himoyachisi Abduqodir Husanov o'z professional faoliyatida yangi va jiddiy bosqichga qadam qo'ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U Yevropa
Sport Bugun, 00:36
Manchester Siti Arsenalni mag'lub etib Liga kubogini qo'lga kiritdi
Manchester Siti Arsenalni mag'lub etib Liga kubogini qo'lga kiritdi
Angliya Liga kubogining final bahsida Arsenal va Manchester Siti o'rtasidagi muhim uchrashuv hal qiluvchi natijaga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kutilganidek, jiddiy raqobat va
Sport Kecha, 23:32
Tottenhem kutilmagan maglubiyatga uchradi va turnir jadvalida tushib qoldi
Tottenhem kutilmagan maglubiyatga uchradi va turnir jadvalida tushib qoldi
Angliya Premer-ligasining o'ttiz birinchi turida jamoalar o'rtasidagi kurash yanada qizg'inlashdi va ikkita muhim uchrashuv natijasi turnir jadvalidagi vaziyatga sezilarli ta'sir
Sport Kecha, 22:21
Arsen Venger Abduqodir Husanovni himoyada maqtadi
Arsen Venger Abduqodir Husanovni himoyada maqtadi
Arsenal jamoasining sobiq bosh murabbiyi va dunyoga mashhur mutaxassis Arsen Venger Manchester Siti klubi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida oʻzining chuqur fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 21:49
Barselona Rayo Valekano ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi
Barselona Rayo Valekano ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi
Ispaniya chempionatining yigirma toqqizinchi turida Kataloniya poytaxtida katta e'tibor bilan kutilgan bahs bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Peshqadam Barselona klubi
Sport Kecha, 20:54