Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.9 м/с, СВ

Gvardiola Husanovning kamchiligi va yutuqlari haqida nimalar dedi?

Sport
99
Gvardiola Husanovning kamchiligi va yutuqlari haqida nimalar dedi?
Angliya Premer-ligasining 25-turidan oʻrin olgan bahs oʻz nihoyasiga etdi. Mazkur turda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" "Nyukasl Yunayted" ustidan yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu bellashuvda misrlik yulduz hisoblangan Umar Marmush xet-trikka erishdi (19, 24, 33). Oʻyinning 84-daqiqasida Makati hisobni yanada yiriklashtirib qoʻydi.

Milliy terma jamoamiz a'zosi hisoblangan Abduqodir Husanov esa oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Bellashuvdan soʻng "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida hamyurtimiz haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:

- Abduqodir Husanov yakkama-yakka vaziyatlarda juda agressiv. Biroq koʻrinib turibdiki, bu uning qoʻpolligi. Boshqa tajribali markaziy himoyachilarda esa bu qoidabuzarlik boʻlmasdi. Oʻylashimcha, u oʻrganadi.

- Jamoaga kelishidan bir necha kun oʻtib "Chelsi"ga qarshi oʻynash oson emas. Ilk daqiqalarda nimalar boʻlganini koʻrdingiz. Oʻzbekiston yoki Fransiyadan bu erga kelish oson emas. U bugun Ruben Diash, Manuel Akanji va Natan Ake va boshqalarning vaziyatidan kelib chiqib oʻynadi va bu Husanov uchun, biz uchun va biz tasavvur qilgan potentsialni shakllantirish uchun juda yaxshi.

- U toʻp bilan ancha xotirjam va juda tez. Agar Isakka qarshi oʻynab, zudlik bilan orqaga qaytish kerak boʻlsa, u buni uddalay oladi. Shuningdek, qaror qabul qilish ham yaxshilanishi kerak, ammo bu yosh masalasi.

- Eng muhimi, Abduqodir jamoaga juda yaxshi moslashdi. U juda uyatchan va koʻp gapirmaydi. Oʻylaymanki, u bizga hali koʻp yordam beradi. U jamoadagilar bilan juda yaxshi munosabatda boʻldi. Abduqodir Husanov, Niko Gonsales va Vitor Reys kabi yosh futbolchilar bilan "Siti" keyingi yillarda rivojlanadi.

20 yoshli himoyachimiz ushbu oʻyin davomida 76 marta toʻpga teginishga muvaffaq boʻlib, 68 ta uzatma berdi. Ularning 63 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi (93 %). Bundan tashqari, iqtidorli himoyachi oʻyin davomida 7 bora uzoq masofaga uzatma amalga oshirib, 2 tasi aniq etib bordi.

Abduqodir maydondagi 3 ta kurashlardan bittasida gʻalaba qozonishga ham muvaffaq boʻldi. Shuningdek, ikkinchi qavatdagi kurashlarda 100 foizlik (2/2) koʻrsatkich qayd etdi. Husanov oʻyin davomida 2 bora qoida buzishga ham ulgurdi. Uning ushbu harakatlarini "Sofascore" portali 7.0 ballga loyiq koʻrdi.

Ma'lumot oʻrnida, Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 19 fevral kuni Ispaniyaning "Real Madrid" klubiga qarshi oʻtkazadi.

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Angliya futboli va Yevropa maydonlarida o'ziga xos o'rni bor bo'lgan "Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi Pep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubini juda
Sport Bugun, 01:04
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Manchester Siti jamoasining yosh va istiqbolli yarim himoyachisi Niko O'Rayli so'nggi vaqtlarda o'tilgan muhim o'yinlar va kelajakdagi chempionlik kurashi haqida ochiq fikr
Sport Bugun, 00:24
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Real Madrid futbol klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o'zining mas'uliyatli ishlashini yana bir bor namoyon etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Athletic nashriga ko'ra,
Sport Bugun, 00:18
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Manchester City jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford Liga kubogi finalida Arsenal klubiga qarshi o'tkazilgan bahsda darvozasidan gol o'tkazmay, futbol tarixida yangi rekord qayd etdi. Bu
Sport Kecha, 23:33
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Ispaniya chempionatida o'zining kuchli yurishini davom ettirayotgan Barselona futbol klubi yana bir zarbali muvaffaqiyatni qo'lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kataloniya
Sport Kecha, 21:54
Arbeloa g'alabalarning sirini jamoaviy ruh va mehnatda ko'radi
Arbeloa g'alabalarning sirini jamoaviy ruh va mehnatda ko'radi
Futbol maydonlarida qozonilgan katta g'alabalar hech qachon shunchaki tasodif natijasi bo'lmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orqada jiddiy mehnat, qattiq intizom va kuchli
Sport Kecha, 21:31