Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.9 м/с, СВ

Feliks Sanches: "Paxtakor" hozirgi kunda oʻziga xos boʻlmagan natijalar qayd etmoqda"

Sport
85

Feliks Sanches: "Paxtakor" hozirgi kunda oʻziga xos boʻlmagan natijalar qayd etmoqda"
Elit OChL 8-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" mehmonlar bosh murabbiyi Feliks Sanches va futbolchi Abdusamad Bunasser oʻyindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Soʻnggi turni oʻtkazish uchun bu erga etib keldik. Pley-off masalasini oldindan hal etib qoʻyganmiz. Bunday bahslar futbolchilar oʻzini namoyish etishlari va koʻproq oʻyin amaliyotiga boʻlishlari uchun ajoyib imkoniyat. Ob-havoga koʻnikib ketish uchun bizga biroz vaqt kerak boʻladi. "Paxtakor" hozirgi kunda oʻziga xos boʻlmagan natijalarni qayd etmoqda, lekin shunga qaramay jamoa yaxshi himoyalanmoqda va oʻz darvozasidan juda kam gol oʻtkazib yuborgan. Shu sababli raqibimiz ertaga gʻalaba qozonishga harakat qiladi. Biz bunga tayyormiz va ertaga yaxshi natija qayd etishga intilamiz.

Abdusamad Bunasser

- "Paxtakor"ga ertaga gʻalaba kerak. Ertaga qiyin oʻyin boʻladi. Biz esa keyingi bosqichga chiqib boʻlganmiz.

- Janob bosh murabbiy, siz hozirgina "Paxtakor"ning tartibli himoya chizigʻi haqida gapirib oʻtdingiz. Shuningdek, "Paxtakor" Elit OChLda eng kam urgan jamoa hisoblanadi, ertangi raqibingiz 7ta uchrashuvda bor-yoʻgʻi ikki marotaba raqib darvozasiga yoʻl topa olgan. Raqib jamoaning hujum chizigʻi kuchsiz emasmi? Bu jihat sizlarga qanchalik qoʻl kelishi mumkin?

- Mening fikrimcha, OChL mintaqamizdagi eng qiyin musobaqalardan biri. Bunday oʻyinlarda koʻp vaziyatlar yaratilmasligi mumkin. Har bir raqibni magʻlub etish qiyin. Biz ertaga oʻz oʻyinimizni namoyish etishga qilamiz. Bilamizki, "Paxtakor" jamoasi yaqinda yangi bosh murabbiyga ega boʻldi. Yangi mutaxassis esa jamoani yangilamoqda. "Paxtakor"ga qarshi oʻynayotganimiz bizga foydali boʻladi, bunday musobaqalarda raqibni tanlay olmaysiz. Qaysi raqib bilan duch kelsangiz, uning oʻyin uslubidan kelib chiqib unga qarshilik koʻrsatish kerak boʻladi.

- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlayotganini aytib oʻtdingiz. Shuningdek, jamoa oʻz safiga 6-7 nafar yangi futbolchini qoʻshib oldi. Hozirgi kungacha bor-yoʻgʻi bir dona rasmiy uchrashuvda ishtirok etgan "Paxtakor"ni oʻrganib chiqish qanchalik qiyin boʻldi? Bunday yangi jamoaga qarshi oʻynash qanchalik qiyin boʻlishi mumkin?

- Raqibni tahlil qilish tayyorgarlikning bir qismi. "Paxtakor"ni oʻrganishimiz biroz boshqacha boʻldi. Siz aytganingizdek, jamoa bir nechta yangi oʻyinchilarni xarid qilgan. Yangi tarkib va yangi bosh murabbiyga biroz vaqt kerak. Raqib qanday holatda ekanligidan xabardormiz. Eng muhimi biz oʻz oʻyinimizga e'tibor qaratishimiz kerak va koʻproq oʻz oʻyinimiz sifatini yaxshilashimiz kerak. Qatar chempionatida ham bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Koʻpgina holatlarda bunday "yangi" jamoalarga qarshi oʻynashga majbur boʻlganmiz.

Manba: championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Angliya futboli va Yevropa maydonlarida o'ziga xos o'rni bor bo'lgan "Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi Pep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubini juda
Sport Bugun, 01:04
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Manchester Siti jamoasining yosh va istiqbolli yarim himoyachisi Niko O'Rayli so'nggi vaqtlarda o'tilgan muhim o'yinlar va kelajakdagi chempionlik kurashi haqida ochiq fikr
Sport Bugun, 00:24
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Real Madrid futbol klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o'zining mas'uliyatli ishlashini yana bir bor namoyon etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Athletic nashriga ko'ra,
Sport Bugun, 00:18
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Manchester City jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford Liga kubogi finalida Arsenal klubiga qarshi o'tkazilgan bahsda darvozasidan gol o'tkazmay, futbol tarixida yangi rekord qayd etdi. Bu
Sport Kecha, 23:33
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Ispaniya chempionatida o'zining kuchli yurishini davom ettirayotgan Barselona futbol klubi yana bir zarbali muvaffaqiyatni qo'lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kataloniya
Sport Kecha, 21:54
Arbeloa g'alabalarning sirini jamoaviy ruh va mehnatda ko'radi
Arbeloa g'alabalarning sirini jamoaviy ruh va mehnatda ko'radi
Futbol maydonlarida qozonilgan katta g'alabalar hech qachon shunchaki tasodif natijasi bo'lmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orqada jiddiy mehnat, qattiq intizom va kuchli
Sport Kecha, 21:31