Abduqodir Husanovni yana bir nufuzli musobaqada debyut oʻyin kutmoqda!

Sport
139

Abduqodir Husanovni yana bir nufuzli musobaqada debyut oʻyin kutmoqda!
Yangi yilda “Manchester Siti”ga koʻchib oʻtgan Abduqodir Husanov faqat Oʻzbekiston emas, balki boshqa mamlakatlardagi futbol ishqibozlarining ham diqqat markazida turibdi.

20 yoshli himoyachimiz Angliyaning amaldagi chempioni safiga qoʻshilganidan atigi besh kun oʻtib, dunyodagi eng murakkab musobaqalardan biri – Angliya Premer-ligasida debyut oʻtkazishga muvaffaq boʻldi.

Garchi u “Manchester Siti” safiga qoʻshilib, ilk uchrashuvini “Chelsi”ga qarshi oʻtkazgan va oʻyin boshida bir necha bor xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa-da, bu holat mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar tomonidan tabiiy deb baholandi.

Abduqodirni bosh murabbiy Xosep Gvardiola, jamoaning yulduzlari – Erling Xoland, Manuel Akanji, Yoshko Gvardiol hamda koʻplab futbol mutaxassislari qoʻllab-quvvatladi. Hatto, boshqa davlatlarning futbol jamoatchiligi ham uning ishtirokiga qiziqish bildirdi.

Endi Husanov yana bir nufuzli musobaqa – Evropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida maydonga tushishi mumkin.

“Manchester Siti” futbolchilari umumiy bosqichning soʻnggi uchrashuvida Belgiyaning “Bryugge” jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Bu gʻalaba “shaharliklar”ga nimchorak final yoʻllanmasi uchun oʻtish oʻyinida qatnashish imkonini berdi.

“Manchester Siti” yangi formatda oʻtkazilayotgan Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichini 22-oʻrinda yakunlaganini inobatga olib, mutaxassislar pley-offning oʻtish oʻyinida “Real” yoki “Bavariya”ga toʻqnash kelishini ma'lum qilishdi.

Demak, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” oʻyinchisi sifatida Evropa chempionlar ligasidagi debyutini ham kutib qolamiz.

Ta'kidlash joizki, Abduqodir Husanov UYeFA tomonidan oʻtkazilayotgan eng nufuzli musobaqalarda debyutini nishonlab boʻlgan. U “Lans”da oʻynagan bir yarim yil davomida Chempionlar ligasi, Evropa Ligasi va Konferentsiyalar ligasi doirasida oʻtkazilgan bellashuvlarda maydonga tushgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Osiyo boks chempionatida o'zbekistonlik jangchilar yuksak natijalar ko'rsatmoqda
Osiyo boks chempionatida o'zbekistonlik jangchilar yuksak natijalar ko'rsatmoqda
Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo boks bo'yicha kattalar chempionati hayajonli jarayonlarni o'z ichiga olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 12:21
Word count check again:
Word count check again:
Dunyo futbolining eng taniqli va nufuzli mutaxassislaridan biri bo'lgan Yurgen Klopp o'z professional faoliyati haqida samimiy fikrlarini izhor etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Liverpul
Sport Bugun, 11:51
Oltita milliy bokschi Osiyo chempionati yarim finalida kurashadi
Oltita milliy bokschi Osiyo chempionati yarim finalida kurashadi
Mo‘g‘ulistonning poytaxti Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati yanada qizib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu kuni, ya’ni 7 aprelda, musobaqaning yarim
Sport Bugun, 10:40
Manchester Siti rahbariyati Pep Guardioladan aniqlik kutmoqda
Manchester Siti rahbariyati Pep Guardioladan aniqlik kutmoqda
Manchester Siti klubi rahbariyati murabbiy Pep Guardiolaning kelajakdagi rejalarini aniqlashtirishini so'ramoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirgi shartnoma 2027-yilning 30-iyunigacha amal
Sport Bugun, 08:29
Shomurodov Rossiya Premyer ligasiga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
Shomurodov Rossiya Premyer ligasiga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida yana o‘ynash ehtimoli haqida o‘z pozitsiyasini izohlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 08:02
Let's use: "Politano yordamida Napoli Milanni mag'lub etib g'alaba qozondi" (8 words
Let's use: "Politano yordamida Napoli Milanni mag'lub etib g'alaba qozondi" (8 words
Italiya futbol chempionati A Seriyasining 31-turida juda muhim va hayajonli uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy maydonda Napoli jamoasi Milan klubini qabul qilib
Sport Bugun, 07:43