Javohir Sindarov Karuana ustidan muhim g‘alaba qozondi
Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan Nomzodlar turniri o‘zbek shaxmati uchun katta quvonch manbai bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Hamyurtimiz Javohir Sindarov jahon shaxmatining eng kuchli daʼvogarlaridan birini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqaning to‘rtinchi turida oq figuralar bilan o‘ynagan Javohir Sindarov tajribali amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi kuch sinashdi.
Qizg‘in kechgan intellektual bahsda hamyurtimiz raqibini mag‘lub etib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu g‘alabadan so‘ng Javohir 4 ta imkoniyatdan 3,5 ochko to‘plab, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.
Eng katta yangilik esa uning reytingida yuz berdi. Karuana ustidan qozonilgan g‘alaba Javohirga 14,2 reyting ochkosi keltirdi.
Natijada, Sindarov jahon reytingida bir yo‘la olti pog‘ona yuqoriladi va dunyoning oltinchi o‘rindagi shaxmatchisiga aylandi. Hozirgi vaqtda uning reytingi 2759,2 ochkoni tashkil etadi, bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shuningdek, dunyoning eng kuchli oltita shaxmatchisi ro‘yxatida endi ikki o‘zbekistonlik vakil bor. Nodirbek Abdusattorov 2780,3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, Javohir Sindarov esa 2759,2 ochko bilan oltinchi o‘rinda turibdi.
Bu natija o‘zbek shaxmati tarixida ilgari kuzatilmagan voqea bo‘lib, mamlakatimizning shaxmat sohasidagi o‘rni va kuchini yana bir bor tasdiqladi. Vakillarimiz nafaqat shaxmat taxtasida, balki sportning boshqa turlarida ham muvaffaqiyat qozonmoqda.
Yaqinda milliy futbol terma jamoamiz Venesuelani mag‘lub etganida, xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘zbek sportining kuchini tan olgandi. Bugun esa shaxmat sohasida ham Sindarov jahonning kuchli shaxmatchilariga qarshi yorqin g‘alabalar qozonmoqda.
Hurmatli o‘quvchilar, siz Javohir Sindarovning bu muvaffaqiyatini qanday baholaysiz? Sizningcha, u Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon chempioni unvoni uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladimi?
Manba: One.uz