Bugun
Trevi favvorasiga kirish endi pullik bo‘ldi
+11°
облачно с прояснениями ветер 2.9 м/с, В

Gvardiola: Abduqodir Husanov qaysi jihatini rivojlantirishi kerak?

Sport
88
Gvardiola: Abduqodir Husanov qaysi jihatini rivojlantirishi kerak?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Nyukasl”ga qarshi bahsda toʻliq harakat qilgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

“Husanovga “Chelsi” klubiga qarshi oʻynash oson boʻlmadi. Ammo u kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Bu — uning uchun, biz uchun ham juda yaxshi holat. Uning potentsiali koʻrinib turibdi.

Abduqodir Husanov birga-bir vaziyatlarda agressiv oʻynaydi, toʻp bilan yaxshi muomala qiladi va juda yuqori tezlikka ega. U qaror qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirishi zarur. Bu endi yosh bilan bogʻliq masala.

Jamoaga tez moslashdi. U maydon tashqarisida tortinchoq, koʻp gapirmaydi”, deydi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Ma'lumot uchun, “shaharliklar” “Nyukasl” ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz ochkolari sonini 44 taga etkazib oldi. Hozirda “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 4-oʻrinda bormoqda.

Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvni “Real”ga qarshi oʻtkazadi. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv “qirollik klubi”ning (3:2) gʻalabasi bilan yakunlangan.

O‘xshash yangiliklar

Enso Fernandes "Real"ga o‘tishni orzu qilmoqda
Enso Fernandes "Real"ga o‘tishni orzu qilmoqda
Londonning "Chelsi" klubida o‘ynayotgan argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandes o‘z kelajagi borasida muhim qaror qabul qilishga yaqin turibdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist
Sport Bugun, 19:40
Infantino: Futbol siyosiy bosimlardan xoli bo‘lishi kerak
Infantino: Futbol siyosiy bosimlardan xoli bo‘lishi kerak
Futbol olamidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri Rossiya terma jamoalari va klublarining xalqaro musobaqalardan chetlatilishi masalasidir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu mavzu
Sport Bugun, 19:21
Levchenko "Istiqlol" bosh murabbiyligiga qaytdi
Levchenko "Istiqlol" bosh murabbiyligiga qaytdi
"Istiqlol" futbol klubi bosh murabbiylik lavozimiga Vitaliy Levchenko rasman tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Murabbiy 2026 yilgi mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi. Levchenko
Sport Bugun, 19:06
Messi "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolashi mumkin
Messi "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolashi mumkin
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Turkiyaning "Galatasaroy" klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilmoqda. Bu haqda
Sport Bugun, 19:04
Messi «Galatasaroy»ga faqat uy o‘yinlari uchun kelishi mumkin
Messi «Galatasaroy»ga faqat uy o‘yinlari uchun kelishi mumkin
Argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi haqida yana bir qiziqarli xabar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Yevropaga qisqa muddatga qaytib, Turkiyaning
Sport Bugun, 18:41
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Olmaotada bo‘lib o‘tadi
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Olmaotada bo‘lib o‘tadi
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi 2-fevral kuni ma’lum qildi.
Sport Bugun, 18:37