Lamin Yamal musulmonlarga nisbatan haqoratlarni qoraladi
“Barselona” va Ispaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya va Misr o‘rtasidagi do‘stona o‘yinda yuzaga kelgan haqoratli qichqiriqlar haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
O‘yin Barselona shahrida bo‘lib o‘tdi. Taxminan 20-daqiqada ba’zi muxlislar “Kim sakramasa, u musulmon” degan so‘zlarni takrorladi va ayrim tomoshabinlar shu qichqiriqqa javoban sakrashdi.
Yamal o‘z so‘zlarida musulmon ekanligini alohida ta’kidladi. U shunday dedi: “Men musulmonman, alhamdulillah.
Kecha stadionda shu kabi qichqiriqlar eshitildi. Bilaman, bu asosan raqib jamoaga qaratilgan edi va shaxsan menga emas.
Lekin musulmon sifatida bunday so‘zlar men uchun haqorat va qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir”. Futbolchi barcha muxlislarga murojaat qilib, dinga oid hazillar ko‘pincha haqorat va irqchilikka olib kelishini eslatdi.
U futbol o‘yini zavqli bo‘lishi va jamoani qo‘llab-quvvatlash kerakligini, biroq odamlarni ularning dini yoki shaxsiy e’tiqodlari uchun haqorat qilish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Yamal barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ularning doimiy qo‘llab-quvvatlashini qadrladi.
U so‘zlarini “Jahon chempionatida ko‘rishguncha” deb yakunladi. Manba: One.uz