Bugun
Ayshvariya Ray Hindiston go‘zali tanlovida tarix yaratdi
+15°
пасмурно ветер 2.4 м/с, СЗ

Igor Sergeyev: "Nasaf"ga qoyil qolish kerak, ular chiroyli futbol namoyish etishdi"

Sport
26
Igor Sergeyev: "Nasaf"ga qoyil qolish kerak, ular chiroyli futbol namoyish etishdi"
O‘zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar hujumchisi Igor Sergeyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Nasaf"ga qarshi o‘yin qanday taassurot qoldirdi?
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ochiq o‘yin. Guvohi bo‘lganingizdek, gollar u yoqdan-bu yoqqa ketaverdi. Menimcha, "Nasaf" 3:6 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Ular juda chiroyli futbol namoyish etishdi. Rostdan ham, qoyil qolish kerak. Chin dildan xursandman. Ular uchun emas, shunchaki bor gapni aytayapman. Xudoga shukur, imkoniyatlarimizni golga aylantirdik. Diqqatimiz jamlangan edi. G‘alaba qozondik, muxlislarni xursand qildik. Xudoga shukur, uchta gol urdim. Oldinga intilishda davom etamiz.

- Bugun xet-trik qayd etdingiz. Qolaversa, uzoq masofadan Bekxem uslubida gol urishingiz mumkin edi...
- Ba’zida biror holat o‘xshaydi, ba’zida o‘xshamaydi. Harakat qildim, lekin aynan o‘sha paytda omad menga kulib boqmadi, deyish mumkin. Aytmoqchimanki, eng muhimi - g‘alaba qozondik, eng muhimi - gol urdim.

- Biz yaqinda bo‘lib o‘tgan El Klassikoga o‘xshash o‘yin ko‘rdik. Lekin "Real" muxlisi ekanligingizni inobatga olib, sizni o‘sha bellashuvdagi qaysi yulduzga qiyoslash mumkin: Mbappe yoki Rafinya?
- Yo‘q, bu haqda gapirmagan bo‘lardim... Meni kim bilandir taqqoslash shart emas. U yerda jahon darajasidagi yulduzlar bor, shuning uchun men o‘zimni hech kim bilan solishtirmayman. Agar kimdir taqqoslasa, mayli, men o‘zimni taqqoslamayman. El Klasikoga kelsak, rostdan ham, o‘yin chiroyli, shiddatli va qiziqarli bo‘ldi. Hujum ustiga hujum bo‘ldi, shuning uchun muxlislarga ham yoqqan bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid Malyorka bilan muhim o‘yinga tayyorlanmoqda
Real Madrid Malyorka bilan muhim o‘yinga tayyorlanmoqda
«Real Madrid» jamoasining bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionati 30-turidan oldin, “Malyorka”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinga oid fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Ronaldu jarohatdan sog‘ayib maydonga qaytdi
Ronaldu jarohatdan sog‘ayib maydonga qaytdi
Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiyaning «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu orqa son mushaklari jarohatidan to‘liq tuzalib, maydonga qaytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Kecha, 14:04
Atletiko Madrid Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Atletiko Madrid Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Yarimhimoyachi Edersonning yozgi transferi haqida xabarlar tobora dolzarb bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi braziliyalik 26 yoshli futbolchini qishki
Sport Kecha, 14:00
Pep Gvardiola Manchester Siti kelajagini mavsum oxirida belgilaydi
Pep Gvardiola Manchester Siti kelajagini mavsum oxirida belgilaydi
Angliya futbolida katta eʼtibor markazida turgan masalalardan biri — Pep Gvardiolaning kelajagi hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turli manbalarga, xususan The Telegraph nashriga ko‘ra,
Sport Kecha, 12:41
Jahon Chempionati final chiptalari narxi keskin oshdi
Jahon Chempionati final chiptalari narxi keskin oshdi
Jahon futboli ixlosmandlari uzoq kutilgan Jahon Chempionati 2026 yilgi final uchrashuvi haqida yangi va muhim xabarlar oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA tashkiloti AQShdagi mashhur “MetLife
Sport Kecha, 12:11
PSJ Kamavingani yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
PSJ Kamavingani yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Fransiyaning nufuzli klublaridan biri bo‘lgan “Pari Sen-Jermen” jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga yozgi transfer oynasida qiziqish bildirmoqda. Bu haqda
Sport Kecha, 09:00