Bugun
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
+15°
пасмурно ветер 2.2 м/с, ЮВ

O‘zbekistonda Hakamlar akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi

Sport
78
O‘zbekistonda Hakamlar akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etildi.

Bugun “Chig‘atoy” sport bazasida O‘FA rahbariyati, tajribali instruktorlar hamda istiqbolli yosh hakamlar ishtirokida akademiyaning rasmiy ochilishi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga akademiyaning asosiy vazifalari, o‘quv dasturlari hamda yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov o‘z nutqida ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining taraqqiyotida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, ilgari amalga oshirilmagan bu tashabbus mamlakatimiz hakamlik tizimini jahon standartlariga moslashtirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

“Futbol hakami har bir qoida, har bir tafsilotni mukammal bilishi, doimo o‘z ustida ishlashi zarur. Hakamlik – bu nafaqat bilim, balki fidoyilik va yuksak mas’uliyatni talab qiladigan kasb”, dedi Ravshan Ermatov.

Hakamlar akademiyasi yosh mutaxassislarga xalqaro maydonlarda o‘yinlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, ularning kasbiy rivojida muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek futbolining nufuzi va sifati oshishiga xizmat qiladi.

Yangi Akademiya nafaqat o‘quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy o‘sish uchun imkoniyat taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, akademiyadagi ta’lim jarayoni 6 ta moduldan iborat bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar orqali saralab olingan 25 nafar hakamlar 6–12-may kunlari o‘quv kursining 1-modulida ishtirok etishadi. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar Birinchi liga, Proliga, Superliga va OFK tasnifidagi turnirlarni boshqarish uchun tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
Angliya kubogi chorak finalida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Liverpul” jamoasini katta hisobda mag‘lub etdi va yana bir bor “Uembli” stadionida bo‘ladigan muhim o‘yin uchun yo‘llanmani qo‘lga
Sport Kecha, 23:08
PSV uchinchi bor Erediviziya chempioni bo‘ldi
PSV uchinchi bor Erediviziya chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning taniqli futbol jamoasi PSV Eyndxoven ushbu mavsumda Erediviziya musobaqasida yuqori natijaga erishib, tarixiy yutuqqa sazovor bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Klub ketma-ket
Sport Kecha, 22:16
Erling Xoland Manchester Sitining murakkab mavsumini tahlil qildi
Erling Xoland Manchester Sitining murakkab mavsumini tahlil qildi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland 2025/26 yilgi mavsumdagi jamoa faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Norvegiyalik futbolchi mavsum ularning uchun biroz
Sport Kecha, 19:16
Manchester Siti Liverpulni uchinchi marta mag‘lub etdi
Manchester Siti Liverpulni uchinchi marta mag‘lub etdi
Angliya kubogi chorak finalida "Manchester Siti" o‘z maydonida kuchli raqibi "Liverpul"ni aniq hisob bilan mag‘lub etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv 4:0 hisobida
Sport Kecha, 16:03
Bernardu Silva Barselonaga o‘tishga yaqin turibdi
Bernardu Silva Barselonaga o‘tishga yaqin turibdi
“Manchester Siti” jamoasining sardori Bernardu Silva klub bilan shartnomasini yakunlash arafasida turibdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni rasmiy ravishda
Sport Kecha, 15:56
Son Hyon Min MLSda to‘rtta golli uzatma bilan yulduzlashdi
Son Hyon Min MLSda to‘rtta golli uzatma bilan yulduzlashdi
MLS doirasida “Los-Anjeles” jamoasi futbolchisi Son Hyon Min yangi mavsumda ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 33 yoshli hujumchi “Orlando Siti”ga qarshi o‘yinda 6:0
Sport Kecha, 15:23