Bugun
Ilon Mask OpenAI va Microsoft’dan 134 milliard dollar talab qildi
+1°
туман ветер 2.1 м/с, Ю

Toksikolog quvur orqali 15 km yo‘l bosib o‘tgan RF harbiylarining qahramonligini baholadi

Dunyo
111
Toksikolog quvur orqali 15 km yo‘l bosib o‘tgan RF harbiylarining qahramonligini baholadi
Sudja tumanidagi dushman ortiga yerosti gaz quvuri orqali kirgan Rossiya Qurolli Kuchlarining «Potok» hujum operatsiyasi haqida batafsil ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi.

Ushbu operatsiyada 800 nafar harbiy ishtirok etdi va uni amalga oshirish uchun deyarli bir oy tayyorgarlik ko‘rildi. Kichik guruhlarga bo‘lingan harbiylar yopiq muhitda, og‘ir sharoitda to‘rt kun davomida harakat qilishlariga to‘g‘ri keldi, bu vaqtda ular «o‘pkalari yonayotgani»ni his qilishdi.

Operatsiya natijasida kamida oltita mahalliy aholi punkti ozod qilindi.

«Vagner» 3-shturm otryadi va «Vostok» DRSHB qo‘mondoni, «Zombi» laqabli harbiy, operatsiyada «Veterani» brigadasi, 30-motoo‘qchi polki, 11-VDV brigadasi, shuningdek, «Axmat» spesnazi tarkibidagi «Aida» guruhi qatnashganini ta’kidladi.

«Hammamiz shu quvur orqali 15 kilometrdan ortiq yo‘l bosib o‘tdik. Dushman bizni ko‘rmasligi uchun va rejalarimizni oshkor qilmaslik uchun to‘rt kun davomida kichik guruhlarda harakatlandik», — dedi «Vostok» qo‘mondoni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi 72 soat eng qiyini bo‘ldi. Ularning «o‘pkalari yonayotgan», bosh og‘rig‘i va gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lgan. Ular kengligi 1,45 metr bo‘lgan iflos tunnel orqali 16 kmga yaqin masofani emaklab o‘tishga majbur bo‘lishdi.

Harbiylar quvurda bir necha kun o‘tirishgan. Ularni metan gazi, chiqindilar, qusiq hidi qurshagan. Oziq-ovqat va suv deyarli tugagan, ammo 8 mart kuni harbiylar Sudja tumanidagi sanoat hududida paydo bo‘lishdi.

Ular dushmanni kutilmaganda hujumga uchratgani uchun ukrain harbiylari orasida sarosima boshlandi. Rossiyalik harbiylar Cherkasskoye Porechnoye, Malaya Loknya, Martinovka, Pravda, Mixaylovka va Kubatkino qishloqlarini ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi, — dedi «Zombi».

Harbiylarning qahramonligini vrach-patologoanatom, harbiy toksikolog Aleksandr Ediger baholadi va «MK» bilan suhbatda metanning inson organizmiga ta’sirini tushuntirdi hamda quvurni zaharli moddalardan tozalash uchun qancha vaqt kerakligini aytib o‘tdi.

Edigerning fikricha, harbiylar quvurda metan va uglevodorod aralashmasi ta’siriga duch kelishgan. Ularning xavfli konsentratsiyasi va ularning aralashmasi katta tahdid tug‘dirgan. Uning ta’kidlashicha, harbiylar, albatta, zaharlangan.

«Barcha yigitlar reabilitatsiya va detoksikatsiya kurslaridan o‘tishlari kerak. Umid qilamanki, ularning barchasi sog‘ayib ketadi», — dedi u.

Toksikologning aytishicha, bunday uglevodorodlar neyrotrop zaharlar bo‘lib, ular ong yo‘qotish, shok holati, og‘ir hollarda komaga olib kelishi, gallyutsinatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask OpenAI va Microsoft’dan 134 milliard dollar talab qildi
Ilon Mask OpenAI va Microsoft’dan 134 milliard dollar talab qildi
Ilon Mask OpenAI va Microsoft kompaniyalaridan 134 milliard dollar miqdorida zarar to‘lashni talab qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Maskning advokati Stiven Molo tomonidan
Dunyo Bugun, 15:47
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqmoqchi ekanini ochiq e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U 19-yanvar kuni xalqqa murojaat qilib, bu chiqishini prezident sifatidagi so‘nggi
Dunyo Bugun, 14:59
Yerda so‘nggi 25 yildagi eng kuchli magnit bo‘ron.
Yerda so‘nggi 25 yildagi eng kuchli magnit bo‘ron.
Astronomlar kuzatuvlariga ko‘ra, Yerda XXI asrning eng kuchli radiatsiya bo‘ronlaridan biri qayd etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat ilmiy jihatdan
Dunyo Bugun, 13:30
Karachidagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi
Karachidagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi
Karachi shahridagi savdo markazida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda "The Washington Post" nashri xabar berdi. Hodisa
Dunyo Bugun, 10:47
Ispaniyada temir yo‘l halokati: uch kunlik motam e’lon qilindi
Ispaniyada temir yo‘l halokati: uch kunlik motam e’lon qilindi
Ispaniya hukumati Andalusiya avtonom hududida sodir bo‘lgan og‘ir temir yo‘l halokatidan so‘ng mamlakat bo‘ylab uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qaror haqida
Dunyo Bugun, 10:14
Reding qamoqxonasi ijodkorlar maskaniga aylantiriladi
Reding qamoqxonasi ijodkorlar maskaniga aylantiriladi
Angliyaning Reding shahridagi sobiq qamoqxona Ziran Educational Foundation fondi tomonidan sotib olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bino 1895–1897 yillarda mashhur yozuvchi Oskar Uayld
Dunyo Bugun, 08:08