Bugun
Lamin Yamal bir nechta Oltin to‘pni maqsad qilmoqda
+34°
ясно ветер 5.1 м/с, С

Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?

Avto
124

Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendentsiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxidagi oʻzgarishlar:

Joriy yilning yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024 yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi. Xususan:

- "Onix": kam foydalanilgan - 2,4%ga ($14 350 dan $14 000 ga), koʻp foydalanilgan - 1,5%ga ($13 000 dan $12 800 ga);

- "Lacetti": kam foydalanilgan - 0,7%ga ($15 000 dan $14 900 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($14 500 dan $14 300 ga), koʻp foydalanilgan - 1,7%ga ($13 327 dan $13 095 ga);

- "Cobalt": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), koʻp foydalanilgan - 1,7%ga ($11 700 dan $11 500 ga);

- “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($11 400 dan $11 200 ga); koʻp foydalanilgan - ($10 500 dan $10 465 ga);

- "Spark": oʻrtacha foydalanilgan - 1%ga ($10 300 dan $10 200 ga), koʻp foydalanilgan - 1,1%ga ($9 300 dan $9 200 ga);

- "Damas": kam foydalanilgan - 0,5%ga ($8 135 dan $8 098 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($8 000 dan $7 886 ga), koʻp foydalanilgan - 4,1%ga ($7 300 dan $7 000 ga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxidagi oʻzgarishlar:

Kam foydalanilgan "Equinox" va "Malibu" avtomobillarining oʻrtacha narxlarida oshish kuzatilgan boʻlsa-da, oʻrtacha va koʻp foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi. Xususan:

- "Malibu": oʻrtacha foydalanilgan - 2,1%ga ($29 100 dan $28 500 ga), koʻp foydalanilgan - 1,6%ga ($25 000 dan $24 600 ga) arzonlagan boʻlsa, kam foydalanilgan uchun oʻrtacha narx 1,2%ga ($29 650 dan $30 000 ga) oshdi;

- "Equinox": oʻrtacha foydalanilgan - 1,6%ga ($30 500 dan $30 000 ga) arzonlab, koʻp foydalanilgani uchun oʻrtacha narx ($26 500) oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, kam foydalanilgani 0,9%ga ($34 000 dan $34 308 ga) oshgan;

- "Tracker": kam foydalanilgan - 1,6%ga ($18 700 dan $18 403 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($17 700 dan $17 300 ga), koʻp foydalanilgan - 2,9%ga ($17 000 dan $16 500 ga) arzonlashgan.

Elektromobillar narxidagi oʻzgarishlar:

Mazkur davrda koʻp foydalanilgan BYD "E2": ($15 250) va "Yuan Up" ($20 000) elektromobillari narxi oʻzgarmagan boʻlsa, boshqa elektromobillar oʻrtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:

- BYD "E2":: yangi - 1,8%ga ($17 100 dan $16 800 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 2,9%ga ($15 970 dan $15 500 ga);

- BYD "Han": yangi - 0,9%ga ($32 500 dan $32 200 ga), koʻp foydalanilgan - 2,9%ga ($31 750 dan $31 250 ga);

- BYD "Song Plus DM-i Champion": yangi - 0,3%ga ($29 100 dan $29 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,1%ga ($27 200 dan $26 900 ga), koʻp foydalanilgan - 2,8%ga ($24 999 dan $24 300 ga);

- BYD "Song Plus EV Champion": yangi - 1,4%ga ($28 500 dan $28 090 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 3,6%ga ($26 600 dan $25 650 ga), koʻp foydalanilgan - 2,9%ga ($24 050 dan $23 350 ga).

Xorijiy avtomobillar narxidagi oʻzgarishlar:

- "Elantra": oʻrtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($21 500 dan $21 000 ga); koʻp foydalanilgan - 4,8%ga ($21 000 dan $19 995 ga);

- "Tucson": kam foydalanilgan - 1,5%ga ($33 500 dan $33 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 0,8%ga ($31 750 dan $31 500 ga); koʻp foydalanilgan - 2,0%ga ($25 500 dan $25 000 ga);

- "Sportage": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($29 000 dan $28 600 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($27 500 dan $27 000 ga);

- "Seltos": koʻp foydalanilgan - 2,1%ga ($23 500 dan $23 000 ga) arzonlagan.

O‘xshash yangiliklar

Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilmoqda?
Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilmoqda?
Statistika agentligi Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilayotganini ma'lum qildi. E'lon qilingan tahlilga koʻra, Oʻzbekistonda yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab
Avto 18:59, 25-02-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
Yangi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Nexia va Spark qachon Yevro-2 standartlariga mos keladi?
Yangi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Nexia va Spark qachon Yevro-2 standartlariga mos keladi?
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning aksariyati Yevro-2 emissiya standartlariga javob beradi, biroq xaridor avtomobilni katalitik konvertor bilan jihozlash uchun qo‘shimcha pul to‘lashi
Avto 22:52, 6-03-2025
YandexGo reklamasida Uzum Market belgisi taqiqlandi
YandexGo reklamasida Uzum Market belgisi taqiqlandi
O‘zbekiston Raqobatni muhofaza qilish qo‘mitasi “Uzum Market” MChJ XKning murojaati asosida “YandexGo UB” MChJga nisbatan raqobat qonunchiligi buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Bu haqida
Texnologiya 12:40, 6-08-2025
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet o‘zining yangi ixcham krossoverini taqdim etdi. Biroq, model to‘liq amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilmagan – u aslida xitoylik Baojun Yep Plus bo‘lib, Chevrolet brendi ostida
Avto 04:12, 13-02-2025