Bugun
Abduqodir Husanov jurnalistga imzo qo'ygan futbolkasini sovg'a qildi
+11°
пасмурно ветер 1.7 м/с, С

Fevzi Davletov "Surxon"ning mavsumdagi ilk g‘alabasi haqida nimalar dedi?

Sport
119
Fevzi Davletov "Surxon"ning mavsumdagi ilk g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalambor, futbol ishqibozlari jangovar futbolni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu uchrashuvda biz albatta g‘alabaga yaqinroq bo‘ldik. Birinchi bo‘limda o‘yinni yaxshi o‘tkazdik. Bundan tashqari, o‘yin uchun berilgan reja va taktik ko‘rsatmalar bajarildi. Lekin ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng bu biz uchun xavotirli bo‘ldi. Standart vaziyatda xato qildik. Shunga qaramasdan hujumga o‘tdik, raqibni pozitsiyalar bo‘yicha o‘rgandik va biz yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldik.

- Bosim bor edi, qiyin g‘alaba. Chunki mag‘lubiyatlardan so‘ng hamma g‘alabani kutgandi. Jamoa 1:0 hisobida oldinda borayotganda taktik o‘zgarishlarga qo‘l urdingiz. 1:1 bo‘layotganda himoyachini o‘zgartirdingiz.

- Nodir Ne’matxonovda kichik jarohat bor edi. Natijada bu futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldik. Qanotlar bo‘yicha esa o‘zgartirdik, kuchaytirdik va tezlik qo‘sha oldik. Bu bizni oldindan o‘ylab qo‘ygan rejamiz edi. O‘ylaymanki, bu o‘zgarishlar bizga yordam berdi va gollar ura oldik.

- Murabbiylik faoliyatingiz davomida bu yil muxlislar tomonidan sizga e’tirozlar bor edi. Bu g‘alabadan so‘ng ishqibozlarga nima degan bo‘lardingiz?

- Muxlislar har qanday holatda ham, hatto og‘ir vaziyatlarda ham jamoaga ishonishlari kerak. Jamoaga kelsak, bizda bo‘lgan xatolar ustida ishlayapmiz va ularni tuzatishga harakat qilyapmiz.

- Nega bugun Jahongir Abdusalomov maydonda bo‘lmadi?

- Abdusalomov kasal bo‘ldi. O‘tgan o‘yinda “Bunyodkor”ga qarshi bahsda ham o‘zini unchalik yaxshi his qilmagan edi. O‘sha paytda uni maydonga tushirmaslik kerak, deb hisoblayman. Lekin u o‘zi o‘ynashga tayyorligini bildirgandi va maydonga chiqdi. Shuningdek, Dmitriy Pletnyovda ham jarohat bor, ammo biz keyingi o‘yinga qadar u tayyor bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

O‘xshash yangiliklar

Abduqodir Husanov jurnalistga imzo qo'ygan futbolkasini sovg'a qildi
Abduqodir Husanov jurnalistga imzo qo'ygan futbolkasini sovg'a qildi
Qozog'istonlik tanilgan jurnalist Oljas Baybosin Angliyaga qilgan safarida Manchester Siti klubi himoyachisi va O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Abduqodir Husanov bilan
Sport Bugun, 04:37
Babayan Andijonning Mash'al ustidan qozongan g'olibligini baholadi
Babayan Andijonning Mash'al ustidan qozongan g'olibligini baholadi
O'zbekiston Superligasining to'rtinchi turida Andijon shahrida o'tgan muhim bahs natijasida mezbon jamoa Mash'al klubini ikki golga o'tkazib yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 04:31
Lion Seltaga mag'lub bo'lib Yevropa Ligasidan chiqib ketdi
Lion Seltaga mag'lub bo'lib Yevropa Ligasidan chiqib ketdi
Yevropa klub futbolidagi eng qiziqarli musobaqalardan biri bo'lgan UEFA Yevropa Ligasining chorak final bosqichiga oid javob uchrashuvlari muxlislar uchun haqiqiy dramalar va kutilmagan
Sport Bugun, 04:08
Rafinya UEFA Chempionlar Ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Rafinya UEFA Chempionlar Ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Yevropa klub futbolidagi eng nufuzli musobaqa hisoblangan UEFA Chempionlar Ligasi doirasida yana bir qiziqarli va hayajonli hafta yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu turdagi eng yaxshi
Sport Bugun, 04:04
Opta tahlili: Parij Sent-Jermen va Liverpul o'yini teng kuchda
Opta tahlili: Parij Sent-Jermen va Liverpul o'yini teng kuchda
Yevropa futbolidagi eng nufuzli va e'tiborni tortadigan musobaqa bo'lmish Yevropa Chempionlar Ligasining chorakfinal bosqichi oldidan mashhur Opta Sports tahlilchilari o'z
Sport Bugun, 03:38
Chempionlar Ligasi ramziy jamoasi e'lon qilindi
Chempionlar Ligasi ramziy jamoasi e'lon qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining sakkizdan bir final bosqichidagi javob uchrashuvlari o'z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu jiddiy va shahvoniy bahslar yakunlanganidan
Sport Kecha, 23:29