Bugun
Qizilqum Navoiyda Mashalni mag'lub etib ikki gol urdi
-3°
пасмурно ветер 3.7 м/с, С

Oston O‘runov "Persepolis" klubidan ketishi mumkin: vaziyat Turkiyada aniqlanadi

Sport
112

Oston O‘runov "Persepolis" klubidan ketishi mumkin: vaziyat Turkiyada aniqlanadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning «Persepolis» klubi vingeri Oston O‘runovning jamoasini tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Eronning bir qator ommaviy axborot vositalari, xususan, «parsfootball», «tarafdori» va «vista iran» nashrlari O‘runovning sotilishi ehtimoli borligini ma’lum qildi.

Nashrlarning ma’lumotiga ko‘ra, jamoaning bosh murabbiyi Ismoil Kartal o‘zbekistonlik legionerga ko‘p ishonch bildirmayapti. Shuningdek, klub rahbariyati ham futbolchini sotib yuborish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Lekin yakuniy qaror Turkiyada o‘tadigan mavsumoldi yig‘in paytida aniq bo‘ladi.

«Persepolis»ga o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida kelib qo‘shilgan O‘runov, jamoaning Eron Pro-ligasi chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan edi. Biroq keyinchalik futbolchi o‘zining yuqori formasini ushlab qola olmadi.

O‘runov mavsum boshida O‘zbekiston terma jamoasi bilan Olimpiya saralash o‘yinlarida va FIFAning boshqa turnirlarida faol ishtirok etdi. Bu esa futbolchiga katta bosim o‘tkazib, uning jarohatlarini og‘irlashtirib yubordi. Natijada u ko‘plab muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jamoaning umumiy natijalariga salbiy ta’sir qildi.

Bosh murabbiy Ismoil Kartal esa kelgusi mavsum uchun O‘runovdan ortiqcha natija kutayotgani yo‘q va o‘z tarkibini yana ikki yangi va sifatli vinger bilan kuchaytirishni rejalashtirgan. Shuning uchun ham Turkiyada bo‘lib o‘tadigan 24 kunlik yig‘in futbolchi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Agar O‘runov ushbu tayyorgarlik paytida yana jarohat olsa, jamoa uni keyingi mavsum uchun rejalaridan chiqarishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov 2024/25 yilgi Eron chempionatida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va bir golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

O‘xshash yangiliklar

Abduqodir Husanov Real Madridga qarshi o'yinda maydonga tushadi
Abduqodir Husanov Real Madridga qarshi o'yinda maydonga tushadi
Yevropa Chempionlar ligasi bahslarining eng qiziqarli va kutilgan uchrashuvlaridan biri 1/8 final bosqichida bo'lib o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu safar dunyoning eng kuchli
Sport Kecha, 23:51
Qizilqum Navoiyda Mashalni mag'lub etib ikki gol urdi
Qizilqum Navoiyda Mashalni mag'lub etib ikki gol urdi
O'zbekiston Superligasining uchinchiga o'tgan turida Navoiy shahrida katta ahamiyatga molik futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mash'al jamoasi bu
Sport Kecha, 23:40
Navbahor qorli maydonda Paxtakorni mag'lub etdi
Navbahor qorli maydonda Paxtakorni mag'lub etdi
O'zbekiston futbol Superligasining uchinchi turidagi eng diqqatga sazovor o'yin Toshkent shahrida bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu uchrashuvda qor yog'ib
Sport Kecha, 23:27
Manchester Siti va Real Madrid o'rtasidagi katta futbol janglari
Manchester Siti va Real Madrid o'rtasidagi katta futbol janglari
Yevropa Chempionlar ligasida bahor havosi bilan birga futbol muxlislarini quvontiradigan katta intriga ham qaytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oltin kubog uchun kurashning eng hal qiluvchi
Sport Kecha, 23:10
FIFA jahon chempionati byudjetiga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi
FIFA jahon chempionati byudjetiga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi
Xalqaro futbol federatsiyasi FIFA kelasi yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatini tashkil etish uchun mo'ljallangan moliyaviy rejalariga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi. Bu
Sport Kecha, 21:55
Topuriya Maxachevni jarohat bahonasida jangdan bosh tortgani uchun aybladi
Topuriya Maxachevni jarohat bahonasida jangdan bosh tortgani uchun aybladi
Yengil vazn toifasida UFCning joriy chempioni Iliya Topuriya yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan janglar va uning raqiblari haqida o'zining keskin fikrlarini ochiqchilik bilan bildirdi.
Sport Kecha, 21:43