Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.9 м/с, СВ

"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches kechagi oʻyin haqida nimalar dedi?

Sport
89
"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches kechagi oʻyin haqida nimalar dedi?
Elit OChL 8-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:1) bahsidan soʻng Qatar jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches oʻyindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin biz kutgandek qiyin boʻldi. Bahs stsenariysi biz kutgandek boʻlmadi. Birinchi boʻlimdayoq vaziyatni oʻnglab oldik. Ikkinchi golni oʻtkazib yuborganimizdan soʻng biz yaxshiroq oʻynashga intildik, ammo qizil kartochka oʻz soʻzini aytdi. Bunday holatlar kamroq sodir boʻlishi kerak va oʻyin natijasiga ta'sir qilishi kerak emas. Soʻnggi daqiqalarda esa charchab qolgandik va tartib yoʻqoldi. Avvalgi uchrashuvlarda etarlicha oʻyin vaqtiga ega boʻlmagan futbolchilarga bugun imkoniyat berdik va ular oʻzini yaxshi taraflama namoyish etishdi. Endi keyingi muhim oʻyinlarga e'tibor qaratishimiz kerak.

- Jamoangiz pley-off yoʻllanmasini naqd qilib boʻlgandi. Bugungi uchrashuvdagi jamoa ishtiyoqi qanday edi?
- Dastlabki 6ta uchrashuv keyingi bosqichga chiqish uchun etarli boʻldi. Menimcha, biz ancha raqobatdosh jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Biz musobaqaning dastlabki bosqichini top-5da yakunlaymiz, top-8da emas. Mening maqsadim har doim yuqoriroq oʻrinni egallash, ammo katta ehtimol bilan biz toʻrtinchi yoki beshinchi oʻrinni egallaymiz. Biz turli xil kuchli jamoalarga qarshi oʻynadik. Musobaqadagi umumiy ishtirokimizdan qoniqdim. Bugun ham gʻalaba qozonmoqchi edik, ammo natija biz uchun quvonarli boʻlmadi.

- Bugun sovuq havo boʻldi. Ushbu jihat jamoangiz oʻyiniga qanday ta'sir qildi? Qatar jamoalari uchun bunday iqlimda futbol oʻynash noqulaydek tuyuldi.
- Bunday jihatlar bizga bahona boʻla olmaydi. Biz har bir holatga koʻnikib ketishimiz kerak. Sovuq havo bugungi magʻlubiyatga sabab boʻla olmadi. Bunday darajadagi musobaqada har qanday holat roʻy berishi mumkin.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek oʻyin namoyish etdimi yoki raqibda bugun qandaydir kutilmagan yurish boʻldimi?
- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlashni boshladi va jamoa oʻzgarib borayotgani aniq, lekin katta "syurpriz"lar boʻlmadi. Ular "Al Garafa"ga qarshi oʻyinda ham shunday oʻynashga intilishgan edi. Yangi xorijlik futbolchi Riaskos bugun darvozamizga ikkita gol urib ketdi. Men "Paxtakor"ni qanday oʻrganib chiqqan boʻlsam, ular hech qanday yangilik taqdim etmadi.

Manba: championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Angliya futboli va Yevropa maydonlarida o'ziga xos o'rni bor bo'lgan "Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi Pep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubini juda
Sport Bugun, 01:04
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Manchester Siti jamoasining yosh va istiqbolli yarim himoyachisi Niko O'Rayli so'nggi vaqtlarda o'tilgan muhim o'yinlar va kelajakdagi chempionlik kurashi haqida ochiq fikr
Sport Bugun, 00:24
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Real Madrid futbol klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o'zining mas'uliyatli ishlashini yana bir bor namoyon etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Athletic nashriga ko'ra,
Sport Bugun, 00:18
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Manchester City jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford Liga kubogi finalida Arsenal klubiga qarshi o'tkazilgan bahsda darvozasidan gol o'tkazmay, futbol tarixida yangi rekord qayd etdi. Bu
Sport Kecha, 23:33
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Ispaniya chempionatida o'zining kuchli yurishini davom ettirayotgan Barselona futbol klubi yana bir zarbali muvaffaqiyatni qo'lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kataloniya
Sport Kecha, 21:54
Arbeloa g'alabalarning sirini jamoaviy ruh va mehnatda ko'radi
Arbeloa g'alabalarning sirini jamoaviy ruh va mehnatda ko'radi
Futbol maydonlarida qozonilgan katta g'alabalar hech qachon shunchaki tasodif natijasi bo'lmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orqada jiddiy mehnat, qattiq intizom va kuchli
Sport Kecha, 21:31